1-mavzu: qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalar hisobining xususiyatlari ma’ruza rejasi: Qishloq xo‘jalik korxonalarida asosiy vositalarning tasnifi, tavsifi va baholanishi


Download 30.76 Kb.
bet7/7
Sana11.03.2023
Hajmi30.76 Kb.
#1261126
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzuQISHLOQ XO‘JALIK KORXONALARIDA ASOSIY VOSITALAR HISOBINING XUSUSIYATLARI

Birinchidan, qishloq xo‘jalik korxonasining u yoki bu sohasiga bevosita aloqador asosiy vositalarga hisoblangan amortizatsiya summasi mos ravishdagi «O‘simchilik» va «CHorvachilik» schyotlariga olib boriladi. Bunda ushbu soha xarajatlariga olib borilgan eskirish summasini ifodalovchi summaga asosiy vositalarning mos ravishdagi guruhlari bo‘yicha eskirishi hisobi uchun mo‘ljallangan schyotlar (0210-0290) kreditlanadi.
Ikkinchidan, qishloq xo‘jalik korxonasining har ikkala ishlab chiqarish sohasiga hamda sotish jarayoniga xizmat qiluvchi asosiy vositalar bo‘yicha hisoblangan eskirish summasi dastlab 2510 «Sanoatishlab chiqarish xarajatlari» schyotida to‘planadi. SHundan so‘ng, hisob siyosatida ko‘rsatilgan tartib-qoidalarga, masalan asosiy vositalarni alohida olingan sohalarga ko‘rsatgan xizmatlariga ketgan vaqtiga ko‘ra jami hisoblangan eskirish summasi mos ravishda «O‘simchilik», «CHorvachilik», «Davr xarajatlari» schyotlariga olib boriladi.
Uchinchidan, qishloq xo‘jalik korxonalarining har bir sohasi bo‘yicha «O‘simchilik» va «CHorvachilik» schyotlariga olib borilgan amortizatsiya summalari ularda etishtirilgan mahsulotlarning turlari o‘rtasida tannarxni kalkulyasiya qilishga asos qilib olingan tartib-qoidalarga ko‘ra taqsimlab chiqiladi. Masalan, «O‘simchilik» xarajatlariga olib borilgan amortizatsiya xarajatlari paxta, boshoqli don, poliz ekinlari va boshqa shu kabi mahsulotlar o‘rtasida bo‘lib chiqiladi. Xuddi shunday tartibda chorvachilik sohasiga to‘g‘ri keluvchi amortizatsiya xarajatlari bu sohada etishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari, masalan, go‘sht, sut, tuxum, jun va shu kabilar o‘rtasida taqsimlanadi.
Download 30.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling