1-mavzu. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Reja


Download 423.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana18.06.2023
Hajmi423.9 Kb.
#1570776
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QTMAT-1.1.1

Ikkinchidan, globallashuv davrida o‘qituvchining pedagogik jarayondagi 
asosiy vazifalari o‘zgaradi. Uni boshqaruvchanlik faoliyatiga yangicha talablar 
quyiladi. Boshqarish - bu yo‘naltirish, vazifa quyish, o‘rganish, yordam berish va 
qo‘llab-quvvatlashni hamda maslaxat berish, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, 
ko‘rsatma berishlari o‘z ichiga oladi. Ta’lim-tarbiyada donishmand va 
mo‘tafakkirlarning, xalqimizning milliy ma’naviy qadriyatlariga tayanish muhim 
ahamiyaiga ega. 
Uchinchidan, ta’lim-tarbiya jaryonidagi o‘zgarishlar tinglovchilar yoshlar 
oldiga ham muhim vazifa kuyadi. Ular izlash, keraqli bilimlarni mustaqil kidirib 
topish, axborot to‘plash va ularni ishlata bilishlari bilan bog’liq. 
Umuman olganda globallashuv davrida ta’lim-tarbiya jarayoni zamon 
kuyayotgan talablarga javob berishi, undan orqada kolmasligi muhim ahamiyatga 
ega. Bu mamlakatimizda belgilangan demokratik jamiyat qo‘rish vazifalarini 
amalga oshirishda xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Ta’lim soxasidagi yutuqlar 
taraqqiyotning kaliti bo‘lsa, tarbiya soxasidagi o‘ziga xoslik O‘zbekistonni 
mustaqil taraqqiyot yo‘lidan rivojlanishini kafolatlab beradi. 
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni 
sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o‘rin egallashi tabiiydir. Bu 
borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, 
madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun o‘y-joylar 
qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish 
bo‘yicha boshlangan ishlarimizni yangi yuksak bosqichga ko‘taramiz. Biz ta’lim 
va tarbiya tizimining barcha bug’inlari faoliyatini bugungi zamon talablari asosida 
takomillashtirishni o‘zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz” deb 
alohida ta’kidladilar. 
Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev o‘zining “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-
intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi 
bo‘lishi kerak” asarida ta’lim va ilm-fan, davlatning yoshlarga doir siyosatini 
amalga oshirish, ta’limning yangi, zamonaviy usullarini, jumladan, axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish sohasidagi ishlar axvoli Tanqidiy 
tahlil qilib, bir qator vazifalarni amalga oshirishga e’tibor qaratdilar. 
Birinchi vazifa - maktabgacha ta’lim soxasida. Ochiq tan olishimiz kerak, 
biz bu muhim soxadagi ishlarni e’tibordan chetda qoldirdik. Ushbu soxada 
bolalarni kamrab olish 27 foizni tashkil etadi. 
Tasdiklangan dasturga ko‘ra, bu yo‘nalishda 2 ming 200 ta muassasaning 
moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadi. 
Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan xolda, o‘quv 
reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya 
berish, psixologiya va boshqa turli soxalarda kadrlarni tayyorlash va qayta 
tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi. 
Ikkinchi vazifa - umumta’lim maktablari

lisey va kasb-xunar kollejlari

shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridagi o‘qitish sifati bilan bog’liq. Zamonaviy o‘quv 
reja va uslublarini joriy etish talab darajasida emas. 


Bolalar va yoshlarga maxsus fanlar, mamlakatimiz va jaxon sivilizasiyasi 
tarixini, xorijiy tillarni va zamonaviy kompyuter dasturlarini chuqur o‘rgatish 
vazifalari xali sifatli va to‘liq xolda yechilgani yo‘q. 
Yana bir muammoni xal etish ham o‘ta muhim xisoblanadi: bu - pedagoglar 
va professor-o‘qituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus 
bilimlaridir. Bu borada ta’lim olish, ma’naviy- ma’rifiy kamolot masalalari va 
haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlariga faol kumak beradigan muhitni 
yaratish zarur. 
Uchinchi vazifa - ta’lim muassasalarini, eng avvalo, kasb-hunar kollejlarini 
oqilona joylashtirishni, shuningdek, iqtisodiyot, ijtimoiy soxa va har bir xududning 
zarur mutaxassislarga bo‘lgan talabini to‘g’ri aniqlashni tanqidiy tahlil qilishdir. 
To‘rtinchi vazifa - nafaqat akademik ilm-fanni, balki oliy o‘quv yurtlaridagi 
ilm-fanni yanada rivojlantirish. 
Bu o‘rinda ikkita asosiy vazifani xal etish zarur: birinchi - ilmiy 
muassasalarning moddiy-texnik bazasini ilg’or xorijiy markazlar darajasida va 
olimlar talablariga muvofik sezilarli ravishda mustahkamlash kerak. Bunda, 
albatta, davlatning extiyojlari va uning maqsadli vazifalari inobatga olinishi shart; 
ikkinchi - akademiklarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash, jumladan, 
moddiy rag’batlantirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish. 
Beshinchi vazifa - kitoblarni chop etish va tarqatishdagi muammolarni xal 
qilishdir. Bu o‘rinda gap, eng avvalo, yoshlar va aholi o‘rtasida mamlakatimizning 
boy tarixini, uning betakror madaniyati va milliy qadriyatlarini keng targ’ib qilish, 
jaxon ilm-fani va adabiyoti yutuqlarini yetkazish uchun zarur muhit va shart-
sharoit yaratish haqida bormoqda. 
Bu borada zamonaviy kompyuter texnologiyalari va ayniqsa, internet tizimi 
bizdan ancha ildamlab ketganini ham inobatga olish zarur. 
Ana shu vazifani xal etishda turli darsliklarni yaratish, ularni chop etish va 
moliyalashtirish masalalarida idoralar o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchilik, afsuski, 
jiddiy tusik bo‘lmoqda. 
Shu o‘rinda hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega 
bo‘lgan masala, ya’ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga 
bo‘lgan muxabbatini, ularning ma’naviy immunitetini yanada oshirishga qaratilgan 
ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi. 

Download 423.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling