1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Download 5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- Internet manbalari: 1. www. lex.uz 2. www. bilim.uz 7-MAVZU : BOSHLANG’ICH SINF DARSLARINI INTEGRATSIYALASH NING O‘ZIGA XOSLIGI.
- Tayanch tushunchalar
Nazorat savollari:
1.Darsha tayyorgarlikning pedagogik-psixologik tomonlarini qanday? 2.Pedagog sifatida o‘z mahoratingizni qanday rivojlantirishingiz mumkin? 3.Innovatsion texnologiyalarning qaysi biridan ko‘proq foydalanishingiz mumkin? Asosiy adabiyotlar: 1. Mavlonova R., N.H.Vohidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010 yil. 2. Xoshimov K., S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T:. O‘qituvchi. 2010 yil. 3. Mavlonova R.A., Voxidоva N.X. Ijtimoiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma. T.Noshir. 2009 yil. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Mavlonova R. Raxmonqulova N.Boshlang’ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya. G’.G’ulom nomidaginashriyot-manbaa ijodiy uyi.Toshkent-2013. 2.Bоshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshlang‘ich ta’lim .- Toshkent, 2005.- 5-son, 21-33-betlar. 3.Boshlang‘ich ta’lim konsepsiyasi// Boshlang‘ich ta’lim, 2014 5.Boshlang‘ich ta’lim dasturi. XTV 2017-yil , 3-iyun, 190-sonli buyrug‘i 4.Qоsimоva K., Matchоnоv S., G‘ulоmоva X., Yo‘ldоshеva Sh., Sariеv Sh. Оna tili o‘qitish mеtоdikasi. Tоshkеnt: Nоshir, 2009. – 352 b. 7. Rustamоv A. So‘z xususida so‘z. Tоshkеnt, 2010. – 136 b. Internet manbalari: 1. www. lex.uz 2. www. bilim.uz 7-MAVZU: BOSHLANG’ICH SINF DARSLARINI INTEGRATSIYALASH NING O‘ZIGA XOSLIGI. Reja: 1. Turdosh fanlar integratsiyasi 2. Fanlarrni o‘qitishda bo‘limlar, mavzular integratsiyasi. 3. Mavzularni o‘tishda pedagog faoliyatining integratsiyasi. Tayanch tushunchalar: Turdosh fan, mavzu, bo‘limlar, pedagog faoliyati, integratsiya, boshlang’ich sinf, dars, integratsiyasilash, o‘qitish. 1.Turdosh fanlar integratsiyasi. Boshlang’ich sinflarda turdosh fanlar integratsiyasi davlat ta’lim standartida belgilangan o‘quv reja asosida o‘qitiladi. Fanlar bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda integratsiya qilinmoqda. Boshlang‘ich sinflarda savodga o‘rgatish, o‘qish, yozuv mashg’ulotlarining uyg’unligi, tasviriy san’at, texnologiya darslari, jismoniy tarbiya va musiqa, informatika va matematika hamda tillarni o‘rganish bo‘yicha turdosh fanlar integratsiyasini amalga oshirishga katta ahamiyat berilmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bu darslarida ongli o‘qish va savodli yozishga o‘rganadilar, og‘zaki va yozma nutqning qonun-qoidalarini egallaydilar. Ona tili va o‘qish sohasidagi ko‘nikma-malakalar (nutq, o‘qish va yozishga oid malakalar) o‘quvchilarning o‘quv mehnatining zaruriy sharti va vositasidir. O‘quvchi o‘qish ko‘nikmalarini egallash bilan bir qatorda, birinchi navbatda,o‘zining ona tilini o‘rganishi zarur, chunki ona tili bilimdonlikning, aql-idrokning kalitidir. Ona tili va o‘qishfanlari boshqa fanlami o‘qitish vositasi hamdir: jamiyat tarixi ham, tabiiy fanlar ham ona tili yordamida o‘rganiladi. Demak, ona tili va o‘qish savodxonlik dasrlari bolaning umumiy kamol topishida ham, bilim va mehnatga havasini uyg‘otishda alohida o‘rin tutadi. Badiiy adabiyotlarni, gazeta, jurnallarni o‘qigan bola o‘zida eng yaxshi xislatlarni tarbiyalab boradi, muomala madaniyatini egallaydi. Ona tili boshlang‘ich sinflarda asosiy o‘rinni egallar ekan, har bir o‘quvchida ona tiliga qiziqish va muhabbatni tarbiyalab borish zarur. Boshlang‘ich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.O‘qish, yozuv, grammatik materialni o‘rganish, kuzatishlar hamda o‘quvchilarning ijtimoiy faoliyatlari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish. 2. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya’ni ularni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga aylantirish. 3.Adabiy til me’yorlarini, ya’ni imloviy va tinish belgilariga rioya qilingan savodli yozuvni, to‘g ‘ri talaffuzni o‘rganish, nutq va uslubiy elementlarni egallash. 4. Grammatika, fonetika, leksikologiyadan nazariy materiallarni o‘rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish. 5. O‘quvchilarni o‘qish va ona tili darslari orqali badiiy, ilmiy- ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirish, ularda badiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini hosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili fani hal etadi va ular ona tili dasturida aks etadi. O‘qish darslari savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘in, so‘z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o‘qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o‘qish texnikasi egallangandan so‘ng o‘qish muayyan mavzular bo‘yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi. o‘qish darslarining yetakchi xususiyati o‘quvchilarning savodxonligini ta ‘minlash bilan birga, o‘quvchilarni milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo‘lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og‘zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. Boshlang‘ich sinflarning o‘qish darslarida o‘quvchilarning o‘qish malakalarini shakllantirish, asar matni ustida ishlash hisoblanadi. Umuman olganda, o‘qish darslari oldiga qo‘yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat: 1. O‘quvchilarda yaxshi o‘qish sifatlari: to‘g‘ri, tez, ongli, ifodali o‘qishlarini shakllantirish. 2. O‘quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o‘rgatish, kitobga muhabbat uyg‘otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko‘tarish. 3. O‘quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish. 4. O‘quvchilarni axloqiy, estetik jihatdan yetuk va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash. 5. O‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini va adabiy-estetik tafakkurini o‘stirish. 6. O‘quvchilarning xayolot olamini boyitish. 7. Elementar adabiy tasavvurlarini shakllantirish. Bunda esa adabiy tasavvurlari bilan birgalikda umumiy tassavurlari, fazoviy tassavurlar, qurish-yasash, tevarak-atrofni kuzatish, informatika va texnikaga oid bilimlarni o‘stirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich 1-2-sinflarda tilning barcha tomonlari (talaffuzi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, so‘z yasalishi)ni o‘zaro bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishdagi yetakchi tamoyil bo‘lib, uni amalga oshirish o‘quvchilaming tilni murakkab, rivojlanuvchan, o‘zaro bog‘langan muhim tomonlarga ega bo‘lgan hodisa sifatida anglab yetishlari uchun ilmiy asos yaratadi. Shuningdek, Xulosa qilib aytganda, tilni o‘rganish jarayonida o‘qituvchining metodologik yondashuvi, o‘quvchilar o‘zlashtiradigan ijtimoiy hodisa sifatida rivojlanib boruvchi til haqidagi bilimlar majmuasi, o‘quvchilar o‘rganib oladigan bilish usuli, tilni o‘rganishga asos bo‘ladigan materialning bilim berishdagi, g‘oyaviy-siyosiy va badiiy qimmati hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatar ekan. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling