1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja


Download 1.73 Mb.
bet37/73
Sana18.06.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1588530
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73
Bog'liq
1-mavzu. Sosial psixologiya fanining predmeti va vazifalari reja

Guruhlardagi yana bir jarayon bu guruhning uyushqoqligi muammosidir. Guruh a`zolarining bir birlarini yaxshi bilishlari, bir birlarining dunyoqarashlari, hayotiy printsialari, qadriyatlarini yaxshi tasavvur qilishlari bunday uyushqoqligining birinchi omilidir. Ikkinchi va asosiy omil bu o’sha guruhni birlashtirib turgan faoliyat maqsadlarini, uning yo`nalishi va mazmunini bilishdagi g’oyaviy birlikdir. Umuman, eksperimental tadqiqotlarda qayd etilgan guruhga oid fikrlardagi umumiy uyushqoqlikga ijobiy zamin hisoblanadi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi, lekin bu masalalarni boshqarish psixologiyasi masalalari doirasida keyingi mavzuda o`rganamiz.


9-MAVZU: KICHIK GURUHLAR PSIXOLOGIYASI


REJA:
1. Shaxs va guruh. Referent guruh
2. Guruhlarning turlari
3. Guruh o’lchamlari va uning tizimi
4. Jamoalarda psixologik o’zaro moslik
5. Guruhdagi psixologik muhit va uni o’rganish


1. Shaxs va guruh. Referent guruh.
Shaxslararo munosabatlar asosan guruh sharoitida, shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo’lgan taqdirda ro’y beradi. Shuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro’y beradigan shaxslararo ta’sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak.
Har bir shaxsning fe’l-atvorida, xatti-harakatlarida u mansub bo’lgan millat, xalq, xudud, professoinal toifa, mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muqim guruhi, oilasining ta’siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi. Bu ta’sir makro bosqichdagi ta’sirlar deb atalib, yaqin muhitning tasiri — mikro bosqichdagi ta’sirlar deb yuritiladi. Ikkala bosqichdagi ta’sirlar ham sotsial psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga egadir. Chunki har bir sharoitda shaxs o’ziga xos sotsial rollarni bajaradi va o’zining «qiyofasini» namoyon etadi.
Mehnat jamoasida professional rollarni bajarish jarayonidagi xulq-atvori shaxsning ma’naviy va psixologik ko’rinishidagi asosiy omil bo’lib, katta yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o’zgartirish uchun uning professional faoliyatini ham o’zgartirish kerak, deyiladi.
Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o’zida turli sotsial guruhlarning ta’siri bo’lib turadi. To’g’ri, ma’lum davrda bir sotsial guruhning shaxsga ta’siri sezilarliroq va ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo’ladi. Masalan, o’quvchilik yillarida maktabdagi o’quvchilar guruhining ta’siri mahalladagi o’rtoqlar davrasinikidan kuchliroq bo’lishi, yangi xonadonga kelin bo’lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri talabalik guruhinikidan kuchliroq bo’lishi tabiiy. Lekin har bir alohida daqiqada biz doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo’lamiz. Ho’sh, guruhning o’zi nima? Guruh — ma’lum sotsial faoliyat maqsadlari asosida to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror faoliyatning bo’lishligi (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari, harakat normalari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada referent guruh deb ataladi. Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar.

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling