1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Download 5 Mb.
|
Kreativlik (ing. “create” –yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi gʻoyalarini ishlabchiqarishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyat. “Kreativ fikrlash” - oʻz maqsadlarga erishish yoʻlida yangiliklarga qoʻl urish, noodatiy qarorlar qabul qilish, ixtirochilik koʻnikmalarini oʻrgatish.
Oʻquvchilarda kreativlikni rivojlantirish ta’lim mazmunini oʻzlashtirishda oʻquvchilarning bilim saviyasi, oʻzlashtirish darajasi, ta’lim manbai, didaktik vazifalariga qarab, munosib ravishda oʻqitish jarayonini tashkil etishni talab qiladi. Bunda: - oʻquvchilarda kreativ faoliyatni egallash mayllarini qaror toptirish, bilish ehtiyojlarini shakllantirish va ta’lim jarayonida mustaqillikni namoyon qilish muhitni ta’minlash; - oʻquvchilar ijodiy fikrlashi uchun qulay imkoniyat yaratilib, ular bayon qilgan turlituman fikrlar va gʻoyalarni bagʻrikengliklik bilan qabul qilish hamda ularning oʻquv jarayonidagi faolligini ta’minlash, har bir oʻquvchida uning ijodiy fikrlashga qodirligi haqidagi ishonchni qaror toptirish, ularning ijodiy faolliklarini muntazam ragʻbatlantirish; - oʻquv jarayonini oʻquvchi shaxsining xususiyatlari, ehtiyojlari va intelektual salohiyatidan kelib chiqqan holda individuallashtirish; oʻquvchilarga individual, kichik guruhlar va jamoada ishlash koʻnikmalarini shakllantirish, ularning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni muammolarni hal qilishda tayyor, standarst yechimlar bilan birga nostandart yechimlar qabul qilishga undashdan iborat. Ta’limiy o‘yinlar bolalarni ham aqliy, ham jismoniy jihatdan rivojlantirish bilan birga ularni qiziqib o‘zlashtirishlariga, ma’naviy barkamol bo‘lishlarida ahamiyatlidir. «Harfni esda saqlash» o‘yini Bu o‘yinning asosiy maqsadi o‘quvchilarni tovushlarni to‘g‘ri talaffuz etish, esda saqlab qolishga o‘rgatish hisoblanadi. O‘qituvchi o‘yinning o‘tkazilishi haqida tushuncha beradi va u oldingi darslarda o‘rganilgan “O”, “A”, “D”, “F” harflari ishtirok etgan rasmli kartochkalarni tarqatadi. O‘zida esa “O”, “A”, “D”, “F”, harflari yozilgan kartochkalarni olib qoladi. O‘quvchilarga olcha, olma, ot, anor, ari, archa, ayiq, delfin, daraxt, fil, fontan rasmlari tasvirlangan kartochkalar tarqatiladi. O‘qituvchi stolga “O” harfli kartochkani qo‘yadi va o‘quvchilar shu harfga mos rasmli kartochkani harf yoniga qo‘yadilar va rasm nomini xor bo‘lib aytib o‘yinni shu tarzda davom etiradilar hamda o‘yin keyingi darslarda yangi o‘tilgan harflar bilan o‘tkaziladi. O‘yinga yetti-sakkiz minut vaqt ketadi va boshqa turli variantlarda ham o‘tkazilishi mumkin, shungngdek, o‘yin orqali o‘quvchilar harflarni xotirasida yaxshi saqlab qoladi. O‘yinning boshqacha varianti o‘qituvchi o‘quvchilarga istalgan harfni, masalan, “A” va “O” harflarini ko‘rsatadi. O‘quvchilarga unli harfga bog‘lanadigan bo‘g‘in topib so‘zlar tuzdiriladi. Bu ishlar og‘zaki yoki yozma bajarilishi mumkin. Xulosa. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganidek bugun biz “Mustaqil oʻylay oladigan tafakkur yuritib toʻgʻri ma’qul va maqbul ish tuta oladigan vatanparvar shaxslarni shakillantirish va tarbiyalash kerak". Oʻqituvchilar kreativ fikrlash koʻnikmalarni shakllantirishda motivatsion, texnologik va refleksiv yondashuvlar oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling