1-mavzu. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari. Reja


Download 423.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana18.06.2023
Hajmi423.9 Kb.
#1570776
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
QTMAT-1.1.1

beshinchidan, ta’lim sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning bilim darajasini 
va pedagogik mahoratini oshirish masalalarida umumta’lim muassasalari 
faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik darajasining yetarli darajada emasligi, o‘quv-
tarbiya jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining mavjud emasligi; 
oltinchidan, xalq ta’limi tizimi muassasalarini moliyalashtirish va moddiy-
texnik ta’minlash mexanizmining mukammal emasligi, ularning faoliyatiga 
zamonaviy me’moriy yechimlar, innovasion ishlanmalarni va axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi aytib o‘tilgan. 
Prezident Farmonida xalq ta’limi tizimini isloh qilishning asosiy 
yo‘nalishlari etib qo‘ydagilarni belgilab berilgan: 
- umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni sifat jihatidan yangi darajaga 
ko‘tarish, har tomonlama kamol topgan avlodni tarbiyalash, o‘quvchilarning 
ma’naviy-axloqiy va intellektual rivojlanishini ta’minlash; 
- ushbu sohada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining muvofiqlashtiruvchi roli va mas’uliyatini 
kuchaytirish, shuningdek, vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat 
organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlarini aniq 
belgilash va tartibga solish; 
- rahbar va pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishning ilg’or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq 
etish yo‘li bilan xalq ta’limi tizimida kadrlar siyosatini shakllantirishning 
zamonaviy tamoyillarini joriy etish; 
- xalq ta’limi muassasalarini boshqarish tizimiga zamonaviy axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish, shaffof va samarali jamoatchilik 
nazoratiga erishish, shu jumladan barcha muassasalarning telekommunikasiya 
tarmoqlariga ulanishini ta’minlash, barcha foydalanishi mumkin bo‘lgan 
ma’lumotlar manbasini yaratish, ularning faoliyatini baholashning elektron reyting 
tizimini joriy etish; 
- xalq ta’limi muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishni va ijtimoiy 
muhofaza qilishni yaxshilash, ularning samarali ishlashi uchun munosib 
sharoitlarni yaratish; 
- zarur tashkiliy-huquqiy va texnik-iqtisodiy sharoitlarni yaratish yo‘li bilan 
umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim sohasida nodavlat xizmatlarni 
ko‘rsatishga oid faoliyat bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar tarmog’ini yanada 
rivojlantirish, ushbu sohaga davlat-xususiy sheriklikning turli shakllarini 
samarali 
joriy etish

- xalq ta’limi tizimiga ilg’or xorijiy tajribani, o‘quv-tarbiya jarayoniga 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni, shu jumladan ta’lim berishning innovasion 
usullarini joriy etish, o‘quv va o‘quv-uslubiy 
adabiyotlarning yangi avlodini yaratish, fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlarni 
amalga oshirish. 
Bundan tashqari, 2018 yil 1 sentyabrdan maktablarda faoliyat olib 
borayotgan 450 mingdan ziyod pedagog va rahbar xodimlarning maoshi oshirildi. 


Xalq ta’limi xodimlariga uy, yer, maishiy texnika, chorva va mashina sotib olish 
uchun imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Ular uchun maxsus davlat 
mukofoti ta’sis qilindi. O‘qituvchilarni boshqa ishlarga jalb etish, maktablarda 
asossiz tekshiruvlar o‘tkazish amaliyotiga chek qo‘yildi.
Ushbu sa’y-harakatlar natijasida xalq ta’limi tizimi joriy yilda 16 ming nafar 
oliy ma’lumotli yosh kadr bilan to‘ldirildi. Qariyb 13 ming nafar erkak o‘qituvchi 
maktablarga qaytdi. 
Keyingi yillarda ta’lim tizimini takomillashtirish, zamonaviy kadrlar 
tayyorlashga qaratilgan qator ishlar amalga oshirildi. Prezident qarori bilan 2017-
2021 yillarda Oliy ta’lim tizimini kompleks rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 
2018 yilda mamlakatimizda 13 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy 
universitetlarning filiallari tashkil etildi. Fanlar akademiyasi va Innovasion 
rivojlanish vazirligi tomonidan yuqori malakali kadrlar tayyorlash ishlari 
boshlandi. 
Albatta, bunday e’tibor yaqin kelajakda o‘z samarasini beradi. Lekin barcha 
sohalarda jadal islohotlar olib borilayotgan bir paytda shu sur’atga mos ilg’or 
kadrlar mamlakatimizga bugun kerak. 
Hozirgi tizimli o‘zgarishlar jarayonida aksariyat mutaxassislarning bunga 
tayyor emasligi, ularning bilimi, malakasi va ko‘nikmasi zamon talabiga javob 
bermasligi ayon bo‘lib qoldi. 
Masalan, xorijda doktorantura va magistraturada o‘qitish, malaka oshirish va 
stajirovkani tashkil qilish bo‘yicha dastlabki ehtiyoj 3,5 mingdan ortiq. Yurtimizda 
xalqaro ilmiy va amaliy tajriba ega 600 nafardan ziyod vatandoshlarimizga ehtiyoj 
mavjud. 1000 ga yaqin xorijiy olimlar va ekspertlarni jalb etishga talab bor. 
Ya’ni, bugun kechiktirib bo‘lmaydigan, oddiy ilmiy va ilmiy-pedagogik 
kadrlarga bo‘lgan ehtiyoj 5 mingdan ziyodni tashkil etadi. Agar ishlab 
chiqarishdagi talab ham inobatga olinsa bu raqam kamida 50-100 baravarga 
oshadi. 

Download 423.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling