1-mavzu: qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari ma’ruza rejasi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi


Debet 4290 «Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar» Kredit


Download 30.76 Kb.
bet6/7
Sana11.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1261126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuQISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

Debet 4290 «Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar»
Kredit 5010 «Kassa»
2.Hisobdor shaxsga berilgan bo‘nak summasini kapital investitsiya sifatida tan olinishiga
Debet 0840 «Asosiy podani shakllantirish»
Kredit 4290 ««Xodimga berilgan boshqa bo‘naklar»
3.Bir vaqtning o‘zida sarflangan kapital investitsiyalarni kirim qilingan ishchi va mahsuldor hayvonlarning boshlang‘ich qiymatiga kiritilishig:
Debet 0170 «Ishchi hayvonlari»
Kredit 0840 «Asosiy podani shakllantirish»
Asosiy podani shakllantirishga qilingan kapital sarflarning analitik hisobini turli maqsadlarda turlicha yuritish maqsadga muvofiq. CHunonchi, bunday analitik hisob qilingan xarajatlarni ishchi va mahsuldor hayvonlarning turlari bo‘yicha (yirik shohli hayvonlar, cho‘chqalar, qo‘ylar, otlar va boshqalar) axborotlarni olish imkonini berishi kerak.
Ta’kidlash joizki, qishloq xo‘jalik korxonalarining ayrim hayvonlarni sotib olishga sarflagan mablag‘lari asosiy podani shakllantirish xarajatlari sifatida tan olinmaydi. CHunonchi, parrandalar, quyonlar, qimmatbag‘o mo‘ynali hayvonlar, asalarilar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar, ularning qiymatidan qat’iy nazar, asosiy poda tarkibida hisobga olinmaydi. Ular joriy aktivlar tarkibiga kiritiladi va mos ravishda 1100 «O‘stirishda va boquvda mollar» schyotida hisobga olinadi.

4. Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarga eskirish hisoblashning xususiyatlari va hisobi
Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar, boshqa tarmoq korxonalari singari, amortizatsiyalanadigan va amortizatsiyalanmaydigan asosiy vositalarga bo‘linadi.
Respublikamizda qabul qilingan 5-son BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq qishloq xo‘jalik korxonalarida amortizatsiya hisoblanmaydigan asosiy vositalarga quyidagilar kiritiladi:

  • mulk sifatida sotib olingan er uchastkalari;

  • mahsuldor hayvonlar;

  • qiymatidan qat’iy nazar o‘stirishdagi va boquvdagi mollar guruhiga kiritiladigan mollar (parrandalar, quyonlar, asalarilar, qimmatbaho mo‘ynali hayvonlar, qo‘riqchi itlar va boshqa shu kabi hayvonlar);

  • to‘liq amortizatsiyalangan asosiy vositalar;

  • belgilangan tartiblarga ko‘ra konservatsiya qilingan asosiy vositalar;

  • kutubxona fondi;

  • muzey eksponatlari va boshqalar.

Qishloq xo‘jalik korxonalarining boshqa asosiy vositalari sanoatbelgilangan tartibda, shuningdek hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartiblarga ko‘ra amortizatsiyalanadi. CHunonchi, qishloq xo‘jalik korxonalarida yillik amortizatsiya bino va inshoatlar bo‘yicha yillik 5 foiz, qishloq xo‘jalik texnikasi va asbob-uskunalari, ofis mebeli va jihozlari, yuk tashish mashinalari, avtobuslar bo‘yicha 15 foiz, kompyuter texnikasi, engil avtomobillar va yo‘llarda ishlatiladigan avtotraktor texnikasi bo‘yicha 20 foiz, suv chiqarish nasoslari, elektrdvigatellar, generatorlar, truboprovodlar bo‘yicha 8 foiz miqdorida hisoblanadi. Demak, qishloq xo‘jalik korxonalarida ushbu asosiy vositalari bo‘yicha eskirish hisoblash me’yorlari va tartibi barcha boshqa tarmoqlar uchun belgilangan tartibga to‘liq o‘xshaydi. Biroq, ishchi hayvonlar, ko‘p yillik o‘simliklar kabi asosiy vositalar eskirish hisoblash masalasida turli munozalar tug‘diradigan, shuningdek o‘ziga xos yondashishlarni talab qiladigan asosiy vositalar hisoblanadi.
Respublikamiz Soliq kodeksiga muvofiq ishchi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar yiliga 10 foiz me’yorida amortizatsiya qilinadigan asosiy vositalar guruhiga kiradi. Lekin, ushbu asosiy vositalarning foydali xizmat muddatini aynan o‘n yil qilib belgilash juda ham nisbiydir. Odatda, ishchi hayvonlar o‘n yil ham xizmat qilmasliklari yoki undan bir necha bor ko‘p muddatda xizmat qilishlari mumkin. Ko‘p yillik o‘simliklarning qariyb yarim asr, hattoki bir asrgacha hosil beradigan turlarining borligi ham sir emas. SHu bois ham ishchi hayvonlar va ko‘p yillik o‘simliklar bo‘yicha amortizatsiya hisoblash bo‘yicha belgilangan muddatlarni eng kam xizmat muddati sifatida e’tirof etilishi maqsadga muvofiqdir.
CHorva mollarini, odatda, bir vaqtning o‘zida ham ishchi hayvonlar ham mahsuldor hayvonlar bo‘lib hisoblanadi. Masalan, ot yoki tuyani yuk tashish bo‘yicha ishchi hayvon, nasl yoki mahsulot (go‘sht, sut) berishiga ko‘ra mahsuldor hayvon, deb atash mumkin. SHu bois ham, qishloq xo‘jalik korxonalarida ishchi hayvonlar bo‘yicha amortizatsiya hisobini to‘g‘ri yuritishning muhim shartlaridan biri bo‘lib ushbu guruhga kiruvchi hayvonlarning tarkibi va ro‘yxatini aniq belgilash hisoblanadi.
Ko‘p yillik o‘simliklar ham ekilganligidan hosil bermaydi. Ular odatda, 2-3 yildan keyin hosilga kiradi. SHu bois ham, ushbu asosiy vositalar bo‘yicha amortizatsiyani ularni parvarishlash boshlangandan keyin qaysi muddatdan boshlab hisoblanish vaqtini aniq belgilash muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo‘jalik korxonalarida, boshqa tarmoqlardan farqli o‘laroq, ko‘pchilik asosiy vositalar, ayniqsa traktorlar, pritseplar, suv quvurlari va nasoslari, generatorlar, yuk tashish mashinalari, ishchi hayvonlar hisobot davri davomida ham chorvachilik, ham o‘simchilik sohalariga xizmat ko‘rsatishi mumkin. Traktorlar, pritseplar va yuk tashish transportlari ishlab chiqarish sohalaridan tashqari etishtirilgan mahsulotlarni xaridorlarga yuklab jo‘natish va sotishga ham xizmatlarni ko‘rsatadilar. Bu xususiyat buxgalteriya hisobida asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini mos ravishdagi sohalar, bu sohalarda etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari xarajatlari hamda sotishga doir xarajatlar o‘rtasida taqsimlab chiqish zaruriyatini tug‘diradi.
Asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summalarini taqsimlash va ular hisobini tegishli schyotlarga olib borish quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi.

Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling