1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Tabiatni muhofaza qilish sohasida nazorat
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus vakolatli davlat organlari
Tabiatni muhofaza qilish sohasida nazorat
tashkilotlari O„zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiradigan organlar umumiy va maxsus vakolatga ega bilgan davlat organlariga bo„linadi. Maxsus vakolatga ega bilgan organlar o„z navbatida tarmoqlararo va bir tarmoqqa oid turlarga bo„linadi. Umumiy vakolatga ega bo„lgan organlar qatoriga O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog„iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari kiradi. Ular iqtisodiyot va ijtimoiy sohalarda davlat boshqaruvini amalga oshirish bilan bir vaqtda ekologiyaga oid ba‟zi bir masalalarni hal qiladilar. Shuning uchun ham, ular umumiy vakolatga ega bo„lgan organlar deb nomlanadilar. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvida Vazirlar Mahkamasining vakolatlari O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasida belgilab qo„yilgan. Mahalliy davlat hokimiyati organlari Konstitutsiyaning 100-moddasiga muvofiq, hududlarida ekologiya sohasida davlat boshqaruvi vakolatlarini amalga oshiradilar. Maxsus vakolatli davlat organlariga ekologiya sohasida davlat boshqaruvini amalga oshiruvchi vazirliklar, davlat qo„mitalari va idoralari kiradi. Ularning faoliyati asosan ekologik munosabatlarni tartibga solish bilan bog„liq bo„lganligi sababli, maxsus vakolatli organlar deb nomlanadilar. Ular tarmoqlararo, ya‟ni bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid, ya‟ni ma‟lum bir tabiiy resurslarni idora etuvchi organlarga bo„linadi. O„zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo„mitasi yer monitoringi, davlat yer kadastrini yuritadi. O„zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo„mitasi shaharlarda yerlarni foydalanishga ajratib berishda va yerlardan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi. O„zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo„mitasi konlarni geologik izlash va mineral resursdan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O„zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi foydali qazilmalarni qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog„liq bo„lmagan yer inshootlarining qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish hujjatlarini beradi; yer osti boyliklaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini olib boradi. O„zbekiston Respublikasi Suv xo„jaligi vazirligi va uning joylardagi organlari, davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yer osti suvlarining iste‟mol qilish qismini yuritadi, suvdan foydalanishni rejalashtirishda qatnashadi. O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni saqlash vazirligi ichimlik suvlarning ifloslanishi ustidan sanitar nazoratini, atmosfera havosiga zararli fizikaviy ta‟sir ko„rsatilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O„zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat avtomobil nazorati boshqarmasi avtotransportlar tomonidan atmosfera havosining ifloslanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi. O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi davlat suv hisobini va davlat suv kadastrini yuritishda ishtirok etadi, suv va atmosfera havosini monitoringini (kuzatuvini) amalga oshiradi. O„zbekiston Respublikasi Qishloq xo„jaligi vazirligi huzuridagi o„rmon xo„jaligi bosh boshqarmasi o„rmon xo„jaligini yuritishning davlat boshqaruvini amalga oshiradi. Ekologiya sohasida davlat boshqaruvining maxsus vakolatli organlari ichida markaziy o„rinni O„zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muxofaza qilish davlat qo„mitasi (Ilgarigi Tabiatni muxofaza qilish davlat qo„mitasi) egallaydi. Ekologiya va atrof-muhitni muxofoza qilish davlat qo„mitasi tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat nazoratini hamda tarmoqlararo boshqaruvni amalga oshiruvchi, idoralardan ustun turuvchi hamda muvofiqlashtiruvchi maxsus vakolatli organdir. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling