1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Fanlarni o‘qitishda bo‘limlar, mavzular integratsiyasi


Download 5 Mb.
bet31/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57
2.Fanlarni o‘qitishda bo‘limlar, mavzular integratsiyasi.
Ta’lim tizimini zamonaviylashtirish, fanlarni o‘qitishda bo‘limlar, mavzular integratsiyasi katta ahmiyat kasb etmoqda. Bu esa o‘qituvchidan ilmiy, amaliy, metodik jihatdan yangi pedagogik va axborot-informatsion texnologiyalarni jadal o‘zlashtirish hisobiga muntazam boyitib borishi zarurligini bildiradi. Shuningdek, mamlakatimizda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining faoliyatini yangi pedagogik va axborot-informatsion texnologiyalar asosida modernizatsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Boshlang‘ich sinf darsliklari yangi avlodlarining tobora takomillashib borayotgani o‘quv darsliklari o‘quvchilarni yanada faol bilimlarini, tasavvurlarini , dunyoqarashini o‘stirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflar yangi pedagogik va axborot texnologiyalar eng ko‘p va faol tatbiq etilayotgan ta’lim bosqichidir. Zamonaviy multimediyali pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan dars:
ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi;
o‘quvchilarning mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi;
o‘quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni kuchaytiradi;
bilimlarni mustahkam va mustaqil o‘zlashtirishni;
ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko‘nikma va malakalarini hosil qiladi.
“Innovatsion- intellectual bellashuv” texnologiyasida yangi pedagogik va axborot texnologiyalarining o‘rni alohida ahamiyatga ega.
Ona tili fanidan yuqori sinflar uchun innovatsion ochiq darsining umumiy xarakteristikasi: darsning umumiy tashkiliy tavsifi, dars o‘tuvchi o‘qituvchi, dars shakli, fan(bo‘lim), yangi mavzu, o‘tilgan mavzu, dars o‘tiladigan bosqich, sinf, guruh, darsning turi, metodi va usullar (“innovatsion intellectual bellashuv”), dars jihozlari (doska, bo‘r, video proyektor, sodda multimediyali taqdimot, ko‘rgazmali vositalar, tanlangan mavzuga oid turli so‘zlar, stullar(darsga maxsus taklif etilganlar va bevosita ishtirok etuvchilar uchun), hakamlar sinf o‘quvchilari yoki ushbu sinfning bilimdon o‘quvchilari haqida aniq ma’lumotlar beriladi, darsning shiori, mavzuga oid maqsadlari e’lon qilinadi.
Misol uchun: Darsning shiori: A’lo o‘qish burchimiz, Sarf etamiz kuchimiz. O‘quvchi hamda ostoz, Hamkor bo‘lsa, qanday soz.
Darsning maqsadlari:
Ta’limiy maqsad:
o‘quvchilarning ongida ularning o‘zini faollashtirgan holda so‘z va uning turlari, so‘zshunoslik haqida ilmiy-amaliy tushuncha hosil qilishga erishish. Tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni so‘zning ma’no qirralarini aniqlashga qiziqtirish, ularning ona tilimizning lug‘at boyligiga muhabbatini yanada kuchaytirish, o‘zaro hurmat, birlik-birdamlik hislarini shakllantirish.
Rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z va uning ma’no-vazifalari haqidagi tushuncha-larini chuqurlashtirish, so‘z zahirasini boyitish, mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqiy ko‘nikmasini rivojlantirish, dunyoqarashini 80 kengaytirish. Darsning joriy tashkiliy tavsifi: (Darsning borishi)
Tashkiliy qism: darsning boshlanishi, tashkillashtirish, davomatni aniqlash,jurnalga qayd etish, dars mavzusi, uni tashkil qilish shartlari, tartibi, hakamlar bilan bog‘liq jihatlar haqida ma’lumot: (5 daqiqa) So‘ng fan o‘qituvchisi tomonidan diqqat darsga qaratilib, o‘quvchilar yordamida o‘tgan dars mavzusi eslanadi va uyga berilgan vazifani so‘rash darsi o‘tkaziladi.
Javob bergan o‘quvchilar rag‘batlantirilib, o‘tgan mavzuga qisqacha tavsif beriladi (10 daqiqa) O‘tgan mavzuni so‘rash darsi tugagach, dars beruvchi o‘qituvchi yangi mavzu “ So‘z va uning ma’nosi, ma’no turlari”ni e’lon qilib, hammaning e’tiborini buyuk so‘zshunos Alisher Navoiy (uning portretiga) qaratib, uning dunyoda tengi yo‘q lug‘at yaratgani va u “Devonu lug‘atit –turk” deb atalishini, ushbu dars inson hayotida muhim rol o‘ynovchi so‘zlar va uning ma’nosi, ma’no turlariga bag‘ishlanishini va u “ Intellectual bellashuv” deb nomlangan innovatsion-interfaol usulda olib borilishini, har bir guruh yangi mavzuni o‘z dars ishlanmalari asosida yoritib berishlarini, ularga buning uchun 15 daqiqa vaqt berilishini, guruhlar chiqishlari hakamlar tomonidan 10 ballik tizimda baholab borilishini va natijalarga qarab, g‘olib guruh aniqlanishini, unga va bellashuvda alohida faollik ko‘rsatgan o‘quvchilarga fan bo‘yicha 6 ball, 2-o‘rinni egallagan guruh a’zolariga 4 ball, 3-o‘rinni egallagan guruhga 2 ball miqdoridagi qo‘shimcha reyting bali berilishini alohida ta’kidlab, guruhlar o‘z chiqishlarini raqamlarining o‘sib borish tartibida amalga oshirishlarini aytadi va ularni o‘z chiqishlarini namoyish qilishga taklif qiladi. (5 daqiqa) guruhlar chiqishi amalga oshiriladi (45 daqiqa) guruhlar chiqishi tugagach, hakamlarga so‘z beriladi.
Hakamlar raisi guruhlar yiqqan ballarni e’lon qiladi. (5 daqiqa) Hakamlar e’lon qilgan natijalar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan guruh g‘alaba bilan qutlanadi, guruh a’zolarining barchasi 6 ball miqdoridagi qo‘shimcha ballga ega bo‘lishgani tantanali suratda e’lon qilinib, rag‘batlantiriladi. Boshqa guruhlarga ham me’zonga ko‘ra ballar berilib, faollar rag‘batlantiriladi.(5 daqiqa) Hakamlar orasida so‘zlovchilar bo‘lsa, unga so‘z beriladi. U bellashuvda eng faol qatnashgan uch talabaga (har bir guruhdan bitta talabaga) rag‘batlantiruvchi yorlig‘ni sovg‘a qilishi mumkin.
(5 daqiqa) rag‘batlantirish tugagach, o‘qituvchi ochiq darsiga yakun yasaydi. Mavzuning asosiy nuqtalarini to‘xtaladi va darsni mustahkamlaydi. Yuga vazifa va mustaqil topshiriqlar beradi.(5 daqiqa).
Bugungi kunda ushbu pedagogik muammoni ijobiy hal etishning ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan yo‘li darslarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida, axborot-kommunikatsion texnologiyalar vositasida o‘tish bo‘lib turibdi.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling