1-mavzu. Ta’lim menejmenti nazariyalarining rivojlanish bosqichlari. Boshqarish qonuniyatlari va tamoyillari. Reja


Download 37.3 Kb.
bet4/7
Sana27.03.2023
Hajmi37.3 Kb.
#1299124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1 мавзу лотинииии

Boshqaruv ob’ekti – bu boshqariladigan ob’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa, tashkilot va hokazo. Boshqaruv ob’ekti sifatida faoliyat sohasi bo‘lmish ta’lim, shuningdek, turli xildagi ta’lim muassasalari ko‘rib chiqilishi mumkin. Menejmentda boshqaruv ob’ekti sifatida, odatda, faoliyati muvofiqlashtiriladigan va muayyan maqsadlarga erishishga yo‘naltiriladigan bir guruh odamlar tushuniladi.
Boshqaruv sub’ekti – bu boshqaradigan sub’ekt, ya’ni, tarmoq, muassasa va tashki-lotni boshqarish apparati. Ta’limdagi menejment­ga nisbatan olganda, boshqaruv sub’ekti boshqaruvning turli darajalarida konkret vazifalarni bajaruvchi muayyan bo‘g‘inlari majmuidan iborat. Bunda har bir yuqori bo‘g‘in quyi bo‘g‘inga nisbatan boshqaruv sub’ek-ti sifatida yuzaga chiqadi.
Boshqaruv sub’ekti va ob’ekti bevosita va qayta aloqalar tizimi bilan birgalikda boshqaruv tizimini tashkil qiladi. Boshqaruv tizimida boshqaruv ob’ekti ko‘pincha boshqariladigan kichik tizim, sub’ekti esa boshqaruvchi kichik tizim deb nomlanadi. Boshqaruv tizimiga bir qator umumiy shart-sharoit xosdir. Eng avvalo, boshqariladigan kichik tizim boshqaruvchi kichik tizim ostida o‘z parametrlarini (yoki xossalarini) o‘zgartirish-ga qodir bo‘ladi. Bunda samarali boshqarish uchun boshqaruv ob’ekti faoliyatining eng muhim parametrlarini to‘liq aks ettiradigan mezonlar va ko‘rsatkichlar zarur bo‘ladi. Masalan, ta’lim muassasalari uchun: xodimlar soni, o‘quvchilar, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalari darajasi, ularning davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, ana shu xususiyatlarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar va boshqalar shunday ko‘rsatkich bo‘lishi mumkin.
Boshqaruv tizimi ob’ektga belgilangan maqsadga muvofiq ta’sir ko‘rsatadi. Buning uchun boshqaruvchi kichik tizim tegishli ta’sirdan keyin boshqaruv ob’ekti holatini aniq tasavvur etishi kerak. Maqsadga aniq yo‘nalganlikni amalga oshirish uchun ta’sir ko‘rsa-tishdan oldin va keyin ob’ektning holati haqida boshqaruv sub’ektiga axborot kelib tushishi kerak, ya’ni boshqaruv tizimida bevosita va qayta aloqalar aniq tashkil etilgan bo‘lishi lozim. Va nihoyat, boshqaruvning har qanday tizimi muayyan moddiy, mehnat va boshqa resurslarga ega bo‘lishi zarur.
Barcha boshqaruv kategoriyalari bir-biri bilan jips bog‘langan va bir-birini taqozo etadi.
“Ta’lim menejment” fani bo‘lajak mutaxasisilarni ta’lim menejmentga oid bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirishni maqsad qilib qo‘ygan. Ta’lim menejment fanining asosiy vazifasi ta’lim menejmentning qonuniyatlari, tamoyillari, metod va usullarini aniqlash, tahlil etish va ulardan amaliyotda foydalanishga o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim muassasasi menejmenti haqida so‘z yuritilganda, O‘zbekiston Respublikasining «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning 4.6-bandida so‘z yuritilayotgan jarayonning mohiyati haqida batafsil to‘xtalib o‘tilganligini alohida ta’kidlash zarur. Ushbu hujjatda qayd etilicha, ta’lim muassasasi menejmentida quyidagi holatlar nazarda tutiladi:

  • uzluksiz ta’lim tizimi va kadrlar tayyorlashning davlat va nodavlat ta’lim muassasalarini tarkibiy jihatdan o‘zgartirish va ularni izchil rivojlantirish davlat yo‘li bilan boshqarib borilishi;

  • barcha darajadagi ta’lim boshqaruv organlarining vakolat doiralari «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq belgilanadi;

  • ta’limning normativ-huquiy bazasi rivojlantiriladi;

  • moliya-xo‘jalik faoliyatini olib borish hamda ta’lim jarayonini tashkil etishda o‘quv yurtlarining huquqlari kengayadi va mustaqilligi ta’minlanadi;

  • ta’lim muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkaziladi hamda akkreditatsiyalanadi. Akkreditatsiya yakunlariga ko‘ra ta’lim sohasida faoliyat ko‘rsatish huquqi beriladi;

  • muassis tashkilotlarning, mahalliy hokimiyat organlarining, savdo-sanoat doira-larining, jamoat tashkilotlarining, fondlarning va homiy vakillarni o‘z ichiga oluvchi vasiylik va kuzatish kengashlari tizimi orqali ta’lim muassasalarining samarali, jamoat boshqaruvi tizimi joriy etiladi.

Bundan tashqari, olimlar ta’lim menejmetining bir qator o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini ham ta’kidlab o‘tishadi. Ular orasida quyidagi xususiyatlar asosiy hisoblanadi:

  • ta’lim menejmenti «maqsadga muvofiqlik» so‘zi bilan aniqlanadigan ma’naviy o‘lchovga ega;

  • ta’lim menejmenti – bu fan va san’at (chunki bunda insonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar katta rol o‘ynaydi);

  • menejment mazmunida o‘z aksini topadigan shaxs, davlat va jamiyat manfaatlarining o‘zaro dialektik birligi;

  • ta’limni boshqarishda jamoatchilikning faol qatnashuvi.

YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, endilikda ta’lim tizimini davlat tomonidan boshqarishdan davlat-jamoatchilik boshqaruviga o‘tiladi. Davlat-jamoatchilik boshqaruvining maqsadi –ta’lim muassasalarining dolzarb masalalarini davlat va jamoatchilik hamkorligida hal qilish, o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda ota-onalarga ta’lim dasturlarini, turlarini, ta’lim muassasalarini tanlashda huquq va erkinlik berishni kengaytirishdan iborat.

Download 37.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling