1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Bolalar tarbiyasida oila va maktab uzviyligini ta’minlash omillari


Download 5 Mb.
bet35/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57
2. Bolalar tarbiyasida oila va maktab uzviyligini ta’minlash omillari.
Jamiyatning jadal rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga kо‘rsatayotgan kо‘rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Mana shunday sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb – hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did, farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda.
Ta’lim to‘risidagi Qonuni 54-modda. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti. Yetim bolalarni va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni o‘qitish va ularning to‘liq ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
51-modda. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar ota-onasining hamda boshqa
qonuniy vakillarining huquq va majburiyatlari. Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning o‘qishi, tarbiyalanishi, jismoniy, ma’naviy va intellektual rivojlanishi uchun mas’uldir.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va ta’lim tashkilotlari voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarni tarbiyalashda, ularning jismoniy hamda ruhiy sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mustahkamlashda, shuningdek, individual qobiliyatlarini rivojlantirishda ularning ota-onasiga hamda boshqa qonuniy vakillariga ko‘maklashadi.
Voyaga yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari quyidagi huquqlarga ega: jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bo‘lgan bolalarga oilada ta’lim olish imkoniyatini berish; oilada ta’lim olayotgan bolaning fikrini inobatga olgan holda uning o‘qishini ta’limning har qanday bosqichida ta’lim tashkilotida davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
Ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, ta’lim tashkilotlariga xayriya yordami ko‘rsatish bo‘yicha takliflar kiritish; ta’lim tashkilotining ustavi va (yoki) boshqa ta’sis hujjati, litsenziyasi, davlat akkreditatsiyasi to‘g‘risidagi sertifikati, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, malaka talablari, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan tanishish;
Oilaviy tarbiyaning ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Masalan, bog‘chalarga bayram, faqat oilada о‘sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga borganlarida о‘z tengqurlari ichida kо‘p jihatlari bilan ajralib turadi.
Estetik, axloqiy va boshqa tarbiya sifatlari kundalik hayot ehtiyojga aylanib bormoqda. Tabiiyki, bunday sifatlarga, oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. Tо‘g‘ri, bunda ijtimoiy tarbiyaning о‘rnini inkor etib bо‘lmaydi. Ana shu nuqtai nazardan ularning monolit birligiga, о‘zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin.
Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muommalaridan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila о‘ziga xos ibtidoiy guruh bо‘lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.
Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yil davomida O‘zbekiston Respublikasi hududida 48 734 ta nikohdan ajralish holatlari qayd etilgan. Har ming nafar aholiga to‘g‘ri keladigan nikohdan ajralishlar soni – 1,4 promilleni tashkil etgan. Hududlar kesimida nikohdan ajralish holatlari soni: Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2067 ta, Andijon viloyati – 5019 ta, Buxoro viloyati – 2561 ta, Jizzax viloyati – 1728 ta, Qashqadaryo viloyati – 3472 ta, Navoiy viloyati – 1430 ta, 72 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 27-dekabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan uchrashuvdagi so‘zlagan nutqi. 256 Namangan viloyati – 4394 ta, Samarqand viloyati – 4907 ta, Surxondaryo viloyati – 2810 ta, Sirdaryo viloyati – 1764 ta, Toshkent viloyati – 5098 ta, Farg‘ona viloyati – 5445 ta, Xorazm viloyati – 2138 ta, Toshkent shahri – 5901 ta73 .
Masalan: aksariyat manbalarda uy xo‘jaligini yuritish, naslni davom ettirish, farzandlarni tarbiyalash hamda oila a’zolarining o‘zaro yordami kabilar hozirgi zamon oilasining muhim jihatlari sifatida ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, U.M.Sverdlov, V.A.Resensov, V.P.Klyuchnikov va boshqalar sotsiolog olimlar esa naslni davom ettirish, bolalarni tarbiyalash va uy xo‘jaligini yuritish oilaga xos asosiy jihatlar ekanligiga urg‘u berib o‘tadi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling