1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish ob’ektlariga qo‘yiladigan umumiy talablar.
Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi
ma’yorlari Mehnat gigienasi – tibbiyot fanining bir qismi bo„lib, ish sharoitlarining inson sog„ligiga va ish qobiliyatiga ta‟sirini o„rganadi, shuningdek, mehnat sharoitlarini sog„lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga yo„naltirilgan sanitariya-gigiena, jarohatlanishni, kasb kasalligini oldini olish va davolash tadbirlarini ishlab chiqadi. Ishlab chiqarish sanitariyasi ishchilarga ta‟sir qiluvchi zararli ishlab chiqarish omillarini oldini oluvchi vositalar, sanitar-texnik, gigienik va tashkiliy tadbirlar tizimidir. Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi – ishlab chiqarishda zararli omillarning ruxsat etilgan darajasi asosida sog„lom va xavfsiz mehnat sharoitini yaratishdan iboratdir. Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning vazifasi esa, qayd qilingan mashinalarning hammasida ish sharoitini xavfsizlik standartlari va sanitariya normalari talabi bo„yicha ta‟minlashdan iborat. Ishlab chiqarish ob’ektlariga qo‘yiladigan umumiy talablar. QM 245-71 qurilish me‟yorlariga asosan, bitta ishchiga eng kamida 15 m 3 hajmda, 4,5 m 2 yuzaga teng bo„lgan xona to„g„ri kelgan bo„lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarining polidan shipigacha bo„lgan balandlik 3,2 metr, transport- omborxona xo„jaligining balandligi 3,0-3,2 metr va odam yuradigan yo„lak kengligi 1,5 metr bo„lishi kerak. Qish mavsumida ortiqcha issiqlik yo„qolmasligi uchun binoning tashqariga chiqish joylarida ikki eshikli tamburlar (dahlizlar) bo„lishi kerak. Bino devorlari changdan oson tozalanadigan va kerakli darajada issiqlikka chidamli bo„lishi kerak. Gigienik talablarga asosan binolardagi pollar sathi ularga birlashgan territoriya sathidan 150 mm baland bo„lmog„i lozim. Pollar tekis, silliq, faqat sirpanchiq bo„lmasligi va issiqlikni kam o„tkazuvchan bo„lishi kerak. Korxonalarni loyihalash davrida sog„lomlashtirish va tibbiyot postlari, ayollarning shaxsiy gigienasi uchun alohida xonalar, bug„xona, dushxona, shuningdek ish vaqtida dam olish va ruhiy charchoqni kamaytiradigan xonalar hisobga olinishi zarur. Tibbiyot punktlari QMQ 2.09.04-87 qurilish me‟yorlari va qoidalariga asosan, agar korxonada ro„yxat bo„yicha ishlovchilarning soni 50 dan 150 kishigacha bo„lsa, uning maydoni 12 m 2 ga, agar ishlovchilarning soni 151 dan 300 kishigacha bo„lsa, 18 m 2 ga teng qilib olinadi. Agar korxonada bir ish smenasida 200 dan ortiq ishchi ishlasa umumiy ovqatlanish joyi, undan kam ishchi ishlasa, ovqat tarqatish yoki bufet xonasi hisobga olinadi. Ish vaqtida dam olish xonalari 1 kishiga 0,2 m 2 hisobidan olinadi, faqat umumiy maydon 18 m 2 dan kam bo„lmasligi kerak. Hojatxona 18 kishiga 1 ta unitaz, suv krani 8 kishiga 1 ta kran, dush 30 kishiga bitta dush, gigienik kabina (ayollar uchun) 50 ta ayolga 1 ta kabina, yoritilganlik 70-100 lk, havo almashishi 1-1,5 marta/soat bo„lishi kerak. Suv ta‟minoti: qishloq joylarida 40-60 l/kishi, uylarda 140-200 l/kishi, markazlashgan suv ta‟minoti 300-400 l/kishi bo„lmog„i lozim. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni qo„yidagi ko„rsatkichlar belgilaydi: Havoning harorati, °S bilan o„lchanadi; Havoning nisbiy namligi, W% bilan aniqlanadi; Ish joylaridagi havoning harakati, m/s; Havo bosimi, P mm.sim.ust yoki Pa bilan o„lchanadi. Odamni tashqi muhitga moslashuvi – bu inson organizmining fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37°S) saqlab turish qobiliyati demakdir. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo„l bilan amalga oshirilishi mumkin: 1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya orqali havo almashinuvi); 2.Tanani o„rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya); 3.Terini terlab bug„lanishi va nafas olish yo„llari orqali suyuqliklarning bug„lanishi natijasida. Harakatsiz organizmda, tashqi muhit harorati 15°S ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. Issiq sexlarda, og„ir ishlarni bajarishda terlashni miqdori soatiga 1-1,5 litrga yetadi va bu miqdor terni bug„lanishi uchun 2500-3800 kDj (600-900 kkal) issiqlik sarflanadi. Havoning namligi 85% dan oshib ketsa, termoregulyasiya teri bug„lanishini kamayishi hisobiga qiyinlashadi. Havo namligi 20% dan kamayib ketsa, nafas yo„li shilliq pardalari suvsizlanadi (qurib ketadi). Agar havo temperaturasi 30°S, nisbiy namligi 85% va undan ortib ketsa, bunda holsizlanish, bosh og„rishi va issiqlik urishi mumkin va inson hushini yo„qotadi. Agar terlash va bug„lanish natijasida odam massasini 2-3% ini yo„qotsa – organizmni suvsizlanishi deyiladi. Agar organizm suvsizlanishi 6% ga yetsa, aqliy faoliyat buziladi, ish qobiliyati pasayadi. Organizm suvsizlanishi 15-20% ga yetsa odam o„ladi. To„qimachilik korxonasida havo temperaturasi 25°S dan 30°S gacha oshganda mehnat unumdorligi 7% ga kamaygan. Mashinasozlik sexida havo harorati 26°S dan 29,4°S gacha o„zgarganda mehnat unumdorligi 13% gacha, 33,6 gacha o„zgarganda 35% ga kamaygan. Mikroiqlim ko„rsatkichlarini maqbul me‟yorlari va aniqlashning texnik vositalari Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling