1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Maktab va sinf jamoasi integratsiyasining uzviyligi va uzluksizligi
Download 5 Mb.
|
3. Maktab va sinf jamoasi integratsiyasining uzviyligi va uzluksizligi.
Tarbiyalanuvchi shaxsning jamoadagi o‘rni uning shakllanish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo‘lganda, jamoaning rasmiy etakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko‘zga ko‘ringan o‘rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo‘la oladi. Norasmiy sinflar (ijrosinflar umumjamoa ijtimoiy manfaatlari uchun kurashuvchi sinflar bo‘lgandagina jamoa o‘z-o‘zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Yashash jo‘ylarida o‘zaro birikkan bolalar sinflari qanchalik ahil va inoq munosabat zaminidan tashkil topgan bo‘lmasin haqiqiy jamoa bo‘la olmaydi. Jamoa ijtimoiy ahamiyatga moyillik faoliyatini tashkil eta olishi, jamoa a’zolari o‘rtasida ijtimoiy ahamiyati faoliyat, maqsad, ishchanlik xarakteridagi aloqa va munosabatlarni o‘rnata olishi lozim. Jamoaning majburiylik belgisi unga pedagogikrahbarlikning bo‘lishidir. Shunday qilib, jamoa-kishilarning shunday muayyan sinfi bo‘lib, u ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan umumiy maqsadni amalga oshirish uchun yo‘naltirilgan faoliyatni tashkil etadi. Ushbu sinf a’zolari o‘zaro birlik, a’zolarning munosabatlar jarayonidagi tengligi asosida unga rahbarlik qilish va bir-biriga bo‘ysunishi, shuningdek, jamoa oldidagi javobgarligi asosida muayyan faoliyatni olib boradilar. Jamoa va uni shakllantirish pedagogik faoliyatining maqsadi hisoblanadi. Ayni ko‘rsatgich, uni shakllantirish vositasi bo‘lib, uning yordamida jamoaning barcha yoki har bir a’zosini tarbiyalar yaxshi samaralar beradi. Jamoa tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy sinflarni tutish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Pedagog bu sinflarni xususiyatlarini ularning yo‘nalishi, qiziqishlari, malakasini bilishlari hisobga olish va foydalanish kerak. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi.Jamoa faoliyatini tashkil etishda o‘qituvchilarning shaxslararo real mavjud bo‘lgan aloqalarni hisobga olish ikki xil maqsadga erishish: sinf a’zolarini jamoa hayotiga jalb qilish va ular o‘rtasiga muomalaga ta’sir ko‘rsatish imkonini beradi. Ilmiy tadqiqotlar shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi borasida quyidagi andozaning yaratilishini ta’minladi. Shaxs va jamoa
Jamoaning rivojlanishida tarbiya usullari; maktab jamoasi tarkibida eng barqaror bo‘g‘in – bu sinflar jamoalari sanaladi. Sinf jamoasida o‘quvchilarning asosiy faoliyati-o‘qishdir. Aynan sinf jamoasida o‘quvchilar o‘rtasida mustaham shaxslararo aloqa va munosabatlar tarkib topadi. Bu bilan sinf jamoasi o‘z negizida maktab jamoasining shakllanishi uchun o‘ziga xos ‘o‘ydevor vazifasini bajaradi O‘quvchilar jamoasi pedagog-tarbiyachilar hamda bolalardan iborat jamoaning murakkab birlashmasi, o‘z-o‘zini nazorat, o‘z-o‘zini boshqaruv jarayonini tashkil etuvchi mustaqil tizim, Shuningdek, o‘zining psixologik muhitiga, an’analariga ega sinf hisoblanadi. Demak, yuksak darajada uyushtirilgan jamoa o‘zida bir necha xususiyat (belgi)larni namoyon etadi. Ular quyidagilardir. Jamiyat o‘ziga xos xususiyatlari
Jamoani shakllantirish muayyan qonuniyatlarga bo‘ysunadigan uzoq muddatli, murakkab jarayondir. Jamoaning vujudga kelish uchun to‘rt bosqich zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarida dastlab, pedagog butun sinfga talab qo‘yadi, so‘ngra jamoa faollari jamoa a’zolariga talab qo‘yadi, so‘ngra butun jamoa alohida shaxsdan muayyan tarzda faoliyat olib borishi talab qilinadi va nihoyt, shaxs o‘z-o‘ziga talab quyidagicha bayon etish mumkin:
Jamoaning amaliy faoliyati mazmuni, jamoa a’zolarining jamoa oldidagi javobgarligi, ijodiy hamkorligi a’zolarning xulq-atvori, axloqiy darajasini ko‘rsatuvchi muhim belgilar sifatida namoyon bo‘ladi. Jamoaning shakllantirishda uning hayotini belgilovchi ichki jarayonining mohiytini inobatga olish zarur. Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, shunga qaramay pedagogiknuqtai - nazardan jamoaning shakllanishini bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasi rivojlanishi bosqichlarga ajratish muhimdir. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir ta’sir ko‘rsatish shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi. O‘rta Osiyo mutafakkirlaridan Farobiy, Abu Ali Ibn Sinolar ham inson tarbiyasiga ta’sir etadigan omillar ahamiyatiga e’tibor berib kelganlar. Farobiy inson kamolotiga ta’lim-tarbiyaning muhimligini ta’kidlab: «munosib inson» bo‘lishi uchun odamda ikki imkoniyat: ta’lim va tarbiya olish imkoniyati bor. Bola shaxsining rivojlanishiga, kamol topishiga irsiyat, muhit va tarbiya kabi omillar ta’siretadi. Bola shaxsining rivojlanishiga naslning ta’siri deganda, ota-onalarga o‘xshashlikni ifodalovchi biologik belgilarni takrorlanishini tushunmoq kerak. Har bir bolaga ota-onasidan meros shaklida ba’zi biologik sifatlarga (tananing tuzilishining, ko‘zning, terisining rangi, bo‘yi-basti va boshqalar) ega bo‘lgan holda dunyoga keladi. Bularning barchasi jismoniy xususiyatlarga kiradi. Bulardan tashqari oliy nerv faoliyatining xususiyatlari ham to‘g‘ma o‘tishi mumkin, bu esa fiziologik xususiyat hisoblanadi. Birgalikdagi faoliyat umumjamiyat ishi uchun ma’suliyat xissini uyg‘ota borib, jamoa a’zolarini bir-biriga yaqinlashtiradi, jamoa mansublik hissini paydo bo‘lishiga ko‘maklashadi, jamoaga bilan munosabatda bo‘lish ehtiyojini oshiradi. Jamoa a’zolari orasida o‘zaro yaginlik, hissiy birlik (bir-birini yoqtirish) yuzaga keladi. Ushbu munosabat ko‘pincha o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi hamda ular pedagogik ta’sir ko‘rsatish uchun qo‘l keladi. Ruxiy va hissiy jamoa a’zolarining birgalikdagi faoliyatini mazmuniga ular orasidagi hosil bo‘lgan ishchanlik faoliyatining xarakteriga bevosita bog‘liqdir. Jamoa tashkil etganda o‘quvchilar muhitida mavjud bo‘lgan haqiqiy sinflarni tuzish, bir-biriga va o‘zaro do‘stlashadigan bolalarni birlashtirish zarur. Jamoa ishni tashkil etishda va amalga oshirishda vazifalarni taqsimlash vaqtida mazkur xusiyatlarni hisobga olish ishining samarodorligini oshiradi. Qur’oni Karim bilan tanishar ekanmiz, “Ilm” so‘zi asosidagi “alima” (bilmoq) fe’l negiziga tayangan kalimalar turli hollarda 750 marta takrorlanganligi ilmiy tadqiqotlarda qayd etilgan bo‘lib, bu o‘zak faqat “Alloh”, “Rabb” (Parvardigor ma’nosida), “bo‘lmoq” va “gapirmoq” kabi eng ko‘p ishlatilgan o‘zak-so‘zlardan keyin beshinchi o‘rinda turar ekan. Rasullohga nozil bo‘lgan 5 oyat hozirgi Qur’oni Karim matni12 96-surasi (“Alaq”)ning birinchi oyatlari bo‘lib, shunday boshlanadi: “Iqra’ bi-ismi robbikal-lazi xalaq!” (“Yaratgan rabbing nomi bilan o‘qi!”). Oradan bir oyat o‘tib yana “o‘qi!” so‘zi qaytariladi: “Iqra’ va robbikal akram, allazi allama bil qalam. Allama-l-insona malam ya’lam” (“O‘qi! Sening o‘ta karamli parvardigoring qalam vositasi bilan ta’lim berdi. Insonga u bilmagan narsalarni o‘rgatdi”). Ilmga qiziqtirish borasida Alloh Qur’onda shunday deydi: «Aytgin, ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo‘la oladilarmi albatta bu haqda faqat aqlli kishilargina eslaydilar: (“Zumar” surasi, 9-oyat). Boshqa bir oyatda ilmli kishilar Allohning ho‘zurida boshqalardan ko‘ra yuqori darajada turishlari ochiq-oydin aytilgan: «Alloh taolo sizlardan imon keltirganlarni va ilmli bo‘lganlarning darajasini ko‘taradi» («Mujodala» surasi, 11-oyat). “Bolani maktabda o‘qitish va tarbiyalash”, (“Omizish va parvarish madrasa farzand”) bo‘limida ta’lim va tarbiya jarayonini ochib beradi. Yuqoridagi tamoyillar esa bolalarni yengil-elpi bilim olish emas, balki har tomonlama chuqur va mustahkam bilim olishiga yordam beradi. Ushbu asarni ibn Sino 1023 yilda Hamadonga yaqin bo‘lgan Faradjon qal’asi qamoqxonasida yozgan deyishadi. Ibn Sino bu asarida ilm – ma’rifatni o‘rganishga kirishishi natijasida ko‘zi ochilgani, uning natijasida Aql (Hay ibn Yaqzon) ko‘ziga ko‘ringani va ilm ham unga o‘z jamolini namoyon qilganini hikoya qilar ekan, ilm-aqlni o‘lim bilmaydigan uyg’oq, qarimaydigan, yosh, beli buqilmaydigan – barvasta, nuroniy sifatida tasvirlaydi. Demak, “Hay ibn Yaqzon” mantiq ilmiga bag’ishlangani bilan ham aqliy tarbiyada katta ahamiyatga ega. Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasini e’tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi Aristotel, shifokor, tabib Golenlar bilan teng qatorga qo‘ysa, A.Dante o‘zining “Ilohiy komediya”sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis faylasufi L.Feyirbax olimni “mashhur tabib va faylasuf”dir desa, Hindostonning buyuk davlat arbobi J.Neru o‘zining “Hindistonning ochilishi”degan asarida O‘rta Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta’kidlab: “Ulardan eng mashhuri (vrachlar) tabiblar podshohi” degan nomni olgan buxorolik Ibn Sino (Avitsenna) dir - deb hurmat bilan tilga oladi. Yuqoridagi masalalarga o‘zining “Tadbiri manozil” asarida ko‘rsatib o‘tilgan. Xulosa. Bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya etish zarurligini ta’kidlaydi: -bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; -olib boriladigan mashqlar bolalar yoshiga mos bo‘lishi; -o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish; -bilim berishda bolalarning mayli, qizikishi va qobiliyatini hisobga olish; -o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib borish. Bu talablar hozirgi davr ta’lim tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Boshlang’ich sinf o‘quvchilarini hamdo‘stlik, o‘zaro yordam, vatanparvarlik ruhida tarbiyalanishida sinf jamoasining muvafaqqiyati o‘ziga xos ahamiyatga ega. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling