1-mavzu: qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari ma’ruza rejasi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi


Qishloq xo‘jalik texnikalari va ko‘p yillik o‘simliklarni uzoq muddatli ijaraga sotib olish sharti bilan berilishiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish


Download 30.76 Kb.
bet4/7
Sana11.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1261126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuQISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

Qishloq xo‘jalik texnikalari va ko‘p yillik o‘simliklarni uzoq muddatli ijaraga sotib olish sharti bilan berilishiga doir operatsiyalarni schyotlarda aks ettirish




Operatsiyaning mazmuni

Korr.schyot

Asos

Dt

Kt

1

Asosiy vositaning boshlang‘ich qiymatida hisobdan chiqarilishiga

9210

0160,
0180

SHartnoma, schyot faktura

2

Asosiy vosita bo‘yicha hisoblangan jamlangan eskirish summasini hisobdan chiqarilishiga

0260,
0280

9210

SHartnoma, schyot faktura

3

Asosiy vosita bo‘yicha uzoq muddatli ijaraga berilgan mulkning kelishuv qiymatidagi debitorlik qarz summasiga

0920

9210

SHartnoma, schyot faktura

4

Ijaraga berilgan mulk bo‘yicha uzoq muddatli qarzning joriy qismiga

4810

0920

SHartnoma, schyot faktura,
hisob-kitob

5

Ijaraga berilgan mulk bo‘yicha har oyda sharnoma asosida hisoblanadigan foiz summasiga

4830

9530

SHartnoma, schyot faktura,
hisob-kitob

6

Ijara bo‘yicha uzoq muddatli qarzning joriy qismi summasini kelib tushishi yoki naqd olinishiga

5110,
5010

4810

Bank ko‘chirmasi, kirim kassa orderi

7

Ijara bo‘yicha foiz summasini kelib tushishi yoki naqd olinishiga

5110,
5010

4820

Bank ko‘chirmasi,
kirim kassa orderi

Asosiy vositalar tarkibidan katta yoshli mahsuldor va ishchi hayvonlarning, bog‘lar hamda tokzorlarning mahsuldorlikni kamayishi, kasallanishi, lat eyishi, o‘lishi natijasida balansdan chiqarilishiga tegishli veterinariya va agronomiya xulosalari olinadi. Agar ushbu asosiy vositalar sug‘urtalangan bo‘lsa, ularni balansdan chiqarish natijasida ko‘rilgan zararlar sug‘urta tushumi hisobidan qoplanadi. Sug‘urta tashkilotining qoplash bo‘yicha o‘z bo‘yniga olgan qarziga quyidagi yozuv qilinadi:


Debet 4890 «Boshqa debitorlik qarz»
Kredit 9210 «Asosiy vositalarning chiqimi»
Sug‘urta to‘lovining kelib tushishiga:
Debet 5110 «Hisob-kitob schyoti»
Kredit 4890 «Boshqa debitorlik qarz»


3. Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy podani shakllantirish va ular kirimining hisobi
Qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan olib boriladigan kapital investitsiyalarning muhim turlaridan biri bo‘lib asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflar hisoblanadi.
Asosiy podani shakllantirishga kapital investitsiyalar deganda mollarni yosh hayvonlar guruhidan katta hayvonlar guruhiga o‘tqazishgacha ularni o‘stirish va parvarishlashga qilingan xarajatlar, shuningdek katta hayvonlarni chetdan xarid qilish, tashib keltirish va bu bilan bog‘liq barcha boshqa xarajatlarning majmuasi tushuniladi.
Asosiy podani shakllantirishga yo‘naltirilgan kapital investitsiyalarning hisobi 0840 «Asosiy podani shakllantirish» schyotida yuritiladi. Ushbu schyotda, chunonchi, quyidagi xarajatlar hisobga olinadi:
-asosiy podaga o‘tkaziladigan xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar;
-asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi va ishchi hayvonlarning sotib olish qiymati;
-hayvonlarni etkazib kelish bilan bog‘liq sarflar;
-boshqa shaxslardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka olib kelish bilan bog‘liq sarflar.
YOsh hayvonlar asosiy podaga o‘tqazilgunga qadar 1110 «O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» schyotida hisobga olinadi. Hisobot davrida ularni asosiy podaga o‘tkazish haqiqiy vazniga ko‘ra reja tannarxi bo‘yicha amalga oshiriladi O‘stirishdagi va boquvdagi mollarni asosiy podaga o‘tkazish maxsus dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Tuzilgan dalolatnoma asosida buxgalteriyada quyidagicha yozuv qilinadi:

Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling