1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Boshlang’ich sinf o‘qituvchisining sinf jamoasi boshqaruv jarayoni
Download 5 Mb.
|
2. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisining sinf jamoasi boshqaruv jarayoni.
Jamoa rivojlanishining dastlabki bosqichida bolalar tarqoq bo‘lib, ularda yakdil va sinf rahbari tayanishi mumkin bo‘lgan ta’sirchan faollar bo‘lmaydi. Shuning uchun bunday jamoada salbiy hodisalar ochiq muhokama qilinmaydi, mustaqil jamoa qarori qabul qilinmaydi. Agar jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichida bo‘lsa, nomigagina emas, balki pedagogning harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan haqiqiy harakat qiluvchi faollar bo‘lsa, uning ayrim o‘quvchilar va jamoa oldiga muayyan talablar qo‘yishni kuzatish mumkin. Jamoa rivojlanish darajasidan dalolat beradigan muhim belgilaridan biri – o‘quvchilarning birgalidagi faoliyatiga ishtiyoki chiqindi qog‘oz yoki metallom to‘plash, kechaga tayyorgarlik ko‘rish kabi maktab tajribasida muntazam uchrab turadigan ishlarda ko‘zga tashlanadi. Sinf rahbari jamoaning rivojlanish darajasini belgilash uchun bolalarda ularning hozirgi va bo‘lajak hayotlarida ijtimoiy ahamiyatga molik maqsadlari mavjudligini bilish muhim, ya’ni jamoaning xayotiy faoliyati istiqbollarini barcha yoki o‘arim o‘quvchilar qabul qilishni va bu istiqbollarning xususiyati qandayligini bilib olish zarur. Agar bo‘lajak shanbalik yoki bayram kechasi bolalar uchun faoliyatga undovchi ahamiyatli bo‘lsa, jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi haqida gapirish mumkin. Jamoaning rivojlanish darajasini aniqlashda o‘quvchilarning faqat sinfdan tashqari faoliyatida namoyon bo‘ladigan munosabatilarni taxlil etish bilangina cheklanib bo‘lmaydi. Sinf rahbari ishining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, u oddiy bolalar jamoasini emas, balki o‘quvchilar jamoasini shakllantiradi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelishida jamoa faoliyatining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, namuna bo‘lishi o‘z burchini aniq va ‘uxta bajarishi hamda o‘z mavqelarini suiste’mol qilmasliklari juda muhimdir. Bu o‘rinda A.S.Makarenkoning jamoa faoliga nisbatan «jamoa vijdoni» deba bergan ta’rifini eslab o‘tish joizdir. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsada, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoaning rivojlanishi bu bosqichda to‘xtab qolishi mumkin emas, Chunki faoliyat ko‘rsatayotgan kuch jamoaning bir qismigina xolos. Jamoaning rivojlanishi ushbu bosqichda to‘xtatib qolinsa, jamoa faolini sinfning boshqa a’zolari bilan qarama-qarshi qo‘yish havfi to‘g‘ilishi mumkin. Bu bosqichda jamoaning barcha a’zolarining faol faoliyatga o‘tishi zarur sanaladi. jamoada bir-biriga mehr – oqibat, muruvvat va sahiylik, do’stona hamkorlik mavjud bo’lsa, u katta tarbiyaviy kuchga aylanadi. Jamoa-kishilarning shunday muayyan sinfi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu sinf a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. XI asrdayoq Abu Ali ibn Sino o‘zining «Tadbiri manozil» nomli ilmiy asarining maxsus («Bolalarni maktabda o‘qitish va tarbiyalash») bo‘limida o‘quvchilarga jamoali o‘qitish haqida quyidagi tavsiyalarni beradi: agarda o‘quvchilar birgalikda o‘qisalar, ular zerikmaydilar, fanni o‘rganishga qiziqish kuchayadi; ularda bir-birlaridan ortda qolmaslik uchun o‘zaro musobaqalashish istagi rivojlanadi, ular bolaning o‘qishi yaxshilanishiga yordam beradi; o‘zaro suhbatlarda o‘quvchilar kitobdan o‘qish yoki kattalardan eshitgan qiziqarli ma`lumotlarni bir-birlariga aytib beradilar; bolalar birgalikda, o‘ig`ilganlarida bir-birilari bilan do‘stlashadilar va bir-birlarini hurmat qiladilar; ular faqatgina musobaqalashmaydilar, balki bir-birlariga o‘quv materiallarini o‘zlashtirishda yordam beradilar; bu bilan bolalar mag`rurlanadilar, bir-birlaridan yaxshi odatlarni o‘rganadilar11. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etilgan jamoa faoliyati natijasida jamoa a’zolari o‘rtasida ishchanlik, bir-biri uchun g‘amxo‘rlik, o‘zaro yordam, jamoa manfaati uchun javobgarlik hissi qaror topadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat xissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaginlashtiradi, jamoa mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoa bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida yaginlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruxiyi va xissiy jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilni bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzil deganda jamoa faoliyatining turli ko‘rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘ladigan tashkilot jihatlari ko‘zda tutiladi. Mazkur tuzilma bir tomondan jamoa a’zolari qo‘shilgan ishchanlik munosabatlarini ifoda etsa, ikkinchi tomondan rahbarlik vazifasini bajaruvchi tarbiyachilar hamda jamoa a’zolari o‘rtasidagi mavjud boshqarish munosabatlari mazmunini ifoda etadi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o‘rtasidagi shaxslararo ma’naviy psixologik munosabatlarining umumiy tizimi va mikro sinfni tashkil qiluvchi ayrim a’zolar o‘rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o‘rinni egallaydi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling