1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Ishlab chiqarishning sanitariyasi va gigienasi
ma’yorlari 
Mehnat gigienasi – tibbiyot fanining bir qismi bo„lib, ish sharoitlarining 
inson sog„ligiga va ish qobiliyatiga ta‟sirini o„rganadi, shuningdek, mehnat 
sharoitlarini 
sog„lomlashtirish hamda ishlab chiqarishni yuksaltirishga 
yo„naltirilgan sanitariya-gigiena, jarohatlanishni, kasb kasalligini oldini olish va 
davolash tadbirlarini ishlab chiqadi. 
Ishlab chiqarish sanitariyasi ishchilarga ta‟sir qiluvchi zararli ishlab 
chiqarish omillarini oldini oluvchi vositalar, sanitar-texnik, gigienik va tashkiliy 
tadbirlar tizimidir.
Ishlab chiqarish sanitariyasining vazifasi – ishlab chiqarishda zararli 
omillarning ruxsat etilgan darajasi asosida sog„lom va xavfsiz mehnat sharoitini 
yaratishdan iboratdir. 


Ishlab chiqarishdagi mutaxassislarning vazifasi esa, qayd qilingan 
mashinalarning hammasida ish sharoitini xavfsizlik standartlari va sanitariya 
normalari talabi bo„yicha ta‟minlashdan iborat. 
Ishlab chiqarish ob’ektlariga qo‘yiladigan umumiy
talablar. 
 
QM 245-71 qurilish me‟yorlariga asosan, bitta ishchiga eng kamida 15 m
3
hajmda, 4,5 m
2
yuzaga teng bo„lgan xona to„g„ri kelgan bo„lishi kerak. Ishlab 
chiqarish xonalarining polidan shipigacha bo„lgan balandlik 3,2 metr, transport-
omborxona xo„jaligining balandligi 3,0-3,2 metr va odam yuradigan yo„lak 
kengligi 1,5 metr bo„lishi kerak. 
Qish mavsumida ortiqcha issiqlik yo„qolmasligi uchun binoning tashqariga 
chiqish joylarida ikki eshikli tamburlar (dahlizlar) bo„lishi kerak. Bino devorlari 
changdan oson tozalanadigan va kerakli darajada issiqlikka chidamli bo„lishi 
kerak. 
Gigienik talablarga asosan binolardagi pollar sathi ularga birlashgan 
territoriya sathidan 150 mm baland bo„lmog„i lozim. Pollar tekis, silliq, faqat 
sirpanchiq bo„lmasligi va issiqlikni kam o„tkazuvchan bo„lishi kerak. 
Korxonalarni loyihalash davrida sog„lomlashtirish va tibbiyot postlari, 
ayollarning shaxsiy gigienasi uchun alohida xonalar, bug„xona, dushxona, 
shuningdek ish vaqtida dam olish va ruhiy charchoqni kamaytiradigan xonalar 
hisobga olinishi zarur. 
Tibbiyot punktlari QMQ 2.09.04-87 qurilish me‟yorlari va qoidalariga 
asosan, agar korxonada ro„yxat bo„yicha ishlovchilarning soni 50 dan 150 
kishigacha bo„lsa, uning maydoni 12 m
2
ga, agar ishlovchilarning soni 151 dan 300 
kishigacha bo„lsa, 18 m
2
ga teng qilib olinadi. 
Agar korxonada bir ish smenasida 200 dan ortiq ishchi ishlasa umumiy 
ovqatlanish joyi, undan kam ishchi ishlasa, ovqat tarqatish yoki bufet xonasi 
hisobga olinadi. 
Ish vaqtida dam olish xonalari 1 kishiga 0,2 m
2
hisobidan olinadi, faqat 
umumiy maydon 18 m

dan kam bo„lmasligi kerak. 
Hojatxona 18 kishiga 1 ta unitaz, suv krani 8 kishiga 1 ta kran, dush 30 
kishiga bitta dush, gigienik kabina (ayollar uchun) 50 ta ayolga 1 ta kabina
yoritilganlik 70-100 lk, havo almashishi 1-1,5 marta/soat bo„lishi kerak. 
Suv ta‟minoti: qishloq joylarida 40-60 l/kishi, uylarda 140-200 l/kishi, 
markazlashgan suv ta‟minoti 300-400 l/kishi bo„lmog„i lozim. 
Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish binolarida mikroiqlimni qo„yidagi 
ko„rsatkichlar belgilaydi: 


Havoning harorati, °S bilan o„lchanadi; 
Havoning nisbiy namligi, W% bilan aniqlanadi; 
Ish joylaridagi havoning harakati, m/s; 
Havo bosimi, P mm.sim.ust yoki Pa bilan o„lchanadi. 
Odamni tashqi muhitga moslashuvi – bu inson organizmining fiziologik va 
kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37°S) saqlab 
turish qobiliyati demakdir. 
Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo„l bilan amalga 
oshirilishi mumkin: 
1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya 
orqali havo almashinuvi); 
2.Tanani o„rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya); 
3.Terini terlab bug„lanishi va nafas olish yo„llari orqali suyuqliklarning 
bug„lanishi natijasida. 
Harakatsiz organizmda, tashqi muhit harorati 15°S ni tashkil qilsa, terlash 
juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil qiladi. 
Issiq sexlarda, og„ir ishlarni bajarishda terlashni miqdori soatiga 1-1,5 litrga 
yetadi va bu miqdor terni bug„lanishi uchun 2500-3800 kDj (600-900 kkal) issiqlik 
sarflanadi. 
Havoning namligi 85% dan oshib ketsa, termoregulyasiya teri bug„lanishini 
kamayishi hisobiga qiyinlashadi. Havo namligi 20% dan kamayib ketsa, nafas yo„li 
shilliq pardalari suvsizlanadi (qurib ketadi). 
Agar havo temperaturasi 30°S, nisbiy namligi 85% va undan ortib ketsa, 
bunda holsizlanish, bosh og„rishi va issiqlik urishi mumkin va inson hushini 
yo„qotadi. Agar terlash va bug„lanish natijasida odam massasini 2-3% ini yo„qotsa 
organizmni suvsizlanishi deyiladi. Agar organizm suvsizlanishi 6% ga yetsa, 
aqliy faoliyat buziladi, ish qobiliyati pasayadi. Organizm suvsizlanishi 15-20% ga 
yetsa odam o„ladi.
To„qimachilik korxonasida havo temperaturasi 25°S dan 30°S gacha 
oshganda mehnat unumdorligi 7% ga kamaygan. Mashinasozlik sexida havo 
harorati 26°S dan 29,4°S gacha o„zgarganda mehnat unumdorligi 13% gacha, 33,6 
gacha o„zgarganda 35% ga kamaygan. 
Mikroiqlim ko„rsatkichlarini maqbul me‟yorlari va aniqlashning texnik 
vositalari 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling