1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Download 5 Mb.
bet38/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57
Jamoa deganda - kishilarning istalgan tashkilot sinfi tushuniladi (masalan: ishlab chiqarish jamoasi, zavod jamoasi, xo‘jalik jamoasi va hokazo). Ikkinchidan, jamoa deganda yuqori darajada uyushtirilgan sinf tushuniladi. O‘quvchi (tarbiyalanuvchi)larning birlashmasi o‘ziga xos muhim belgilarga egadir. Quyida jamoa va uning xususiyatlari (belgilari) borasida so‘z yuritamiz.
Jamoa va jamoa orqali tarbiyalash – tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning etakchi rol yo‘nash to‘g‘risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirgan. Jamoada uning a’zolari o‘rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan birgalikda rivojlanishini ta’minlaydi. Lekin har qanday sinfni ham jamoa deb hisoblab bo‘lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning yotarli darajada uyushgan har qanday sinfdan ajratib turadi.
Har bir jamoa boshqa bir jamoalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi. Uning har bir a’zosi jamiyat ijtimoiy faoliyatini tashkil etish jarayonida o‘z jamoasi bilan birgalikda ishtirok etadi. Jamoani tushunish, uni his etish hamda shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va rolini to‘g‘ri baholay olish umumiy va xususiy (shaxsiy) maqsadning qiziqishi, ehtiyoj va faoliyatning birligini namoyon etadi hamda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Har bir jamoa o‘z-o‘zini boshqarish organiga ega va umummilliy jamoaning uzviy qismi sanaladi. Shuningdek, u maqsadning birligi va tashkil qilish xususiyatlari orqali umummilliy jamoa bilan bog‘lanadi. Ijtimoiy jamiyatning ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan birgalikdagi faoliyat jamoaning navbatdagi muhim xususiyatidir.
Tarbiya jarayoniga o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga o‘tganda yuksak darajaga erishiladi. Ayrim o‘quvchilar va umuman jamoa o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va tashkil etadi, o‘ziga va bir-biriga talablar qo‘yadi va o‘z-o‘zini nazorat qiladi. Sinf rahbari va o‘quvchilar jamoasi yo‘-niyatlari va ishlarida birgadirlar. Past darajadan yuqori darajagacha boradigan yo‘l uzoq bo‘lib, muayyan quvonchiliklarni bartaraf etish bilan kechadi. Ayni paytda jamoani shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishlar yuzasidan juda qiziqarlidir. Bu sinf rahbarining asosiy ishidir. Umuman maktab o‘quvchisi tarbiyasining asosiy natijalari bu ish qanchalik muvaffaqiyatli o‘tishiga bog‘liq bo‘ladi. Agar o‘quvchilar jamoasi tashkil etilmagan bo‘lsa, o‘quvchi maktabni hech afsuslanmay tark etadi, hatto keyinchalik maktab yillarini eslamaydi ham. O‘quvchilarni inoq jamoaga birlashtirish mohir sinf rahbari qo‘lida tarbiyalangan odam baxtlidir.
Ulg‘ayayotgan kishining hyotdagi mavqeini shakllantirishda, uning hayot yo‘lini belgilashda o‘z vazifasini anglash sinf rahbarining bolalar jamoasini barpo etish yuzasidan olib boriladigan faol va qatiy faoliyatning zarur sharti hisoblanadi. Jamoaning rivojlanish darajasini belgilash metodikasi. Uning mohiyti u yoki bu rivojlanish darajasidagi jamoa normativ ta’rifini aniq jamoa ta’rifi bilan taqqoslashdan iboratdir. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadning, pedagoglar bilan o‘quvchilarning birgalikdagi har tomonlama sobitqadam faoliyatining, o‘zaro ma’suliyatli munosabatlarning mavjudligi: o‘z-o‘zini boshqarish organlarining faoliyati va h.k. Bolalarning jamoa turkum normalari va qoidalarining, intizomning buzilishga munosabatlarini kuzatib, jamoasining tashkilot tuzil ta’sirchanligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling