1-mavzu. Psixolgiya fanining dolzarb vazifalari, predmeti ва методлари dars rejasi


Download 1.08 Mb.
bet124/147
Sana24.12.2022
Hajmi1.08 Mb.
#1058679
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147
Bog'liq
Psixologiya

Charlz Darvin ham o’zining "Odamda va hayvonlarda his-tuyg’ularning ifodalanishi to’g’risida" degan kitobida yozgan ediki, fiziognomistik "Har bir individning o’z shaxsiy qizi ishlariga erishib, faqat yuzlaridagi asosan ma'lum bir muskullarni qisqartirishi, bu muskullar kuchliroq rivojlangan bo’lishi mumkinligi va shuning uchun bu liniyalar va ularning odatdagi qisqarishidan paydo bo’ladigan yuz qisqarishi ancha chuqur va ko’zga ko’rinarli bo’lishi mumkinligini jiddiy ravishda bilishi kerak.
Darvinning bu g’oyalari ko’pgina psixologlarning izlanishlari uchun asos bo’ldi. Ular o’zlarining fiziognomik ta'limotlarini yuz ifodasining tavsiflanishi va tushuntirilishi hamda uning yumshoq to’qimalari holati asosiga qurila boshladilar. Mimikani psixologik jihatdan tushuntirib beradigan o’ziga xos fiziognomik ma'lumotlar tuzildi.
Bundan tashqari ilm olamida juda ko’plab urinishlar bo’lgan. Ularda odamning turli tabiiy, tug’ma xususiyatlariga xarakterni bog’lashga urinishlar bo’lgan. Masalan, fizionomika odam yuz qirralari va ularning bir-biriga nisbati orqali, xiromantiya — qo’l barmoqlari va kaftdagi chiziqlar orqali, ko’z rangi va qarashlar, soch va uning xususiyatlari orqali o’rganishga xarakat qilingan. Juda katta shov — shuvga ega bo’lgan Ch. Lombrozo, E. Krechmer, U. Sheldonlarning konstitusion nazariyalari shaxs xarakterini uning tashqi ko’rinishi, tana tuzilishi bilan bog’lab tushuntirishga uringan. Bu nazariyalar juda qattiq tanqidga ham uchragan, lekin keltirilgan material, korrelya-sion tahlillar ma’lum jihatdan individual xususiyatlardagi tug’ma, mavjud sifatlar bilan xarakterologik sifatlar o’rtasidagi bog’liqlik borligini isbot qilolgani uchun ham bu nazariyalar shu vaqtgacha o’rganiladi.
Lekin xarakter va uning rivojlanishi, namoyon bo’lishi uchun umumiy qonuniyat shuki, u tashqi muhit ta’sirida, turli xil munosabatlar tizimida shakllanadi va sharoitlar o’zgarishi bilan o’zgaradi. Har bir kasb-hunar o’zining talablari majmui — professogrammasiga egaki, u shu kasb bilan shug’ullanayot-ganlardan o’ziga xos psixologik qirralar va xossalar bo’lishini taqozo etadi (psixometriya). Shuning uchun ham vrachning, o’qituvchining, muxandisning, harbiylarning, artistlarning va boshqalarning professoional sifatlari haqida alohida gapiriladi. Ana shu kasb sohiblari, ularning ish mobaynida ko’rsatadigan individualligi ichida esa xarakterologik o’ziga xoslik katta ahamiyatga ega va buni nafaqat shaxsning o’zi, balki uni o’rab turgan boshqalar ham yaxshi bilishlari kerak.
Xarakter xususiyatlari o’zgaruvchan bo’lishiga qaramay, har bir alohida shaxs va yaxlit millat o’ziga xosligini ifodalovchi shunday barqaror sifatlar bo’ladiki, ular yillar, xattoki, asrlarga ham dosh beradi. Masalan, bu milliy xarakterga taalluqlidir. O’zbeklar xarakterida asrlar davomida saqlanib kelayotgan samimiylik, mehmonnavozlik, ibo, sharm-hayo, takalluf, kamtarlik, mehnatsevarlik kabi qator sifatlar avloddan-avlodga o’tib kelmoqda. Bu sifatlar xalq ma’naviyatining qadriyatlariga aylanib qolgan va o’zbekning o’zligini namoyon etuvchi barqaror xususiyatlardir.



Download 1.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling