1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


-rasm. Ipak o‘rash korxonasining bosh rejasi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

1-rasm. Ipak o‘rash korxonasining bosh rejasi. 
Diagramma chizmaning yuqorigi chap burchagida joylashtiriladi. Uni 
qurish uchun geografik tomonlarning yo„nalishi chiziladi. SH, SH-SHQ, 
SHQ, J-SHQ, J, J-G„, G„, SH-G„ bu chiziqlarning kesishish nuqtalari 
esa koordinatalar boshi sifatida qabul qilinadi. Shamolning takrorlanuvchanligiga 
mos keluvchi masofada qabul qilingan masshtabda nuqtalar qo„yib chiqiladi, keyin 
ular o„zaro birlashtiriladi. Shaklning cho„ziq tomoni shamol ko„proq esadigan 
yo„nalishni ko„rsatadi. 


Kuzatuv ma‟lumotlari asosida qurilgan “shamollar guldastasi” ko„pburchagi, 
ma‟lum bir yo„nalishdan keladigan shamolning takrorlanuvchanligi to„g„risida 
ma‟lumot beradi. 
Yong„in jihatidan yuqori darajada xavfli bo„lgan binolar va zararli ishlab 
chiqarish moddalari chiqaradigan sanoat korxonalari eng yaqin turar-joy hududiga 
nisbatan “hukmron shamol”ning past tomonida joylashgan bo„lishi va aholi 
punktlari chegaralaridan sanitariya-muxofaza zonalari bilan ajratilgan bo„lishi 
kerak. Hududdagi “hukmron shamolning” yo„nalishi meteorologik stansiyalarning 
ma‟lumotlari asosida olinadi.
O„ta xavfli va zararli bo„lgan mahsulotlar ishlab chiqarish binolari bilan 
boshqa ishlab chiqarish binolari orasidagi masofa 20 metrdan, maishiy xonalar 
oralig„i esa 50 metrdan kam bo„lmasligi kerak. 
Ishlovchilarga sanitariya-gigiena va maishiy xizmat ko„rsatish uchun har bir 
korxonada umumiy va maxsus maqsadlarga mo„ljallangan xonalar quriladi. 
Maishiy xonalarni eng ko„p ishchilar ishlaydigan sexlarga va ish o„rinlariga 
mumkin qadar yaqin joylashtirish, ishchilaring toza sexlarga zararli sexlarni 
chetlab o„tib kirishlarini ta‟minlash lozim. 
Pillani qayta ishlash korxonalarida maishiy xonalarning joylashuvi mehnat 
sharoitini yomonlashtirmasligi kerak. 
Zamonaviy maishiy xonalarda echinish xonalari, yuvinish xonalari va 
dushxona bloklariga birlashtirilgan. Oyoq tosxonalari oldingi xonalarda yoki 
yuvinish xonalarida joylashtiriladi. Pilla tortish avtomatlarida va silkitish 
mashinalarida ishlovchilar uchun qo„l toslari ko„zda tutilishi, ular bilan ish o„rinlari 
orasidagi masofa 75 metrdan ortiq bo„lmasligi kerak. 
Respiratorxonalar va korjomani changdan tozalash xonalari ko„p 
miqdorda chang ajralib chiqadigan ishlarda (pillani birlamchi qayta ishlash, 
saralash va h.k.) ishlaydiganlar uchun ko„zda tutiladi. Respiratorxona tarkibiga 
respiratorlar saqlanadigan, qabul qilib olinadigan, beriladigan, tekshiriladigan va 
qayta zaryadlanadigan xonalar kiradi. 
Pilla tortish sexlarida ishlaydiganlar uchun korjoma quritiladigan xona 
ko„zda tutilishi lozim. U alohida xonada joylashtiriladi, o„z-o„ziga xizmat 
ko„rsatilganda esa, korjoma saqlanadigan xonaning yoniga quriladi. 
Ishlab chiqarish shartlariga ko„ra maxsus chekish xonalari yoki chekish 
joylari tashkil etiladi. 
Sog„liqni saqlash punktlari yordamchi yoki ishlab chiqarish binolarining 
birinchi qavatida, shikastlanish xavfi yuqori bo„lgan sex yaqinida, umumiy 
ovqatlanish joylari alohida binolarda yoki yordamchi binolarda joylashtiriladi. 


Ishlovchilarni ichimlik suvi bilan ta‟minlash uchun ishlab chiqarish 
xonalarining yo„laklarida avtomatlar, favvorachalar joylashtiriladi. Ish o„rni bilan 
ichimlik suvi qurilmasining oralig„i 75 metrdan ziyod bo„lmasligi kerak. 
Ish vaqtida ham ishchilarning hordiq chiqarishi uchun dam olish 
xonalarining bo„lishi ko„zda tutilishi kerak. Ularni shlyuz orqali chiqish joyi 
bo„lgan ishlab chiqarish binolarida joylashtirishga ruxsat etiladi. 
Dam olish xonalari dush, ichimlik suvi, elektr qaynatkich qurilmalari bilan 
ta‟minlanadi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling