Nazorat savollari:
1.Oila maktab hamkorlik integratsiyasi haqida qarashlaringiz?
2.Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan uyg’unligi.
3. Oilaviy tarbiyaning maqsad va vazifalari.
Asosiy adabiyotlar:
1. Mavlonova R., N.H.Vohidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010 yil.
2. Xoshimov K., S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T:. O‘qituvchi. 2010 yil.
3.Mavlonova R.A., Voxidоva N.X. Ijtimoiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma. T.Noshir. 2009 yil.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. SH. Mirziyoyev. Faol tadbirkorlik zamon talabi 12/29/2017.
2. Mavlonova R. Raxmonqulova N.Boshlang’ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya. G’.G’ulom nomidaginashriyot-manbaa ijodiy uyi.Toshkent-2013.
3. Mannobjonova Z.Oilada va maktabda kitobxonlik vositasida o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. “Boshlang’ich ta’limda ona tili, matematika o‘qitishning dolzarb muammolari” respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. Andijon-2020y.
Internet manbaalar:
1.www.tdpu.uz
2.www. lex.uz
3. www. bilim.uz
9 -MAVZU: MAKTAB VA SINF JAMOASI INTEGRATSIYASI.
Reja:
1. Sinf jamosini tashkil etishda integratsiyaning ahamiyati.
2. Boshlang’ich sinf o‘qituvchisining sinf jamoasi boshqaruv jarayoni.
3. Maktab va sinf jamoasi integratsiyasining uzviyligi va uzluksizligi.
Tayanch tushunchalar: sinf jamoasi, boshqaruv, jamoani tashkil etish, maktab, uzviylik, uzluksizlik, boshlang’ich sinf o‘qituvchisi, faoliyat.
1. Sinf jamosini tashkil etishda integratsiyaning ahamiyati.
Jamoa ijtimoiy jamiyatning bir qismi hisoblanadi, unda ijtimoiy hayot va kishilik munosabatlarining barcha me’yorlari o‘z ifodasini topadi.Jamoa jamiyatdagi mavjud munosabatlar tizimida namoyon bo‘lar ekan, jamoa va ijtimoiy jamiyat maqsadi, intilishida o‘zaro birlik, uzviy maqsadga muvofiq tashkil etiladi. Shu bois jamoa hayoining bir (yagona) maqsadga qaratilganligi va ijtimoiy-g’oyaviy yo‘nalganligi uning etakchi belgisi sanaladi.
Jamoa so‘zi lotincha «Kollektivus» so‘zining tarjimasi bo‘lib, yig’ilma, omma, birgalikdagi majlis, birlashma, sinf ma’nolarini anglatadi va jamoa bu kishilardan iborat sinf demakdir. Zamonaviy talqinda «Jamoa» tushunchasi ikki xil ma’noda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |