1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. Reja


-davr – (b.e.b. 9-7 asrlar - XVIII asr)


Download 37.3 Kb.
bet2/7
Sana27.03.2023
Hajmi37.3 Kb.
#1299124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу лотинииии

1-davr – (b.e.b. 9-7 asrlar - XVIII asr) – ming yillar davomida insoniyat boshqarish xaqidagi tajribalarini to‘pladilar. Ibtidoiy davrda odamlar birgalikda xayot kechirib, birga mehnat qilganlari uchun boshqarish faoliyati ham urug‘ yoki qabila a’zolari tomonidan olib borildi. Qabila yoki urug‘ oqsoqsollari va dohiylari barcha ishlarda rahbarlik qilib turdilar.
Qadimgi Egipetda (b.e.b. 3000 - 2800) o‘z davrining rivojlangan davlat boshqaruv apparati va unga xizmat qiladigan xodimlari bo‘ldi. 4000 yil ilgari egipetliklar boshqarish xaqidagi ilk ilmlarini ishlab chiqdi. “Ptoxxotepa ta’limoti” shunday deydi: boshliq qo‘l ostidagi odam oldida javobgar.
Boshqarishni faoliyatning alohida bir sohasi deb birinchi bo‘lib ta’riflagan So‘qrot (b.e.b. 470 - 399 y.y.) boshqarishning shakllarini tahlil qilib, uning tamoyilarining universalligini joriy etdi. Platon (b.e.b. 428 - 348 y.y.) davlat boshqaruv shakllarini klassifikatsiyaladi va boshqaruv organlari funksiyalarini chegaralashga xarakat qildi. SHundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kundagi yangi ilm – menedjment ilmi eng qadimgi davrlarda rivojlanib san’at darajasida baholangan.
2-davr – industrial davr (1776 - 1890 y.y.). Bu davrda davlat boshqaruvi xaqidagi tasavurlarning rivojlanishi A.Smitga tegishli. U mehnat taqsimlanishining turli shakllarini tahlil qilib, shoh va davlatning vazifalariga ta’rif berdi.
R.Ouen o‘zinig ishlab chiqarishni boshqarishni gumanizatsiyalash g‘oyalari bilan hamda ishchilarning ishlash va yashash sharoitini yaxshilash, ularni o‘qitish zaraurligini tan olishi bilan menedjmentning ilmiy yo‘nalishini va maktabini shakllantirdi.
1833 yili ingliz matematigi CH.Bebbidj “analitik mashina” – zamonoviy sonli xisoblash texnikasining loyihasini ishlab chiqqanidan keyin boshqaruv qarorlari tezkor (operativ) qabul qilinadigan bo‘ldi.
3-davr – tartibga solish davri – (1856 - 1960 y.y.). – bu davrda boshqarish xaqi-dagi ta’limot to‘xtovsiz xaraktda bo‘ldi, ya’ni boshqaruvning yangi yo‘nalishlari, maktab-lari, oqimlari shakllandi, ilmiy apparati o‘zgardi va takomillashib bordi. Tadqiqotchi-larning o‘zlari ham, fikrlari ham o‘zgarib bordi.
XIX asrda yuz bergan ishlab chiqarish revolyusiyasi natijasida menedjment tushun-chasi paydo bo‘ldi. Ishlab chiqarishdagi eng yaxshi ishchilarni tanlab olib, ularni o‘qitdi-lar. Ular esa o‘z o‘rnida ish joyi xo‘jayinlarining manfaatini ximoya qildilar. Mana shu odamlar birinchi menedjerlar deb ataladi.

Download 37.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling