1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1


Paxta tozalash, yengil sanoat va to‘qimachilik


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/52
Sana19.06.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1620047
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52
Bog'liq
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular

Paxta tozalash, yengil sanoat va to‘qimachilik korxonalari hududidagi 
binolar orasidagi yong„inga qarshi masofa binolarning yong„inga qarshilik 
ko„rsatish darajasi hamda korxonaning yong„in chiqish xavfliligi bilan belgilanadi. 
Bunda bino va korpuslarning joylashishi texnologik jarayonning talablari va 
binoning istalgan yeriga o„t o„chiruvchi mashinalar kela olishini hisobga olgan 
holda bo„lishi kerak. 
Ishlab 
chiqarish 
sanitariyasini, 
xavfsizlik 
texnikasini 
ta‟minlash, 
ishlovchilarga qulay sharoit yaratish hamda texnologik jarayonni yaxshi tashkil 
qilish maqsadida korxona hududi alohida zonalarga bo„linadi. Korxona hududi 
xom-ashyo va texnologik jarayonni yong„in chiqish xavfiga, bino va 
inshootlarning sanitariya xarakteri, transport xizmati, ishlovchilar soni va boshqa 
shunga o„xshash ko„pgina omillarga qarab, zonalarga ajratiladi.
Korxona binolarini joylashtirishda yana shunga ahamiyat berish kerakki, 
hududda xavfsizlikni ta‟minlash maqsadida transport ko„p qatnaydigan binolar 
alohida bir joyda qurilishi, yong„in chiqish xavfi bo„lgan sexlar shamol 
yo„nalishiga qarshi, zararli gazlar ajralib chiqadigan sexlar odamlar zich 
joylashgan ish joylaridan uzoqroq qilib qurilishi kerak. Bunda har bir binoning 
atrofi o„t o„chirish mashinalari bemalol kela olishi uchun halqali yo„llar bilan 
ta‟minlanishi lozim. 
Xavfsizlikning eng zarur talablaridan yana biri shuki, hududda yuk 
tashish yo„llari odamlar oqimi bilan kesishmagan holda qurilishi kerak. 
Yong„in xavfini kamaytirish va o„t o„chiruvchi mashinalarning korxona 
hududidagi harakatini yaxshi ta‟minlash maqsadida qarama-qarshi tomonlarida 
bo„lgan darvozalarga to„ppa-to„g„ri boradigan yo„llar quriladi. 
Korxona hududidagi tozalikni va tinchlikni ta‟minlash shart bo„lgan 
ma‟muriy binolar, oshxona, konstruktorlik byurosi, tibbiyot punkti, buxgalteriya va 
shunga o„xshash binolar ishlab chiqarish zonasidan shamol yo„nalishi bo„yicha 
qurilishi, changishi mumkin bo„lgan, engil o„t oluvchi yoqilg„i, moy omborlari va 
boshqalar qarama-qarshi tomonda joylashishi maqsadga muvofiq. 


Korxona hududini ko„kalamzorlashtirish, gulzorlar qilish va daraxtlar 
o„tqazish shovqin, chang va zararli moddalarning tarqalishini, o„tning tarqalish 
zonasini chegaralash, korxona devorlari, yo„laklar va dam olish zonalarini salqin 
tutish, ishchi va xizmatchilarga maishiy sharoit yaratish uchun qilinadi. 
Paxta tozalash, yengil sanoat va to„qimachilik korxonalarida ishchilarning 
sog„ligini himoya qilish maqsadida sanitariya-maishiy xizmat xonalari tashkil 
qilinadi va ularning me‟yorida ishlashi ta‟minlanadi. Bularning tarkibiga 
garderoblar, korjomalarni tozalash va zararsizlantirish xonalari, hojatxonalar, 
ayollar uchun shaxsiy gigiena xonalari, dush, qo„l va oyoqlarni yuvish vannalari, 
chekish, ovqatlanish, kutish, tibbiyot, yoshbolalarni emizish, maxsus korjomalarni 
yuvish xonalari hamda ichish uchun suv bilan ta‟minlangan uskunalari kiradi. 
Yordamchi xonalarga umumiy ovqatlanish xonalari, sport o„yinlari va 
gimnastika mashg„ulotlari uchun maydonchalar, konstruktorlik byurosi, xavfsizlik 
texnikasi, jamoat tashkilotlari xonalari kiradi. Bu xonalar mehnat unumdorligini va 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda, ishchilarning sog„ligini muhofaza 
qilishda hamda jamoani mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyat kasb 
etadi.
Sanitariya-maishiy xizmat binolari sexlardan uncha uzoq bo„lmagan va 
qulay joylarga joylashtiriladi. Ularga boriladigan yo„llar zararli chiqindilar 
chiqaradigan sexlar orqali o„tmasligi kerak. Agarda maishiy xonalar binoning 
erto„lasida joylashtirilsa, albatta, ular havo beruvchi va so„ruvchi ventilyasiya 
tizimi bilan ta‟minlangan bo„lishi kerak. 
Hozirgi paytda sanoat korxonalarida dam olish xonalarini jihozlashga katta 
ahamiyat berilyapti. Bu xonalar did bilan bezatilib, yumshoq kreslolar, ixcham 
stolchalar, televizor, magnitofon bilan jihozlangan. Yaxna ichimliklar, choy, qahva 
va shirinliklar bilan savdo qiluvchi bufet faoliyat ko„rsatadi. 
Ular ko„pincha maishiy binoning birinchi qavatida yoki ishlab chiqarish 
binosining eng ko„p odam ishlaydigan hamda jarohatlanish jihatidan eng xavfli 
bo„lgan sexga yaqin yerga quriladi. Ularni korxonaga kiraverishdagi yo„lakka 
yaqin yerlarda ham joylashtirsa bo„ladi. 
Hududni sanitariya jihatidan obodonlashtirish masalasi sanoat korxonasining 
bosh rejasi asosida hal etiladi. Pillani qayta ishlovchi zamonaviy korxonalarning 
o„ziga xos xususiyati shundan iboratki, ishlab chiqarish, yordamchi bo„linmalar va 
omborxonalarning ma‟lum qismi bir binoda jamlangan bo„ladi. 
Ayrim hollarda texnologiyasi jihatidan bir-biridan tamomila farq qiluvchi 
korxonalar yordamchi ishlab chiqarishlari, muhandislik kommunikatsiyalari, 
ishlovchilarga sanitariya-gigiena va madaniy xizmat ko„rsatish tizimlari umumiy 
bo„lgan sanoat uzellariga birlashtiriladi, bu hol qurilish muddatlarini qisqartiradi va 


sarflanadigan kapital mablag„ni kamaytiradi. Korxonaning bosh rejasi ajratilgan 
hudud doirasida loyihalanadi. 
Bunda QM va Q–II–88-89 ning «Sanoat korxonalarining bosh rejalari, 
loyihalash me‟yorlari» bo„limiga amal qilinadi, shuningdek, texnologik 
jarayonning turi, transportning, energiya, yoqilg„i, suv va hokazolar bilan 
ta‟minlash manbalarining xillari hisobga olinadi, mahalliy sharoit, joyning 
geografik o„rni, relefi, shamolning kuchi, yo„nalishi va boshqa omillar inobatga 
olinadi. 
Binolarning joylashuvi va hududining maydoni bino va inshootlarning 
me‟yorda ko„rsatilgan zichliginii inobatga olgan holda to„g„ri tanlanishi kerak. 
Bu qurilish zichligi (F) qo„yidagi formuladan aniqlanadi: 
Bu yerda, 
F
bino
- bino va inshootlar egallagan jami maydon; 
F
hud
- korxona uchun ajratilgan maydon. 
Sanoat korxonalari maydonidagi bino va inshootlarning zichligi pilla tortish 
ishlab chiqarishlari uchun kamida 41%, yigiruv va tikuv ishlab chiqarishlari uchun 
kamida 55% belgilangan. 
Temiryo„l va avtomobil yo„llari, yo„laklari, ochiq sport maydonchalari
dam olish maydonchalari, ko„kalamzorlar va shu kabilar bino hamda 
inshootlar bilan band bo„lgan jami maydon hisobiga kirmaydi. 
Hududning 10-20% qismi ko„kalamzorlashtirishga (daraxtlar, butalar, 
maysazorlar) ajratiladi. Hovuz, dam olish joylari, piyodalar yo„laklari, 
o„ziga xos chiroqlar o„ratilishi obodonlashtirishning tarkibiy qismlaridir. 
Asosiy ishlab chiqarish binosi atrofida 2,75-4,25 metr kenglikdagi aylanma 
avtomobil yo„li quriladi. Yo‟laklar kengligi 1,5 metr qilinadi. Asosiy kishilar 
oqimi xavfsiz harakatlanishi uchun avtomobil yo„llari va transport uchun 
mo„ljallangan kirish va chiqish yo„llari alohida-alohida bo„lishi lozim. 
Harakatlanish yo„lkalarining soni eng katta smenada ishlovchilar soniga 
qarab bitta yo„lkada 750 kishi harakatlana oladigan qilib tanlanadi. 
Ko„kalamzor maydonlar umumiy maydonning 15%i dan oshmasligi darkor. 
Bino devori bilan daraxtlar oralig„i 5 metr, butalar oralig„i esa 1,5 metr qilib 
olinadi. Sanoat korxonalari chegarasi bilan turar-joy dahalari orasida xavfsizlik 
masofasi bo„lishi kerak. Bunga sanitariya jihatidan himoya mintaqasini tashkil 
qilish orqali erishiladi. 


Pillani qayta ishlovchi korxonalar 4-sinfga talluqlidir. Yuqorida qayd 
qilinganidek, bu sinf uchun sanitariya jihatidan himoya mintaqasining eng kichik 
eni 100 metr bo„lishi va ular turar-joy dahasiga nisbatan shamolga ro„para tomonda 
joylashishi zarur.
Korxonaga asosiy kirish joyida (shamolga ro„para tomonda) zavod oldi 
maydoni joylashadi, bu yerda ma‟muriy, madaniy-maishiy, tibbiy binolar, 
oshxonalar, sport inshootlari, jamoat va xususiy transportlar qo„yiladigan 
maydonchalar joylashtiriladi. 
Binolarni shamolning qaysi tarafdan esishini hisobga olgan holda 
joylashtirilsa, xonalarning tabiiy yoritilishi, shamollatilishi uchun qulay sharoit 
yuzaga keladi. Bosh rejada binolar «shamollar guldastasi» deb ataluvchi 
diagramma bo„yicha joylashtiriladi. 
“Shamollar guldastasi” uzoq muddatli kuzatuvlarlarga davomida ma‟lum bir 
hududdagi shamol rejimini tavsiflovchi ko„pburchakli vektor diagrammasi bo„lib, 
unda diagramma markazidan turli yo„nalishlarga yo„nalgan vektorlarning uzunligi 
ushbu yo„nalishlardagi shamollar takrorlanishiga proporsional bo„ladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling