1-mavzu: «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja


-mavzu: Restoranlarda ovqatlanish zalini tayyorlash


Download 2.33 Mb.
bet95/121
Sana02.06.2024
Hajmi2.33 Mb.
#1833632
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121
Bog'liq
1-mavzu «Restoran biznesi»fanining maqsadi va vazifalari Reja

14-mavzu: Restoranlarda ovqatlanish zalini tayyorlash
Reja:

  1. Oshxona idish-tovoqlari, anjomlarini olish va xizmat boshlashga tayyorlash

  2. Stol va stullarni joylashtirish tartibi

  3. Ofitsiantlar ishini tashkil qilish




  1. Oshxona idish-tovoqlari, anjomlarini olish va

xizmat boshlashga tayyorlash
Restoran belyolarini 3 guruhga ajratamiz ular quyidagilar:

  • Dasturxonlar;

  • Salfetkalar;

  • Sochiqlar.

Restoran belyolarining hajmi o‘lchanadi:

  • Metr (m);

  • Santimetr(sm);

Restoran belyolari kim foydalanishiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi:

    • Mehmonlar uchun;

    • Korxona ishchi xodimlari uchun.

Restoran belyolarini foydalanishiga ko‘ra turlari:

  • Bir marta foydalanish uchun mo‘ljallangan;

  • Ko‘p marta foydalanish uchun mo‘ljallangan.

Restoran belyolaridan biri bo‘lgan dasturxonlar haqida:
Dasturxonlarning to‘shalish ketma ketligi –restoranlarda dasturxonlar 4 qavat qilib to‘shaladi:

  1. Stol uchun g‘ilof (chexol);

  2. Molton;

  3. Dasturxonlar;

  4. Naperon.

Stol uchun g‘ilof – Ular dasturxonni stoldan sirg‘alib tushib ketmasligi uchun, zaldagi shovqinni pasaytirish uchun foydalaniladi. Ular “ekstra” va “luks” toifadagi korxonalar uchun majburiy. Ular yumshoq jun matodan (movut tipidan) stol hajmi bo‘yicha tayyorlanadi. Rezinka yordamida mustahkamlanadi.



Malton –uning asosiy vazifasi himoyadir. Dasturxondan oldin to‘shalib unga to‘kiladigan narsalardan himoyalaydi. Agar stol ustida stakanlar og‘darilib kesa ham, agar malton to‘shalgan bo‘lsa ular ovoz ham chiqarmaydi, sinmaydi ham. Maltonlarning yuzasi yumshoq matodan qilingan bo‘lib, pastki qismi klyonkali bo‘ladi.

Download 2.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling