1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja


Download 5 Mb.
bet27/57
Sana12.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1700897
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
Nazorat savollari:
1.Boshlang’ich sinflarda qanday fanlarni intgratsiya qilish mumkin?
2. Integratsiyalashgan darslarni olib boorishda o‘qituvchu mahorati va kreativligi?
3. Sinfda innovatsion muhitni qanday yaratish mumkin?
Asosiy adabiyotlar:
1. Mavlonova R., N.H.Vohidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010 yil.
2. Xoshimov K., S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T:. O‘qituvchi. 2010 yil.
3. Mavlonova R.A., Voxidоva N.X. Ijtimoiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma. T.Noshir. 2009 yil.
Qo‘shimcha adabiyotlar:
1. Mavlonova R. Raxmonqulova N.Boshlang’ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya. G’.G’ulom nomidaginashriyot-manbaa ijodiy uyi.Toshkent-2013.
2.Komilova F.M Boshlang’ich ta’lim medagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. Hayot nashri - 2020. Andijon-2022
3.Farmonov O‘.,Axmadaliyev B. Tarbiyaviy ish metodikasi.Book trade.Toshk. 2022
Internet manbalari:
1. www. lex.uz
2. www. bilim.uz
6 -MAVZU: BOSHLANG’ICH MAKTABDA INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIMDAN FOYDALANISH.
Reja:
1. Integratsiyalashgan dasturlar, zamonaviy darslarni o‘tkazishda integratsiya.
2. O‘qituvchilarda darsga ichki tayyorgarlikni ta’minlash.
3. Boshlang’ich sinf o‘qituvchining pedagogik mahoratini o‘stirish.
Tayanch tushunchalar: Integratsiyalashgan dasturlar, zamonaviy dars, ichki ruhiy tayyorgarlik, tashkil eyish, muvaffaqiyat, samaradorlikni oshirish


1.Integratsiyalashgan dasturlar, zamonaviy darslarni
o‘tkazishda integratsiya.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022-yil 11-may PF134-sonli Farmoniga ko‘ra xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturning asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Bu hujjat asosida ona tili va o‘qish savodxonligi masalasi ham dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
Respublikamiz ta’lim tizimini mazmunan yangilash, innovatsion ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini orttirishni talab etadi va quyidagi vazifalarni amalga oshirish zaruratini keltirib chiqaradi:
Xalqaro baholash dasturlari PIRLS TIMSS va PISA talablari asosida o‘qish, o‘zbek tili va adabiyoti, matematika va tabiiy o‘quv fanlari bo‘yicha o‘quv va nostandart adaptiv topshiriqlarini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil ish daftarlarini bosma shaklda va modulli o‘qitish tizimiga asoslangan elektron variantini tayyorlash axborot texnologiyalari vositasida baholash mexanizmini ishlab chiqish. Pedagog kadrlar tomonidan o‘zining kasbiy kompetentligini mustaqil nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash imkonini beradigan kvalimetrik diagnostika topshiriqlaridan iborat metodik va elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish zarur.
Zamonaviy darslarni tashkil etishda avvalo ta’lim kampusi, pedagogning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi innovatsion muhit o‘ziga xos ahamiyatga ega. Quyida yosuv va xusnihat darslariga qisqacha to‘xtalamiz.
Yozuv tufayli kishi fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Yozuvga o‘rgatish jismoniy va aqliy mehnat talab etadigan murakkab jarayon bo‘lib, u o‘qituvchilar zimmasiga qator mas’uliyat yuklaydi.Bu jarayon o‘quvchining xarakteriga, kayfiy genik imkoniyatiga bog‘liq bo‘lgan psixolingistik jarayon sanaladi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Husnixat (chiroyli yozuv) -chiroyli yozish sanʼatidir. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi orqali ularda aniq, chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalarni amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini o‘qitish usullarini yozuviga o‘rgatishning gigiyenik shartlarini, o‘quvchilarning yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur.
1- 4-sinf o‘quvchilarini chiroyli yozishga o‘rgatish uchun o‘qtuvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilarni chiroyli yozishga o‘rgata olishi kerak. Husnixat va uni o‘rgatish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga o‘rgatish bilan bir qatorda o‘qitish, tarbiyalash vazifalarini bajaradi. Birinchidan husnixat bilan yozish o‘quvchilardan mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Husnixat darslariga qo‘yiladigan gigienik talablarga ko‘ra maktab jihozi o‘quvchining bo‘yiga mos kelishi lozim. Jihozning o‘quvchining bo‘yiga to‘g‘ri kelmasligi umurtqa pog‘onasining qiyshayishiga va uzoqni ko‘ra olmaslik kasalligiga olib keladi.
Kuzatishlarning natiijasiga ko‘ra o‘quvchi bir - biridan bo‘yi - bo‘yicha 10 sm ko‘p bo‘lmagan holda farqlansa, ularni bir xil o‘lchamdagi maktab jihoziga o‘tkazish mumkin. Jihozni bolaning yoshiga mos holda tanlab olish uchun o‘quv yilining boshida uning bo‘yini o‘lchash va bo‘yiga mos maktab jihoziga o‘tqazish kerak. Bo‘yni 0.5 smgacha aniq va to‘g‘ri o‘lchash lozim.
Sinf o‘quvchi yozuv taxtasiga yozilishi lozim bo‘lgan kattalikdagi yozuv belgilarini ko‘ra olishi mumkin bo‘lgan yorug‘lik bilan ta’minlanishi lozim. 1.Yozish jarayonida yozayotgan o‘quvchi oyoqlari oyoq kaftlari polga yoki stol (parta)ning oyoq qo‘ygichiga tegib turishi lozim.
2. Gavdaning ko‘krak qismi stoldan 5 sm uzoqlikda turishi kerak.
3. Erkin holda o‘qish uchun bosh stolga ozgina egilgan holatda bo‘ladi. Ruchkaning uchidan ko‘zgacha bo‘lgan masofa 25-30 sm bo‘ladi. Bundan tashqari boshni yozuv jarayonida to‘g‘ri tutiladi.
4. Ikkala qo‘1 stol ustida to‘g‘ri burchak ostida bir-biriga qaratilgan holda turish, yozayotganda tirsak stolning ustida va bir ozgina stolning chetiga chiqib turishi lozim.
5. Yozishga o‘rgatishning ilk bosqichida ruchkani to‘g‘ ri ushlash qoidasi o‘rgatiladi, malaka hosil qilinadi. Tezda charchab qolmaslik uchun ruchkani qattiq siqmaslik kerak.
6. Daftar o‘quvchining ko‘kragining to‘g‘risida o‘rtada, uning o‘ng burchagi chapidan yuqori bo‘lishi kerak: harflarning shtrixi ruchkani ushlab turgan barmoqlarning bukilishi va ochilishi yordamida yoziladi, qator old yelkaning va kaftning yordamida, kaft jimjiloqqa va nomsiz barmoqlarga tayaninb chapdan va o‘ngga qarab harakatlanadi.
Xalqaro dasturlarda ishtirok etish yosh avlodning intelektual salohiyatini qay darajada rivojlanayotganini aniqlash, shu orqali natija va samaradorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olishga imkoniyat yaratsa milliy baholash tizimining yanada takomillashtirish xalqaro baholash tasturlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash bilan birga ularning kreativligini va kompitentligini va o‘z navbatida taʼlim sifatini yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Hozirgi davr taʼlimi va global taraqqiyot bilimlar universalligini ham talab etmoqda.

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling