1-mavzu: qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari ma’ruza rejasi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi


Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish va hisobi


Download 30.76 Kb.
bet3/7
Sana11.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1261126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuQISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

2.Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar harakatini hujjatlashtirish va hisobi
Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning kirimi va chiqimini rasmiylashtirishda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshlang‘ich hujjatlarning namunaviy shakllaridan foydalaniladi. CHunonchi, yangi qurilishdan olingan asosiy vositalar, yordamchi xo‘jaliklardan olingan ko‘p yillik o‘simliklarning nihollari qabul qilish-topshirish dalolatnomalari bilan rasmiylashtiriladi.
Mollarni bir guruhidan ikkinchi guruhga o‘tqazishga «Guruhdan guruhga o‘tkazish dalolatnomasi» tuziladi.
Ta’minotchilardan naqd pulsiz hisob-kitob yo‘li bilan sotib olingan asosiy vositalar schyot- fakturalar asosida kirim qilinadi.
CHorva mollarini, ko‘p yillik o‘simliklarni aholidan bozorlarda naqd pulga sotib olish kirim kvitansiyalari bilan rasmiylashtiriladi. Ularning sotib olish baholari bozorlar ma’muriyatining o‘rtacha baholar to‘g‘risidagi ma’lumotnomalari bilan tasdiqlanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalariga asosiy vositalarni ta’sischilardan kirim qilinishi ta’sis shartnomalarida ko‘rsatilgan baholarda amalga oshiriladi va schyot-fakturalar bilan rasmiylashtiriladi.
Boshqa jismoniy va yuridik shaxslardan bepul olingan asosiy vositalar shartnomalarda ko‘rsatilgan baholarda schyot-fakturalar asosida kirim qilinadi.
Barcha kirim qilingan asosiy vositalar tegishli moddiy javogar shaxslarga biriktiriladi. Moddiy javobgar shaxslar bo‘lib brigadirlar, ferma mudirlari, cho‘ponlar, shiypon mudirlari, ombor mudirlari va boshqa mas’ul shaxslar hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalariga kirim qilingan asosiy vositalarning sintetik hisobi 0100 «Asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar» tizimida ularning alohida guruhlari uchun ochilgan schyotlarda yuritiladi. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida asosiy vositalarning hisobi maxsus «Asosiy vositalarni hisobga olish qaydnomasi»da yuritiladi. Bu qaydnomaning shakli 4-ilovada keltirilgan.
Qishloq xo‘jalik korxonalari balansidan asosiy vositalar turli sabablarga ko‘ra chiqarilishi mumkin. CHunonchi, ularni balansdan chiqarish to‘liq eskirganligi, foydalanishga yaroqsiz holatga kelganligi, tabiiy ofat, kasalligi va boshqa sabablarga ko‘ra o‘lganligi, katta yoshli mahsuldor va ishchi hayvonlarni brakka chiqarish, boquvdagi mollar tarkibiga o‘tqazish, shuningdek asosiy vositalarni sotish natijasida sodir bo‘lishi mumkin.
Asosiy vositalarni foydalanishga yaroqsizligini aniqlash hamda ularni hisobdan chiqarishni tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirish maqsadlarida maxsus komissiyalar tuziladi. YAroqsiz holatga kelgan asosiy vositalar tugatish va hisobdan chiqarish dalolatnomalari asosida balansdan chiqariladi.
Asosiy vositalarni naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotish, bepul berish, ta’sis badali sifatida kiritish schyot-faktura bilan rasmiylashtiriladi.
Asosiy vositalarni balansdan chiqarishga doir operatsiyalar hisobi birinchi bo‘limda qurilish tashkilotlari misolida ko‘rib chiqilgan tartiblarga to‘liq o‘xshaydi. Sotilgan asosiy vositalarning sotish qiymati ularning qoldiq qiymatiga mos kelmagan hollarda olingan moliyaviy natija (foyda yoki zarar) aniqlanadi. Olingan foyda 9310 «Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda» schyotida, ko‘rilgan zarar esa 9430 «Boshqa operatsion xarajatlar» schyotida hisobga olinadi.
Hozirgi sharoitda qishloq xo‘jalik texnikalari, chunonchi qimmat turuvchi xorijdan olingan kombaynlar, traktorlar, shuningdek ko‘p yillik mevali bog‘lar, tokzorlar uzoq muddatli ijaraga berish yo‘li bilan ham sotilmoqda va hisobdan chiqarilmoqda. Ushbu operatsiyalar hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2.1-jadval).
.1- jadval

Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling