1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari
- Ishlab chiqarish sharoiti
- Ishlab chiqarishdagi zararlar
- Zararli omillar
№
Mikroiqlim ko‘rsatkichlari O‘lchov birligi Me’yori Yo‘l qo‘yiladigan darajasi O‘lchash asboblari 1. Atmosfera bosimi Pa, mm.sim.ust. 720 720 Barometr 2. Havo harorati Gradus °S 22-24 26-28 Termometr Termograf 3. Nisbiy namlik % 40-60 75 Psixrometr Gigrometr Gigrograf 4. Havoning harakat tezligi m/s 0,1 0,1 Anemometr Katotermometr Og„irligi va kuchlanishi bo„yicha ish kategoriyalari Ish kategoriyasi Ish tavsifi Energiya sarfi, J/sek Yengil - Ia Fizik kuchlanish talab etmaydigan, o„tirib bajariladigan ishlar 137 gacha Yengil - Ib Ma‟lum kuchlanish talab etadigan, o„tirib va turib bajariladigan ishlar 140-174 O„rta - Ia Tikka yoki o„tirgan holatda og„irligi 1 kg yuklarni ko„chirish bilan bog„liq ishlar 175-232 O„rta - Ib Tikka yoki o„tirgan holatda og„irligi 10 kg yuklarni ko„chirish bilan bog„liq ishlar 233-290 Og„ir Doimiy ravishda kuch bilan katta fizik kuchlanish talab etadigan ishlar 290 dan yuqori Ishlab chiqarish jarayonlarida zararli omillar va ulardan himoyalanish tadbirlari Odam umrining ko„p vaqtini mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o„rnatilgan barcha tartib-qoidalarga rioya qilmasa, bu o„z navbatida inson mehnat faoliyatiga va sog„ligiga jiddiy ta‟sir ko„rsatishi mumkin. Ishlab chiqarish sharoiti – bu insonni o„rab turgan atrof muhitning bir qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog„liq bo„lgan hamda insonning kasbiy faoliyatiga ta‟sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va boshqalar) kiradi. Ishlab chiqarishdagi zararlar deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasalliklarning paydo bo„lishi, kasallanishning ortib ketishi, vaqtinchalik mehnat faoliyatining yo„qolishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi. Xavfli omillar – muayyan bir sharoitda inson sog„ligiga zarar keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi mumkin bo„lgan omillar. Aksariyat xavfli omillarga: ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik moddalar, ionlashtiruvchi xususiyatga ega bo„lgan nurlar va boshqa kuchli ta‟sir etuvchilar kiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning yo„l qo„yiladigan eng oxirgi darajasidan yuqori miqdorda yoki biologik xavfli ta‟sirlarning inson tanasiga o„tishi natijasida kuchli kimyoviy yoki biologik zaharlanish yuz berib, insonning o„limiga olib keladi. Shuningdek, ionlashtirish xususiyatiga ega bo„lgan nurlarning yuqori miqdordagi dozasi ta‟sirida ham inson hayoti xavf ostida qoladi. Zararli omillar – insonning ish faoliyatiga salbiy ta‟sir ko„rsatishi yoki biror-bir kasallikka olib kelishi mumkin bo„lgan omillar. Zararli omillarga: ishlab chiqarishdagn changlar, tutunlar, gazlar, bug„lar, yo„l qo„yiladigan oxirgi darajadan yuqori qiymatga ega bo„lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigienik me‟yorlari, shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqalar kiradi. Masalan: ishlab chiqarish changlari “Pnevmokonioz” kasalliklaridan tashqari teri kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Xavfli va zararli omillarning ta‟sir xususiyatlari ularning tarkibiga, tuzilishiga, fizik-kimyoviy xossalariga, miqdoriga, inson tana a‟zolariga ta‟sir etish yo„llariga, holatiga, uchuvchanligiga, suvda, yog„da eruvchanligiga bog„liq. Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar GOST 12.0.003-83 – “Xavfli va zararli ishlab chiqarish ko„rsatkichlari tasnifi”ga muvofiq, to„rt guruhga bo„linadi: o Fizikaviy; o Kimyoviy; o Biologik; o Ruhiy-fiziologik. Fizikaviy – ishlab chiqarilayotgan maxsulot va ishlab chiqarish uskunalarining himoyalanmagan harakatlanuvchi elementlari, ish uchastkasi havosida turli gazlar tarqalishi va changlar ko„tarilishi, elektr tarmoqlaridagi quvvatning, elektromagnit maydonining me‟yordan yuqori bo„lishi, shovqin, silkinish va boshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, yoritilish darajasi, iqlim o„zgarishlari: ob-havo haroratining me‟yordan ortiq isishi yoki sovib ketishi va boshqalar. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling