1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
Mehnatning fiziologik ta’siri. Mehnat fiziologiyasi ish paytida inson
tanasida yuz beradigan funksional o„zgarishlarni tekshiradi va ish qobiliyatini saqlash va oshirish, mehnat faoliyati va jarayonining ishchilar sog„ligiga salbiy ta‟sirini oldini olish bo„ycha chora-tadbirlar ishlab chiqadi. Har qanday mehnat – murakkab fiziologik jarayonlar kompleksidan tashkil topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi asosiy vazifani bajaradi, ya‟ni ish jarayonida inson organizmida sodir bo„ladigan o„zgarishlarni boshqaradi. Aynan inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson organizmida kimyoviy-biologik jarayon natijasida uglevodlar parchalanishi hisobiga amalga oshadi. Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori mehnat faoliyatining unumiga bog„liq bo„ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat uning kuch-quvvati, balki fiziologik a‟zolar tizimida ham o„zgarishlar yuz beradi. Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqali ish jarayonining kechishiga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko„rgan insonlarda chuqur nafas olish imkoniyati yuqori bo„ladi. Yurak a‟zolari tizimida ham o„zgarishlar yuz beradi. Masalan og„ir jismoniy harakatning ko„payib ketishi oqibatida yurakning tez-tez urishi va qon bosimining ko„tarilishiga olib keladi. Bunda qondagi biokimyoviy o„zgarishlar natijasida qand dinamikasi o„zgarishi kuzatiladi. Jumladan, o„rtacha og„ir ish bilan shug„ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, lekin qandning ortib borishi miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi. Organizmdagi quvvatning salmoqli darajada sarflanishi undagi uglevod zahiralarining kamayishiga olib keladi. To„xtovsiz jismoniy og„ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining ko„payishiga, qondagi gemoglobin kislorodining teriga o„tish tezligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, og„ir jismoniy mehnat qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to„kilishiga, bular esa, bo„yraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi. Ammo bunday mehnat faoliyatida organizmdagi oshqozon osti bezi ish faoliyatining sekinlashishiga, ovqat hazm qilishning pasayishiga olib keladi hamda eshitish, ko„rish, sezish faoliyatiga – gaz almashinuvi qisman o„zgarishi, puls sekinlashishi, nafas olishning qiyinlashishi, miyaga ko„p qon quyilishiga olib keladi. Surunkali aqliy mehnat burun qon tomirlari, ayniqsa miya va yurak qon tomirlarining me‟yoriy tonusining o„zgarishiga olib keladi. Aqliy mehnat faoliyati sezgi a‟zolari: eshitish, ko„rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bog„liq. Yengil jismoniy mehnat, aqliy mehnat faoliyatini qo„llab-quvvatlab turadi, og„ir jismoniy mehnat esa, buning aksi, jismoniy va aqliy mehnat faoliyatini to„xtovsiz amalga oshirilishi inson ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling