1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Download 5 Mb.
bet29/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57
Innovatsion o‘qitish – 1) yangicha o‘qitish tizimi, 2) o‘quvchi va talabalarni yangi kiritilgan texnologiyalar asosida o‘qitish jarayoni (algoritmlash, loyihali, modulli).
Innovatsion muhit – pedagogik yangilikning vujudga kelishi, ularning jadal o‘zlashtirilishi va amaliyotga tatbiq etilishi.
Innovatsion pedagogik loyiha – qabul qilingan va qismlarga ajratilgan innovatsion pedagogik g’oya, fikrlar majmuidir.
Innovatsion pedagogik reja – tasdiqlangan innovatsion o‘quv loyihasi.
Innovatsion pedagogik g’oya – tizimlashtirilgan pedagogik g’oyalar. O‘quv jarayoni bashorat etilishi, ma’lumotlar to‘plami.
Innovatsion ta’lim – 1) ta’lim sohasiga kiritilgan va kiritilayotgan yangiliklar; 2) yangilangan yangi texnologiyalar asosida tashkil etilgan ta’lim jarayoni.
Innovatsion ta’lim muassasasi – yangi tipdagi ta’lim muassasalari: akademik litseylar, maktabgacha ta’lim kompleksi, shaxsiy maktabgacha ta’lim muassasalari, ixtisoslashgan sinf va maktablar, gimnaziya, turli yo‘nalishli, predmetlari chuqur o‘rgatiladigan maktablar va x.k.
Innovatsion texnologiya – pedagogik taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy faollik jarayoni (faollik, didaktik o‘yinlar, evristik, kreativ, muammoli, loyihashtirilgan, AKT texnologiyalari).
Interaktiv o‘qitish jarayoni an’anaviy (doska yonidagi) o‘qitishdan farqli o‘laroq bir qancha metodololik qirralar ustunligiga ega. Bu avvalom bor, ishtirokchilarning o‘yin qoidalarini ishlab chiquvchi muallim va bir - biri bilan faol, emotsional tusdagi munosabatlariga asoslanadi.
Muallimning interaktiv o‘qitish jarayonida ishning samarasi bir qancha shartlarga bog’liq:Birinchi - o‘quvchi imkoniyatlarining berilgan texnologik (o‘yin, trening, mashq) maqsad va vazifalariga mutonosibligi. Tanlangan texnologiyaning maqsadiga qarab muallim u yoki bu vazifani bajaradi tashkilotchi-sardor, kommunikator yoki kelishmovchiliklarni bartaraf qiluvchi, fasilitator.
Ikkinchi - guruh ishtirokidagi o‘zaro munosabatlarni hal etishdagi muallimning professional tajribasi. Buning uchun u dialog hamda mulhtilog, Ya’ni turkumlashgan professional tajribasi. Buning uchun u diolog hamda mulg’tilog, Ya’ni turkumlashgan dialog sanhatini egalagan bo‘lishi zarur. Diolog ko‘rinishidagi muloqat psixologiyada ahamiyatli hisoblanadi, chunki anhanaviy "subhekt-obyekt" munosabadiga zid ravishda "subhekt-subyekt" munosabatlarini ifodalaydi.
Interaktiv o‘qitish samarasining uchunchi sharti mualimning shaxsiy yo‘nalishi bilan bog’liq.
-------------------------------------------------------------------
Kulaxmetova M.P. Sirdaryo v.pedagogika markazi. MBMTM kafedrasi o‘qituvchisi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligini oshirish yo‘llari” “1-sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatish usullari”.

Ba’zan yangi texnologiyaning ishtiyoq ishtirok bilan olgan muallim keyinchalik, birinchi aprobatsiyadan so‘ng, undan voz kechishi mumkun.


Rahbar va mutaxassislar, shuningdek, o‘yin qoidalarini ishlab chiqaruvchi muallimlarning malaka oshirish va qayta tayyorlash amaliyotida quyidagi o‘quv natijalarining ro‘yhati keng tarqagan. Bularni o‘quv maqsadi sifatida belgilash mumkun: tanishish (dissovery); fanning ma’lum sohasiga tegishli asosiy tushunchalar va vazifalar bilan tanishish asosiy mazmunni o‘zlashtirish (literasy): asosiy tushunchalar va vazifalarni tariflab berishga layoqatlilik; uddalomoq (fiterasy): asosiy tushunchalar va vazifalarni faninig sohasiga samarali tatbiq etish; to‘liq egallash-mohirlik (mastery): fanga tegishli asosiy tushunchalar va vazifalarini samarali qo‘llash hamda o‘zgalarga bu masalada yordam berish
Bundan tashqari muhim kreativ munosabat va uning natijalari namunalari tarkib topgan bo‘lishi kerak. Biz tekshirishlarimizda o‘qituvchi faoliyatidagi mikromuhit bir qator ko‘rsatkichlari uyg’unligini taklif etdik, munosabat past darajadagi reglamentligi, kreativ munosabatning namunalari ko‘rsatilishi va informatsion boyligi - pedagogning innovatsion munosabatiga belgilovchi ta’sir ko‘rsatadi. Bu texnologik darajada ham ifoda bo‘ladi.
Tekshirishlar kurs(Pedagogika universiteti boshlang’ich ta’lim pedagogakasi va metodikasi fakultetining 149 talabasi ishtirokida o‘tkazildi. Bu guruhga umumiy tayyorgarlik talabalari va pedagogik kollej bitiruvchilaridan tashkil etalib, ikki 23 kishilik guruhlar tajriba guruhlari bilan taqqoslash uchun tuzildi. A) Talabalar kreativlik darajasi uch ko‘rsatkich bilan hisobga olindi; ma’suldorli, ijodiy yo‘nalganlik sabablari, refleksivlik, kreativlik diagnostikasi amaliyot hamda turdagi to‘shiriqlari natijalari va jarayonida olib borildi. Ishlab chiqilgan yangiliklar kreativ qimmatligi ularni quyidagi turlardan biriga taalluqligi bilan belgilanadi.
1. Maktabni yanada rivojlanishiga turtki bo‘luvchi ko‘pgina yechimlarni ko‘zda tutilgan muammolarni qo‘yish.
2. O‘ziga hos, ilgarilariga o‘xshamagan, kutilmagan yechimlar.
3. Echish ma’lum bo‘lgan kontseptsiyalarni yoki pedagogik yondoshishlarni davom ettirish «mavzuni variatsiya qilish»ni ko‘zda tutadi.
Tajribaning boshlanishi, o‘rtasi va oxirida biz talabalar innovatsion munosabatlari va kreativlik darajasini, o‘rtacha ko‘rsatkichlar ifodalarini baholadik.



Kreativlik boshlang’ich darajadagi talabalarda kreativlik yuzaga kelishi dinamikasi turlari (% da) reativlik boshlang’ich darajasi

1

2

3

Ilgarigi tenglikni tiklash

Yangi mustahkamlikka
ega bo‘lish

Dinamika
ning yo‘qligi

yuqori

33

59

8

o‘rta

49

20

3

Past

27

15

48


Pedagog innovatsion faoliyati davomida bajaradigan vazifalarining o‘ziga xosligi:
Interfaol mashg‘ulotlar o‘ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo‘lib, uni tashkil qilish va olib borish bo‘yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo‘yicha alohida vazifalar shaklida nomlar berilgan. Bunda bir mashg‘ulot jarayonida shu mashg‘ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu turli vazifalarni bajarishi ko‘zda tutiladi. Shu bilan birga bir mashg‘ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda olib borishi ham qo‘llaniladi.
Ular bajaradigan vazifalariga ko‘ra quyidagicha nomlanadilar:
1.Moderator – ta’lim mazmunini yaratish, modullarini ishlab chiqish.
2.Trener–o‘quvchilarning ko‘nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar o‘tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan mutaxassis.
3.Tyutor–masofadan o‘qitish dasturlarini yaratish va bajarilishini ta’minlash.
4.Fasilitator–darsda ko‘makchi, yo‘naltiruvchi, jarayonga javob bermaydi, xulosa chiqarmaydi.
5.Mentor–ustoz, o‘rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).
6.Kuch–ta’lim oluvchilarning to‘liq o‘zlashtirishlari uchun yordam ko‘rsatuvchi re’etitor, instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg‘ulotni, ish jarayonini nazorat qiluvchi, kuzatuvchi. (Kouching-imtihonlarga yoki sport bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rish).
7.Konsultant–maslahat berish, tushuntirish, qo‘shimcha ma’lumot berish.
8.Lektor–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.
9.Ekspert – kuzatish, taxlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza bildirish.
10.Innovator–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg‘ulotlar jarayoniga joriy qilish.
11.Kommunikator–o‘zaro muloqotlarning sifati va samaradorligini oshirish, takomillashtirish.
12.O‘qituvchi–mashg‘ulot mavzusi bo‘yicha mazmunni tushuntirish, o‘quv jarayoniga rahbarlik.
13.Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish.
14.Metodist-ta’lim-tarbiya metodlari bo‘yicha mutaxassis. Dasturlarni ishlab chiqishda va amalga oshirish jarayonida metodik masalalarni hal etib boradi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki yosh avlod bilimini baholashda xalqaro baxolash dasturlarini amaliyotda qo‘llash bilan birga milliy baholash tizimini yanada takomillashtirishga eʼtibor qaratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuningdek, pedagogning o‘zining qadrli mehnati bilan mahoratli o‘qituvchiga aylanadi.



Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling