1-mavzu. Pedagogik tadqiqotlarning mazmuni va mohiyati. Boshlang‘ich ta’lim metodologiyasi o‘quv fani sifatida. Reja
Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari. Tasavvur
Download 0.89 Mb.
|
Boshlang\'ich ta\'lim metodologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Idrok
Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tasavvur- idrok qilingan, xis etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi taassurotlarning gavdalanishi. Diqqat- falsafa, ruxshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha turlarini muvaffakiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. Shaxe faoliyati kanchalik murakkab, mashakkatli, mas’uliyatli bulsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar ko’yadi. Insonning ziyrakligi, sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkashligi, hozirjavobligi uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning xatti - harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuktaga tuplab, muayyan bir obyektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3]. Iroda- insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshpangan ishni oxiriga yyetkazishqobiliyati - bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va uz-uzini boshqarishning natijasidir. Idrok- insonning bilish, tushunish qobiliyati va zexni hamda faxm-farosati. Iste’dod- insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu Deduksiya - umumiy tasdiqlardan xususiy tasdiqlarga utish usuli. Ilmiy tadqiqot ishida deduksiya tadqiqot usuli ko’pinchaaniq fanlarda ishlatiladi. Matematika fanlarida induksiya va deduksiya usullaridan ko’proq foydalaniladi va ular hamtahlil va sintezga o’xshab bir-birini tuldiradi va tekshiradi. Ulardagi jarayon kechishi o’zaro teskari holatda bo’ladi. Hattoki matematik induksiya metodi alohidatadqiqot usuli sifatida amaliyotda keng qo’llaniladi. Abstraksiya - ilmiy abstraksiyalash usuli - bu usul qaralayotgan hodisaning (jarayon, predmetning) ba’zan jiddiy bulmagan tomonini xususiydan uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda qo’llaniladi. Nazariy ilmiy tadqiqot jarayonida tadqiqotchi fikran ayrim xossalari, xususiyatlari, aloqalari va o’zarobog’lanishlarga tayanib oxirida ilmiy abstraksiya bo’lgan ilmiy tushuncha, qonuniyat va boshka umumiy qonuniy holatlarni oladi. Ular harqaysi fanni o’rganishda va uni rivojlantirishda fundamental asos bo’ladi. Formallash - bu usulda hodisa yoki jarayon matematik belgi va qonunlar asosida formulalarda ifodalanadi. Formallashtirish matematik abstraksiyalashning asosi hisoblanadi. U matematik formulalarni undan uzoqlashgan fanda ham kullash imkonini beradi. Bunday xollarda matematik formulalardagi umumiy qonuniyat saqlanib, kushimcha shart-sharoitlar (umumiy xollar) hisobga olinadi. Masalan, matematik apparat (formulalar)lardan bugungi kunda deyarli barcha fanlar (tibbiyot, biologiya, iqtisod, fizika, informatika va x.k.) foydalanilmoqda. Umuman olganda texnik amaliy fanlarda nazariy va amaliy tadqiqotlar olib borishda matematik usullar keng qo’llaniladi. O’xshashlik - bu yaxlitlikda alohidaobyektning ba’zi bir belgisi bo’yichao’xshashligi. O’xshashlik usulining asosiy tamoyili shundan iboratki, o’rganilayotgan obyektni xossalarining yoki uni ifodalovchi ko’rsatkichlar tabiatining o’xshashligidan tadqiqot kilinmagan boshka belgi haqidaham xulosa chiqarib olish imkoniyati tugiladi. Geometriyadagi borib bo’lmaydigan nuktagacha bo’lgan masofani ulchash yoki chikib bo’lmaydigan chukkini ulchash muammolari еchimlari ham o’xshashlik tadqiqot usulining amaldagi natijasidir. O’xshashlik usulidan modellash jarayoni keng foydalaniladi. Modellashtirish - obyektni tadkik qilishmaqsadida, undagi jarayonlar kechishini ifodalovchi modellarni yaratish. Tajriba asosiy tadqiqotda nazariy tadqiqot natijalarining amaliyotdagi isbotini xal etishdagi asosiy tadqiqot jarayoni. Insoniyat paydo bo’libdiki, tevarak-atrofni kuzatish bor, tahlil qilish bor va ular asosida yakuniy fikrga ega bo’lish bor. Shuning uzi ham tajriba. Hodisa va jarayonlarni o’rganishga mo’ljallangan (rejalashtirilgan, loyihalashtirilgan) kuzatish jarayonidagi tajriba va bilimni aniq minimumi obyektiv hodisani maxsus yaratilgan sharoitda takrorlash. Obyektiv hodisani nazariy asoslangan maxsus yaratilgan sharoitda takrorlash uchun (sinash uchun) ma’lum kuzatish ishlari va bilimning aniq bir minimumi (tajriba metodikasi va rejasi) yig’ilgan bo’lishi kerak va u kuzatish orqali olib boriladi. Tajriba-sinov ishlari hodisa yoki jarayonni nafaqat passiv kuzatishdan iborat, balki uning qanday kechishiga, ya’ni uni bajarishiga ongli-ijodiy munosabatda (tadqiqotmaqsadi va rejasini e’tiborga olgan holda) bo’lishni talab etadi. Bunda tadqiqotchi savodxonligi va ishchanligi asosiy omillardan x,isoblanadi. Bunda uning xohishi bilan tadqiqotni sun’iy takrorlashi ham mumkin. Tajriba-sinov ishlari yordamida borlik yoki tabiatning yangi qonunlarini yoki qonuniyatlarini va hattoki kashfiyotlarini ham ochish mumkin. Bu jarayonning diqqatga sazovor tomonini yana bir jihati, u sinchkovlikka ham boglik bo’ladi va natijada ular katta-katta ilmiy, ilmiy-texnikaviy yеchimlarni kulga kiritishga asos bo’ladi. Masalan, Arximed qonunining paydo bo’lishi, Yerning tortish qonuni, gusht maydalagichning paydo bo’lishi (Arximed vinti) va x.k. lar shular jumlasidandir. Yuqoridagilarga e’tibor beradigan bulsak, keltirilgan tadqiqot usullari ham amallar bajarishdagi o’zaroaloqadorlik va birlikka ega ekanligiga o’xshash xususiyatga ega, ya’ni tahdidva sintez, induksiya va deduksiya, abstraksiya va o’xshashlik, modellash va formallash o’zaro dialektik boglangan, aniq ITIda ular bir-birini tuldiradilar. Mavzu bo’yicha mustakkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: • tahlil- manbani, muammoni, natijani ilmiy o’rganish uslubi: • sintez - obyektni (obyektlarni) bir butun holda karab, uni (ularni) aks ettiruvchi ko’rsatkichlarni (parametrlarni, omillarni) o’zaroaloqadorlik holatdagi tadqiqot usuli; • induksiya - bu xususiy tadkiklardan umumiy tadkiklarga utish haqidagi tadqiqot usulidir; • deduksiya - bu umumiy tadkikdan xususiy tadkiklarga utish uslubidir; • abstraksiya - ilmiy abstraksiyalash usuli - bu usul qaralayotgan hodisaning ba’zan jiddiy bulmagan tomonini xususiydan uzoqlashishda, ya’ni e’tiborni umumiyga jalb qilishda qo’llaniladi; • formallash - bu hodisa yoki jarayonlarni matematik belgilar va qonunlar asosida formulalarda ifodalashdan iboratdir; • o’xshashlik - bu yaxlitlikda alohidaobyektning ba’zi birbelgisi bo’yichao’xshashligidir; • modellashtirish - bu obyektni tadkik qilishmaqsadida, undagi jarayonlar kechishini ifodalovchi modellarni yaratish; • tajriba - bu asosiy tadqiqotda nazariy tadqiqot natijalarining amaliyotdagi isbotini xal etishdagi asosiy tadqiqot jarayonidir. Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: • ilmiy tadqiqot ishining qaysi turlarida ularning qaysi usullaridan ko’proq foydalaniladi? • analiz va sintez, induksiya va deduksiya tadqiqot usullarining umumiypigi va xususiyligi haqida ma’lumotnoma tayyorlang; • modellash va o’xshashlik usullaridan qaysi ilmiy tadqiqot ishida foydalanish samaralirok? • formallash tadqiqot usulining tajriba tadqiqot usuliga ta’siri bor, deb o’ylaysizmi? Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: • ilmiy tadqiqot usullarisiz amalga oshirish foydasiz, chunki metodologik asoslari va olingan natijalarning amaliy va nazariy ahamiyati bevosita ularga boglik; • ilmiy tadqiqot ishidagi umumiy metodologik usullar tadqiqot ishini olib borishdagi ishonchli yo’lni ta’minlaydi. 1.Ilmiy-pedagogik bilimlarning manbalari: birlamchi manbalar, arxiv hujjatlari, dissertatsiya, avtoreferat, maqola va tezislar. 2. Ilmiy-pedagogik adabiyotlarni tahlil etish usullari: adabiyotlar ro‘yxatini tuzish, konspektlashtirish, tezis yozish, tsitatalash, annotatsiya yozish, taqrizlash. 3.Kuzatish – asosiy ilmiy tadqiqot metodlaridan biri sifatida. Kuzatishning turlari. Kuzatishning o‘ziga xos xususiyatlari. 4. Tadqiqot metodi sifatida suhbatning muhim xususiyatlari. Suhbat metodini qo‘llashga qo‘yiladigan metododlogik talablar. 5.So‘rov metodining asosiy shakllari. Test savollarini tuzish qoidalari. Test metodini qo‘llashga qo‘yiladigan talablar. Tabiiy eksperiment, laboratoriya eksperimenti, aniqlovchi eksperiment, shakllantiruvchi eksperiment. Eksperimentni amalga oshirish bosqichlari. TAJRIBA - voqelikni amaliy jihatdan xissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda - o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. Shuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri - ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba kadimdan falsafa tarixida muhimtadqiqotobyekti bo’lib kelgan. Shark falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib kurish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayxon Beruniy tajribani eksperiment va kuzatish bilan boglab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U ibn Sino bilan munozarada fikran faraz kilib kurishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchlirok ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy muloxdzalar ogizdan-ogizga utish bilan uzgarib borishi va asl ma’nosini yukotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori kuygan EKSPERIMENT - fan va bilish sohasida favkulodda holatdan chikish, muammoli vaziyatni xal qilish jarayonlari, shaxening xis- tuygulari, harakterы, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning uzlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqotmaqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mexnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning_sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zurikish singari psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (O’quvchi, xaydovchi, operator, elektronchilar) va ko’tilmagan tasodifiy vaziyatlar (xaloqat, portlash, izdan chikishi, shovkin kutarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperimеnt aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bulinadi Dunyoqarash - falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, goyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi urni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, uzligini anglash kabi savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham soglom aql tafakkuri va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarash ni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega bo’lishi lozim. Mazkur o’quvqo’llanmada biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod uz navbatida qator muammolar еchimining izlash imkoniyatini beradi. Ular: - insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi; - kishilarni ilmiy ish bilan shugullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi; - ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi; - ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi; - tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratadi va x k. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling