1-Mavzu: Paxta va to‘qimachilik sanoatida texnosferik omillar fani, uning mohiyati va vazifalari Reja: 1
Download 1.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnosfera omillari fanidan 1-8 mavzular
To‘xtatish vositalari. Aylanuvchi qismlarga ega bo„lgan dastgohlarni
ishlatishda ularning xavfsizligini ta‟minlovchi vosita sifatida to„xtatish vositalari muhim o„rin tutadi. Dastgoh shpindeli o„z vaqtida to„xtatib qolinganda xavfsizlik ta‟minlanadi, biroq, uning to„xtashini kutish tufayli qimmatli vaqt yo„qotiladi. Bajaradigan vazifasiga ko„ra, to„xtatish vositalari: to„xtatuvchi, sekinlashtiruvchi va tezlikni muvofiqlashtiruvchi turlarga bo„linadi. Tuzilishi jihatidan esa lentali, kolodkali, diskali va markazdan qochma kuchga asoslangan bo„ladi. Ular bajaradigan vazifalari va tuzilishi jihatidan yuk ko„tarish kranlarida, dastgohlarning harakatlanish zonalarini chegaralashda, ba‟zi bir ko„tarilgan yuklarni ma‟lum balandlikda ushlab turishda, shuningdek ba‟zi bir tushib ketishi odam hayoti uchun xavf tug„dirishi mumkin bo„lgan lift kabinalarini tushirib yubormasdan ushlab qolishda foydalaniladi. Bundan tashqari, to„xtatish vositalaridan yuqoriga ko„tarilgan yuklarni barabanlarning teskari aylanib ketishi natijasida tushirib yubormaslikni ta‟minlaydigan tirgak vositalari sifatida ham keng qo„llaniladi. Dastgohlarga ba‟zi bir xavfli vaziyatlarda yetkaziladigan zararni kamaytirish uchun saqlovchi qurilma sifatida ularga kuchsizlantirilgan qismlar o„rnatiladi. Bunday kuchsizlantirilgan qismlar dastgohda ro„y berishi mumkin bo„lgan xavfli vaziyatlarning oldini olishda ishlatiladi. Masalan, dastgohga berilayotgan kuch oshib ketib, dastgohda yuz berishi mumkin bo„lgan sinib ketish yoki butunlay buzilib qolish hollari vujudga kelsa, unda bu kuchsizlantirilgan qism uzilib ketadi va dastgohga berilayotgan kuchlanish to„xtatiladi. Bunday kuchsizlantirilgan qismlarga kesilib ketishga mo„ljallangan shtift va shponkalar, qo„shish muftalari, ishqalanishga asoslangan sirg„anuvchi muftalar, elektr qurilmalarida erib ketuvchi saqlovchi qurilmalar, katta bosim ostida ishlaydigan idishlarda sitilib ketuvchi membranalar va boshqalar kiradi. Kuchsizlantirilgan qismlar asosan ikki turga bo„linadi: birinchisi uzatilayotgan kuch muvofiqlashgandan keyin avtomatik ravishda (inson ishtirokisiz) ish bajarishni davom ettiradigan qurilmalar (masalan sirg„anuvchi muftalar) va ikkinchisi ishdan chiqqan kuchsizlantirilgan qismni almashtirish yuli bilan ishlatiladigan turlari (masalan, sitilib ketuvchi membrana, erib ketadigan saqlovchi qurilma va boshq.) mavjud. Download 1.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling