1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Xavflar kvantifikatsiyasi – xavflarni (ofat, talofot, yong„in, nurlanish, 
shamol va boshq.) sifatini, oqibatini aniqlashda sonli tavsiflarning joriy 
qilinishidir.
Inson mehnat faoliyati qo‘yidagi turlarga bo‘linadi: 
1.Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi; 
2.Mexanizatsiyalashgan mehnat turi; 
3.Yarim avtomatlashgan mehnat turi; 
4.Avtomatlashgan mehnat turi; 
5.Konveer mehnat turi; 
6.Ishlab chiqarish jarayonini boshqarish bilan bog„liq mehnat turi; 
7.Aqliy mehnat turi. 
1.Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi. Mehnat faoliyati turlari 
ichida eng ko„p uchraydigan mehnat turi bo„lib, maxsus mehnat vositalari yetarli 
bo„lmagan vaziyatlarda ko„proq qo„llaniladi. Bunda katta energetik kuch talab 
qilinadi, ya‟ni 4000-6000 kkal va undan ortiq energiya sarflanadi. Ushbu mehnat 
turi ko„p hollarda qo„llanilishi bilan bir vaqtda, bir qancha kamchiliklarga ega. 
Xususan, ish unumdorligining past bo„lishi, maxsulotning oz miqdorda ishlab 
chiqarilishi, tez toliqish oqibatida ish kunini ko„p vaqtini (50%) dam olishga 
sarflanishi va boshqalar. 
2.Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faoliyati turida 
ishchilarning mehnatga sarf qiladigan energiyasi 3000-4000 kkal atrofida bo„ladi. 
Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi tejaladi va 
asosiy ish texnika va texnik vositalar yordamida bajariladi. Bunday mehnat turida 
maxsus bilim va malaka talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida ishchi 
kuchining samaradorligi pasayadi, ammo u masofadan turib qo„l harakatidan 
foydalanishi oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Demak, bu mehnat 
turida, kichik qismda qabul qilingan ma‟lumotlar asosida muayoyan ishlarning 
takrorlanishi mehnat unumdorligini oshishiga olib keladi. 
3.Yarim avtomat mehnat turi. Bu mehnat turida insonning uzluksiz 
ishlashiga chek qo„yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan mexanizmlar 
boshqaradi. Insonning vazifasi avtomatlashtirilgan liniyalarga xizmat ko„rsatish va 
elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. Ushbu mehnat faoliyatida – ish 
qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, lekin inson asabining turli 
darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling