1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. Reja


Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari


Download 37.3 Kb.
bet5/7
Sana27.03.2023
Hajmi37.3 Kb.
#1299124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу лотинииии

Ta’lim muassasasini boshqarishning tamoyillari Har qanday faoliyat singari boshqarish faoliyati ham o‘z vazifalarini bir qator tamoyillarga asoslanib amalga oshi-radi. Pedagogik adabiyotlarda ta’lim tizimini boshqarishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi tamoyillarni ular tomonidan bajariladigan vazifalar (rejalashtirish, tashkil etish va nazorat qilish)ga tayanilgan holda belgilanishiga alohida urg‘u berilgan. Mazkur o‘rinda ta’lim muassasasini boshqarishning har bir tamoyiliga (V.A.Slasteninning “Obщaya pedagogika” (2003yil) o‘quv qo‘llanmasiga tayangan holda) alohida-alohida ta’rif berish-ga harakat qilamiz. Ta’lim muassasasi boshqaruv nazariyasi va tarixida boshqarishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:

  • pedagogik tizimni boshqarishni demokratiyalash va insonparvarlashtirish;

  • boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;

  • boshqarishning markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan holatlarining ratsional uyg‘unligi;

  • yakka щokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi;

  • ta’lim tizimini boshqarishda axborotlarning ob’ektivligi va to‘liqligi

Pedagogik tizimni boshqarishni demokratlashtirish va insonparvarlashti-rish. Pedagogik kadrlarni tanlov va shartnoma asosida ishga qabul qilish, qabul qili-nayotgan qarorlarni ochiq muhokama qilish, axborotlarning barcha uchun ochiq va tushunarli joriy etish, ta’lim muassasasi jamoatchiligi oldida ma’muriyatning muntazam hisobot berishi, o‘qituvchi va o‘quvchilarga ta’lim muassasasi hayotiga oid o‘z fikrlarini bildi-rishga imkon berish, ta’lim muassasasida demokratik g‘oyalarning ustuvor o‘rin tuti-shini anglatadi.
Ta’lim tizimini boshqarishda shaxsga alohida hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unga ishonish, pedagogik faoliyatda sub’ektning sub’ektga munosabati darajasiga eri-shish, o‘quvchi va o‘qituvchining huquq va manfaatla-rini himoya qilish, o‘z iste’dodlari va kasbiy mahoratlarini erkin namoyon etish uchun sharoit yaratish insonparvarlik tamoyi-liga asoslangan boshqaruv mohiyatini anglatadi.

Download 37.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling