bartaraf etishni taqozo etadi. Bu funksional holat “operativ kutish” deyiladi. Ish
unumdorligi ishchining ishga bo„lgan munosabati uning tezlik bilan ish ko„rishi,
vazifasiga masuliyat bilan yondoshishi va boshqa holatlarga bog„liq.
5.Konveer mehnat turi. Ushbu mehnat turining e‟tiborli jihati – umumiy
ish jarayonining
alohida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishi, konveer
tasmasi orqali biron-bir detalning har bir ish joyiga
avtomatik tarzda yetkazib
berilishidan iborat. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir maromda va berilgan ish
su‟ratida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi boshqaradigan ish operatsiyasiga
qancha kam vaqt sarflansa, uning mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo„ladi.
Monotoniya – bu konveer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy
oqibatlardan biri bo„lib, o„z navbatida tez-tez toliqishga
va asabiylashishga olib
keladi. Buning oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi
asabiylashishlarning qaytarilishi
oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining
sekinlashishi yuzaga kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib
keladi.
6.Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish bilan bog‘liq mehnat turi.
Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida
qancha kam ishtirok etsa, uning hissasi
shuncha ko„p bo„ladi. Bunga fiziologik nuqtai-nazardan qaralsa,
ishlab chiqarish
jarayonini boshqarish ikkita asosiy shaklga bo„linadi: birinchisida masofadan turib
boshqarish, ya‟ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, ikkinchisi esa,
kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi shaklida ishchi
faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham e‟tiborni qaratishi talab
etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor bo„lib turadi, lekin uning
tezligi kamroq bo„ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: