1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Mavzularni o‘tishda pedagog faoliyatining integratsiyasi


Download 5 Mb.
bet32/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57
3. Mavzularni o‘tishda pedagog faoliyatining integratsiyasi.
Innovatsion–pedagogik texnologiyalarning bosh g‘oyasi talabani darsning asosiy faoliyat yurituvchi sub’yektiga aylantirishdir. Axborot-kommunikatsion texnologiyalar bu borada bizga qo‘l keladi. Chunki AKT talabaning bevosita ishtirokini, uning fikrlashi, amaliy ishlashini taqozo qiladi. Shunga ko‘ra, bugungi kunda innovatsion pedagogik va axborotkommunikatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga jadal joriy qilish davrning asosiy talabiga aylandi.
Tabiiy fanlar o‘z ichiga biologiya, geografiya, fizika va astronomiya, kimyo, matematika o‘quv fanlarini qamrab oladi hamda ularning o‘zaro integrasiyasini ta’minlaydi. Darslari fanning dasturlari hamda mavzuviy rejalariga qat’iy amal qilingan holda o‘tkaziladi. Amaliy mashqlar yechish davomida paydo bo‘ladigan har qanday muammolarni atroflicha o‘quvchilarga tushuntirib berish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim.
O‘qituvchi har bir amaliy mashg‘ulot darsini o‘tkazish rejasini puxta tuzib chiqishi kerak.Uni qanday yangi pedagogik texnologiyalaridan yoki yangi interfaol usullardan foydalanishni aniqlab olishi zarur.
Amaliy mashg‘ulot darslarida savol-javoblar, diskussiyalar tashkil qilinadi, faol ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiradi. Amaliy mashg‘ulotda ko‘proq o‘quvchilar guruhini bir nechta kichik guruhlarga ajratib o‘qitishning interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Quyida darsliklarga kiritilgan amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishdagi faol usullarga e’tibor qaratib o‘tamiz.
1-sinfda “Harakat qanday yuzaga keladi?” mavzusi asosida samolyot va parashut yasab uni harakatini kuzatish hamda turli narsa-buyumlarni tortib, itarib, ko‘tarib va tushirib harakatni hosil qilishni amaliy bajargan holda harakat haqidagi tushunchalar kengaytiriladi.
2-sinf tabiiy fanlar darsiga oid “Haroratni o‘lchash” mavzusi asosida tana haroratini oddiy holda va jismoniy mashqdan keyin o‘lchash natijalarini solishtirishni amaliy ish jarayonida bajarish orqali kompetensiyalar hosil qilinadi. 3-sinfda “Masofa va vaqtni o‘lchash” mavzusida amaliy mashg‘ulot uchun o‘yinchoq mashina, o‘lchov tasmasi, sekundomer asosida avval sekinroq va so‘ngra kuchliroq itarib ko‘rib mashinaning vaqiti va bosib o‘tgan masofasi o‘lchanadi.
Amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarni mavzu yuzasidan ko‘proq mustaqil fikr yuritishga, o‘z fikrini bayon etishga undaydi, integratsiya jarayonini STEAM texnologiyasi asosida yuzaga keltirish imkoniyati ham amalga oshiriladi.
-------------------------------------------------------------------------------------------------------
8. A.A.Axrorov."Maqollarda umumyashirin ma’noning namoyon bo‘lish omil, vosita va usullari."Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali 3.4 (2023): 163-166.
Darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirib, diqqatlarini jamlashga o‘rgatadi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling