1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Demak, texnosfera
1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1. Paxta va to„qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati, maqsadi va vazifalari. 2.O„zbekiston Respublikasida texnosferik omillarning holati va istiqbollari, texnosferik omillar jarayoni va sharoitini shakllantiruvchi muhit. Texnosfera - bu odamlar tomonidan o„zgartirilgan va moslashtirilgan tabiiy muhitning bir qismidir. Bu ularning ehtiyojlarini qondirish uchun qilgan faoliyati natijasida paydo bo„lgan. Bizni o„rab turgan dunyoni ikki guruhga bo„lish mumkin. Bu tabiat dunyosi va inson tomonidan yaratilgan dunyo. Tabiat dunyosi - bu inson aralashuvisiz paydo bo„lgan barcha narsalar. Bular osmon, quyosh, oy va yulduzlar, yomg„ir va qor, yovvoyi hayvonlar va hasharotlardir. Tabiat bilan bog„liq bo„lgan hamma narsa ko„p asrlar davomida mavjud bo„lgan va insondan mustaqil ravishda mavjud bo„ladi. Texnosfera atrofimizdagi barcha binolar, inshootlar, yo„llar, avtomobillar, kemalar va boshqa jonsiz narsalarni o„z ichiga oladi. Demak, texnosfera - o„tmishda biosferaga ta‟lluqli bo„lgan keyinchalik insonlar tomonidan moddiy, ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini yanada yaxshilash maqsadida to„g„ridan-to„g„ri yoki sirtdan texnik vositalar bilan ta‟sir etgan hududdir. Texnosfera fanining mohiyati insonni o„rab turgan muhitni, insonning atrof- muhit bilan o„zaro ta‟sirini, xavfsiz hayot va faoliyatni ta‟minlash nuqtai-nazaridan inson va atrof-muhitning o„zaro ta‟sirini, uni yaratish usullarini o„z ichiga oladi. Texnosferik omillar fani ishlab chiqarish muhitida insonning atrof-muhitga ta‟sirini hisobga olgan holda xavfsizligini taminlashga yo„naltirilgan bilimlar sistemasidir. Fanning vazifasi – to„qimachilik, yengil sanoat, paxta tozalash va poligrafiya korxonalarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini ishchi, xodim va atrof- muhitga ta‟sirini oldini olish va kamaytirish chora-tadbirlarini amalga oshirishdir. Texnosferik omillar fanining maqsadi – to„qimachilik, yengil sanoat, paxta tozalash va poligrafiya korxonalarida sanoat va ekologik xavfsizlikni hisobga olgan holda sifat va ekologik nuqtai-nazardan o„rganishdan iborat. Texnosferaning asosiy salbiy omillariga quyidagilar kiradi: Mehnat muhitida xavfli va zararli omillar - zaharli kimyoviy moddalar, shovqin, tebranish, elektromagnit va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari, ko„tarilgan harorat va boshqalar ta‟sirida odamlarning mavjudligi. Xavfli texnogen hodisalarga sanoat ob‟ektlarida yoki transportda sodir bo„lgan baxtsiz hodisalar, yong„inlar, portlashlar yoki har xil turdagi energiyalarning chiqishi kiradi. Transport, energetika ob‟ektlari va sanoatda texnogen avariyalar va ofatlar natijasida o„lim yoki sog„liqqa zarar yetkazish xavfi yuqori. Aholining yuqori zichligi va haddan tashqari ko„pligi tufayli yuzaga kelgan ijtimoiy keskinlik, nizolar va stresslar ham texnosfera salbiy omillarining oqibatlariga kiradi. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish faoliyatining ulkan miqyoslari kuchli sanoat va qishloq xo„jalik potensialini yaratishga, barcha turdagi transportni keng rivojlantirishga, katta yer maydonlarini irrigatsiyalashga, sun‟iy iqlim yaratishga olib keladi. Shu bilan birga bir vaqgning o„zida atrof-muhitning holati keskin yomonlashadi. Atmosfera, suv havzalari va tuproqning, suyuq va gazsimon chiqindilar bilan ifloslanishi xavfli o„lchamlarga yetib qoldi, tabiiy foydali qazilmalar, chuchuk suv va boshqalar kamaymoqda. Kishilik jamiyatining rivojlanishi va uning fan-texnika taraqqiyoti atrof-muhitga misli ko„rilmagan darajada zaharli moddalar chiqaradigan yangi mashinalar va yangi texnologik jarayonlar yaratishga olib keldi. Texnosferaning xavfsizlik mezonlari yashash joyidagi moddalar va energiya oqimlarining konsentratsiyasiga qo„yilgan cheklovlardir. Konsentratsiyalar ushbu moddalarning yashash joyidagi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyasi asosida tartibga solinadi. Insoniyat paydo bo„lgandan boshlab o„zining ko„payishi davomida iqtisodni rivojlantirish bilan birga xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy sistemasini yaratdi. Buning oqibatida insonga zararli ta‟sirlar sonini oshishiga qaramasdan insonning xavfsizligi darajasi ortdi. Hozirgi vaqtda eng rivojlangan mamlakatlarda o„rtacha umr ko„rish davomiyligi 77 yoshni, O„zbekiston Respublikasida ayollar -75,8 yoshni, erkaklar - 71,7 yoshni, o„rtacha 73,8 yoshni tashkil qiladi. O„zbekiston Respublikasining 2006 yil 28 sentyabrda “ Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida”gi qonuni qabul qilingan. “O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 10 dekabrda Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligi to„g„risida”gi O„zbekiston Respublikasi qonunini amalga oshirishga doir qo„shimcha chora tadbirlar haqidagi 271-sonli qarori qabul qilingan. Yukoridagi Qonun xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarini xavfsiz ekspluatatsiya qilishni ta‟minlashning huquqiy-iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab berdi hamda uning izchil ijrosi mazkur ob‟ektlarda avariyalarning oldini olish, ular ro„y bergan taqdirda, oqibatlarini asoratlarsiz bartaraf etish chora-tadbirlarini amalga oshirishni ta‟minlab kelmoqda. Shuningdek, qonunda Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligini ta‟minlash, avariya va jarohat etkazilishi bo„yicha ma‟lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash, sanoat xavfsizligi ekspertizasini o„tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash tartibi belgilangan. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektidan foydalanuvchi tashkilot: o sanoat xavfsizligi sohasidagi qonun hujjatlarida, shuningdek normativ texnik hujjatlarda ko„rsatilgan talablarga rioya etishi; o xavfli ishlab chiqarish ob‟ekti xodimlari shtatining belgilangan talablarga muvofiq to„ldirilishini ta‟minlashi; o xavfli ishlab chiqarish ob‟ektidagi ishga oid malaka talablariga javob beradigan va ko„rsatilgan ishga tibbiy jihatdan loyiq shaxslarni qo„yishi; o xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlari xodimlarining tayyorgarlikdan va attestatsiyadan o„tkazilishini ta‟minlashi; o ishlab chiqarish jarayoni ustidan nazorat qiluvchi zarur asboblar va tizimlarning belgilangan talablarga muvofiq mavjud bo„lishi hamda ishlashini ta‟minlashi; o Qonunning 15-moddasiga muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasi o„tkazilishini, shuningdek xavfli ishlab chiqarish ob‟ektida qo„llaniladigan inshootlar va texnika qurilmalari diagnostikasi, sinovlari, tekshiruvi o„tkazilishini belgilangan muddatlarda va maxsus vakolatli davlat organi yoki qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo„lgan boshqa davlat organlarining belgilangan tartibda taqdim etiladigan yozma ko„rsatmasiga binoan ta‟minlashi; o xavfli moddalarni saqlashga oid sanoat xavfsizligi talablarining bajarilishini ta‟minlashi; sanoat xavfsizligi deklaratsiyasini belgilangan tartibda ishlab chiqishi va tasdiqlashi; o maxsus vakolatli davlat organi va qonun hujjatlariga muvofiq sanoat xavfsizligi sohasida ayrim vakolatlarga ega bo„lgan boshqa davlat organlarining buyruqlari, qarorlari va yozma ko„rsatmalarini bajarishi kerak. Xavfsizligi deklaratsiyalanishi kerak bo„lgan xavfli ishlab chiqarish obektlari Qonun hujjatlariga muvofiq xavfli ishlab chiqarish obektlarining birinchi tipiga muvofiq bo„lgan loyihalanayotgan va faoliyat ko„rsatayotgan xavfli ishlab chiqarish obektlari sanoat xavfsizligini majburiy deklaratsiyalashga tegishli bo„ladi. Boshqa xavfli ishlab chiqarish obektlarining sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo„lgan xavfli ishlab chiqarish obektlarini identifikatsiya qilish xavfli ishlab chiqarish obektidan foydalanuvchi tashkilot, shuningdek sanoat xavfsizligi ekspertizasini o„tkazish yuzasidan akkreditatsiyaga ega bo„lgan ekspert tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi. Majburiy deklaratsiyalanishi kerak bo„lgan xavfli ishlab chiqarish obekti identifikatsiya qilingan taqdirda, tashkilot rahbari ushbu obekt to„g„risidagi ma‟lumotlarni favqulodda vaziyatlar bo„yicha tegishli hududiy boshqarmaga va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlariga, yuqori tashkilotga, vazirlik yoki idoraga (mavjud bo„lganda) hamda xavfli ishlab chiqarish obekti joylashgan hududdagi mahalliy davlat hokimiyati organiga taqdim etadi. Favqulodda vaziyatlar bo„yicha hududiy boshqarmalar va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mintaqaviy organlari har yili o„zlarining markaziy apparatlariga, xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obektlari ro„yxatiga kiritish uchun umumlashtirilgan axborot taqdim etadilar. O„zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspektsiyasi o„zlarining bo„linmalari tomonidan taqdim etilgan ma‟lumotlarni hisobga olgan holda xavfsizligi majburiy deklaratsiyalanadigan xavfli ishlab chiqarish obektlari ro„yxatini shakllantiradilar va O„zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadilar. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarining sanoat xavfsizligini ta‟minlash, avariya va jarohat yetkazilishi bo„yicha ma‟lumotlarni tahlil qilish samaradorligini oshirish, avariyalar kelib chiqishi sabablarini belgilab beradigan qonuniyatlar va omillarni tadqiq etish, xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarini hisobga olish va identifikatsiyalash sanoat xavfsizligi ekspertizasini o„tkazish tizimini shakllantirish va rivojlantirish, sanoat xavfsizligini deklaratsiyalash tartibi, prinsiplari va shartlari belgilangan. Shuningdek, yuqoridagi qonun va qarorda: 1.Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarida sanoat xavfsizligi talablarini bajarishni ta‟minlash; 2.Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlaridan foydalanilayotgan tashkilotlarning rahbarlari va mas‟ul mutaxassislarining javobgarligini oshirish; 3. Xavfli ishlab chiqarish ob‟ektlarida baxtsiz hodisalar va avariyalarni oldini olish. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling