1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
- Bu sahifa navigatsiya:
- Maxsus muxofaza vositalari.
Masofadan turib boshqarish Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti davrida
ma‟lum dastur asosida ishlaydigan texnologik jarayonlar, sexlar, hattoki avtomatlashtirilgan zavodlar qurilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirish sanoat korxonalaridagi jarayonlarni uzoqdan turib boshqarish imkoniyatini yaratadi. Masofadan turib boshqarish tizimining eng ijobiy tomoni shundaki, bunday sanoat korxonalari sharoitida xavfli va zararli moddalar ko„plab ajraladigan zonalarda ish olib borish avtomatlar zimmasiga yuklanadi va bunda albatta ishchi xavfli va zararli zonaga kirmaganligi sababli uning baxtsiz hodisaga uchrashi yoki kasb kasalligiga chalinishi keskin kamayadi. Hozirgi vaqtda ba‟zi bir og„ir, xavfli va zararli ishlarning ko„pchiligini avtomatlar zimmasiga yuklash mumkin. Bunday ishlarni bajarish ma‟lum masofadan turib boshqarishga asoslangan. Ish bajariladigan zonaga har xil ma‟lumot beruvchi datchiklar o„rnatilib, ular boshqarish pultiga kerakli ma‟lumotlarni yuborib turadi. Boshqarish pulti ma‟lum uzoqlikda joylashtirilgan. Ish jarayoni teletizim orqali kuzatib boriladi. Olingan ma‟lumotlar boshqarish tizimlari yordamida tartibga keltiriladi. Bunda bir odam bir necha ish jarayonini kuzatib borishi mumkin. Telemexanika vositalari odam borishi mumkin bo„lmagan, shuningdek xavflilik darajasi yuqori va odamlarning u erda uzoq vaqt turishi zararli oqibatlarga olib keladigan joylarda ayniqsa qo„l keladi. Masofadan turib boshqarish engil alangalanuvchi va portlovchi materiallardan foydalanganda, radioaktiv va zaharli moddalar bilan ish olib boriladigan sexlarda ayniqsa yaxщi ish beradi. Maxsus muxofaza vositalari. Har xil mashina va dastgohlarni loyihalash vaqtida maxsus muxofaza vositalaridan keng foydalaniladi. Bularga: mashinalarni bir necha tugmalari yordamida boshqarish (masalan, press qurilmalarini ishlatganda oyoq bilan bosiladigan pedal va qo„l bilan ulaydigan tugmalar bor) tizimiga ega bo„lgan shamollatish vositalari, yoritish manbalari va yoritish qurilmalari, shovqinni so„ndirish, izotoplarni saqlash va tashish vositalari, dastgohlarni erga ulab muxofazalash va boshqa elektr toki urishi ta‟sirini yo„qotishga qaratilgan muxofazalash chora-tadbirlari va boshqalarni kiritish mumkin. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish sharoitlarida har qanday xavfli va zararli sanoat omillari bo„lgan joylarning deyarli hammasida maxsus muxofaza vositalaridan foydalaniladi. GOST 12.4.011-75 “Ishchilarni muxofaza qilish vositalari. Turlari”ga asosan shaxsiy muxofaza aslahalari sanoat korxonalarida o„rnatilgan mashina va dastgohlarning ishchilar uchun xavfsizligini, uni yaratish, o„rnatish va sanoat korxonalari ishini tashkil qilish yuli bilan bartaraf qilish imkoniyati bo„lmagan hamma hollarda qo„llash tavsiya qilinadi. Ba‟zi bir yangi texnologik jarayonlarni bajarganda, shuningdek, avariya sodir bo„lganda yoki ta‟mirlaganda bu ishlarni amalga oshirayotgan ishchilar ko„pincha noqulay ish sharoitlariga, hatto ba‟zi bir xavfli jarayonlarga ham duch kelishlari mumkin. SHuning uchun sanoat korxonalarining ba‟zi bir sexlari, ish turlari va mutaxassisliklar ro„yxati tuzilib, mazkur ro„yxat bo„yicha ishlayotgan ishchilarning sog„ligini saqlash maqsadida ularga bepul oziq-ovqatlar beriladi. Sanoat korxonalarida shuningdek, bepul berilishi kerak bo„lgan oziq-ovqatlar, maxsus ish kiyimlari, oyoq kiyimlari va shaxsiy muxofaza aslahalari ham belgilab qo„yiladi. Paxta, to„qimachilik va yengil sanoat korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish yaqin kelajakda ishchilarni xavfli va zararli mehnat sharoitlaridan xolos qiladi. Tez va aniq o„lchaydigan, murakkab jarayonlarni belgilangan ish tartibidan chiqib ketmasligini, sexlardagi mikroiqlim kattaliklarining (harorat, namlik, havo harakati tezligi va h.k.) mo„„tadil qiymatlarini ushlab tura oladigan asboblar boshqarib turadilar. Mehnat sharoitini yaxshilashning istiqboldagi yo„nalishlari texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish darajasining tez sur‟atlar bilan ko„tarilishiga bog„liq. Bu avtomatik ravishda ishlaydigan potok liniyalari, robotlashtirilgan komplekslar, integratsiyalashgan ish joylari, elektronika va mikroprotsessorlar, texnika vositalarining keng joriy etilishi hisobiga amalga oshiriladi. Texnologik jarayonda mexanizatsiyalashtirishni keng joriy qilish, ishlab chiqarish jarayonlari tezligining keskin o„sishi ishchilarda asab charchashi hamda harakat koordinatsiyasining buzilishi xastaliklarini keltirib chiqaradi. Shuning uchun mehnatni muhofaza qilish bo„yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oldindan ko„ra bilish zaruriyati ortadi. Ayniqsa, tibbiy tadqiqotlar, me‟yoriy hujjatlar va mehnat xavfsizligi talablarini takomillashtirishda, mehnat sharoitlarini, ishlab chiqarish jarohatlari, portlash va yong„in omillari majmuini tahlil qilishning yangi ilmiy-texnik usullarini yaratish nazarda tutilishi kerak. Sanoat sanitariyasi bo„yicha asosiy yo„nalish-ishlab chiqarish muhitida zararli moddalarning mavjudligi va miqdorini uzluksiz, avtomatik ravishda aniqlaydigan o„ta sezgir asboblar hamda yangi usullar ishlab chiqilishi kerak. Sex havosini yangilash bo„yicha ilmiy ishlar, ishlatilgan havoni markazlashtirilgan uskunalar yordamida so„rib olish, uni chang va zararli moddalardan tejamli hamda ishonchli usullar bilan tozalash, avtomatik ravishda ishlaydigan nazorat vositalarini qo„llash, mashinalarni, sexni tozalashda vakuum uskunalar qo„llash, changni markazlashgan havo tizimlari yordamida so„rib olish rivojlantiriladi. Buning uchun o„zidan chang chiqarmaydigan, changli havoni samarali tozalay oladigan, mukammal avtomatlashgan konditsioner hamda boshqa mashina, uskunalarni yaratishdek muammolarni hal qilish zarur. Ishlab chiqarish sexlarini yoritish borasida ham ilmiy ishlar davom ettirilib, ko„zni toliqtiruvchi omillami kamaytirish, fonarsiz sexlarda inson uchun zarur bo„lgan ultrabinafsha nurlanishga ega bo„lgan sun‟iy yorug„lik manbalari qo„llashni ko„paytirish, yoritish uskunalarini ekspluatatsiya qilishning ratsional tartibini ishlab chiqish, mashinalarga o„rnatilgan yoritish asboblarini yaxshilash ishlariga katta ahamiyat berish, qandillarni tozalash va yuvish muammolari hal qilinishi lozim. Ishlab chiqarishni uzluksiz mexanizatsiyalash, mashinalar, transport vositalarining quvvati va harakat tezligining ortishi bevosita shovqin hamda titrashning ortishiga olib kelmasligi kerak. Buning uchun shovqin hamda titrash borasidagi ilmiy ishlar davom ettirilishi, shovqinlarni keskin kamaytiruvchi himoya vositalari va materiallar iishlab chiqarishga joriy qilinishi kerak. Elektr xavfsizligi bo„yicha tadqiqotlarni elektr toki, elektromagnit maydonlarining inson tanasiga biofizik hamda elektrofiziologik ta‟sirini o„rganishga yo„naltirishdan maqsad tok kuchi, kuchlanish va maydon kuchlanganligining yo„l qo„ysa bo„ladigan qiymatini aniqlash, me‟yorlarini belgilash, elektr uskunalarining erga ulash moslamalarining mukammal sxema, konstruksiyalarini yaratish, tolali changlarning yong„in xavfi mavjudligini hisobga olgan holda, elektr yuritkichlar himoyasining ratsional sxemasini ishlab chiqish va boshqa shunga o„xshash tadbirlarni hisobga olishdir. Kelgusida mashinalar ishini boshqarishga past kuchlanishlardan foydalanish keng joriy qilinadi. To„qimachilik sanoatining barcha o„timlarida statik elektr zaryadlariga qarshi samarali antistatik moddalar qo„llash ko„zda tutiladi. Kelgusida elektr jarohatlarining barcha turlari ilmiy asoslangan statistik hisobotining yagona usulini ishlab chiqish va tatbiq qilish nazarda tutiladi. Korxonalarni sovitish hamda isitish uskunalari ish Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling