1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
7. Aqliy mehnat turi. Bu mehnat turi alohida kasb bo„lib, unga ham moddiy
ishlab chiqarishga aloqador sifatida qaralmoqda. Masalan muxandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, olimlar, vrachlar, o„qituvchilar, artistlar, rassomlar, yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnatda turli xil ma‟lumotlarning tahlil qilinishi inson xotirasi va e‟tiborining susayishiga olib keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi va bir kunlik energiya sarfi 2000-2400 kkal bo„ladi. Aqliy mehnat uchun “gipokeneziya” xarakterli hisoblanib, bu nafaqat inson faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o„z navbatida, inson organizmining buzilishiga va haddan ziyod his-hayajonga berilishiga olib keladi. Gipokeneziya – ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat faoliyati bilan shug„ullanuvchi kishilarda yurak xastaligi kelib chiqishi ehtimoli yuqori bo„ladi. Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: Operator ishi – zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har bir operatsiya ishini nazorat qilish, maxsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni xaridorlarga etkazish jarayonlarini o„z ichiga oladi. Boshqaruv mehnati – korxona va tashkilot rahbarlarining mehati bo„lib, katta hajmdagi muammolarni, ma‟lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, shaxsiy javobgarlikni his qilish, yuzaga keladigan salbiy muammolar yechimini topishni o„z ichiga oladi. Ijodiy mehnat – anchagina murakkab mehnat shakllaridan bo„lib, bunda xotira va e‟tibor kuchli bo„lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizaynerlar, arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, konstruktor va boshqalar kiradi. Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo„riqishlarni talab qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana haroratining oshishi, organizmning kislorodga bo„lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o„zgarishlar kuzatiladi. O„qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati – ular har doim odamlar bilan o„zaro munosabatda bo„lishlari sababli, ularda javobgarlikning oshishi, vaqt yetishmasligi, ma‟lumotlarni to„g„ri qabul qilmasligi oqibatida asabiy hayajonnning oshishiga olib keladi. O„quvchilar va talabalar mehnati – bilim va ko„nikmalarni egallash, o„z ustida mustaqil ishlash psixologik funksiyalari: xotira, e‟tibor, qabul qilish susayishiga, asabiy holatlarga tushib qolishga, zo„riqishlarga olib keladi. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling