1 mavzu: tarbiya jarayoniga innovatsoin yondashuv. Reja
Download 5 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qo‘shimcha adabiyotlar
- Internet manbaalar: 1.www.tdpu.uz 2.www. lex.uz 3. www. bilim.uz 8 - MAVZU: MAKTAB VA OILA INTEGRATSIYASI
- Tayanch turlari
- Prezidentimiz Sh. Mirziyaev
Nazorat savollari:
1. Boshlang’ich sinflarda turdosh fanlar integratsiyasi haqida fikrlaringiz? 2. “Innovatsion- intellectual bellashuv” texnologiyasi haqida fikrlaringiz. 3. Boshlang’ich sinf darslarida mavzular integratsiyasining ahamiyati. Asosiy adabiyotlar: 1. Mavlonova R., N.H.Vohidova, N.Raxmonqulova. Pedagogika nazariyasi va tarixi. Darslik T:. Fan va texnologiyalar. 2010 yil. 2. Xoshimov K., S.Ochilov. O‘zbek pedagogikasi antologiyasi. O‘quv qo‘llanma. T:. O‘qituvchi. 2010 yil. 3.Mavlonova R.A., Voxidоva N.X. Ijtimoiy pedagogika.O‘quv qo‘llanma. T.Noshir. 2009yil. Qo‘shimcha adabiyotlar: 1. Mavlonova R. Raxmonqulova N. Boshlang’ich ta’limda pedagogika, innovatsiya, integratsiya. G’.G’ulom nomidaginashriyot-manbaa ijodiy uyi.Toshkent-2013. 2.A.A.Axrorov."Maqollarda umumyashirin ma’noning namoyon bo‘lish omil, vosita va usullari."Ta’lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. 3.4 (2023).163b. 3.Bоshlang‘ich ta’lim bo‘yicha Yangi tahrirdagi o‘quv dasturi // Boshlang‘ich ta’lim. Toshkent, 2005.- 5-son, 21-33-betlar. Internet manbaalar: 1.www.tdpu.uz 2.www. lex.uz 3. www. bilim.uz 8 - MAVZU: MAKTAB VA OILA INTEGRATSIYASI Reja: 1. Maktab va oila integratsiyasining maqsad va vazifalari. 2. Bolalartarbiyasida oila va maktab uzviyligini ta’minlash omillari. 3. Maktab va oila integratsiyasi va uning natijalari. Tayanch turlari: maktab, bolalar, oila va maktab, omillar, natija, uzviylik, ta’lim va tarbiya, ota-onalar, oila integratsiyasi. 1. Maktab va oila integratsiyasining maqsad va vazifalari. Kishilik jamyatinining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti tarixidan bilamizki, bola shaxsining tarbiyasi oilada shakllanadi. Oila - jamiyat hayotining kichik bir debochasi bo‘lib, har tomonlama sog‘lom, barkamol avlodni voyaga yetkazish uchun ma’sul bo‘lgan g‘oyat muhim tarbiya o‘chog‘dir. Mamlakatimizda bolalar tо‘g‘risida, onalar haqida g‘amhо‘rlik qilish chinakam davlat ahamiyatiga molik ishdir ma’lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda о‘qish davrida ham, asosan oilada tarbiyalanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta’sir kо‘rsatishi tabiiy holdir. Oila a’zolarining ma’naviy birligi yoshlarni har tomonlama kamol toptirishning dastlabki va asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz Sh. Mirziyaev bu borada shunday deydi: “Har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir. Chunki insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila bag‘rida shakllanadi. O‘zbek oilashunos olimlaridan X.K.Karimov (1994), R.A.Samarov (1997), M.A.Utepbergenov (1999), R.X. Dushanov (2006), T.B.Norimbetov (2008) juftliklar o‘rtasidagi nizolar, ularning yuzaga kelish sabablari, nizoning tashabbuskori va nizoni bartaraf etuvchi omillar, o‘zbek, tojik, kirg‘iz, qoraqalpoq, qozoq oilalaridagi nizoning hissiy xarakteristikasi, er-xotinning o‘zaro psixofiziologik, etnopsixologik va hududiy xususiyatlari, tafovutlanishi o‘rganilgan. Bolaning harakterini, tabiat va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar – yaxshilik va ezgulik, oliyjanoblik va me’hr-oqibat, or-nomus va andisha kabi muqaddas tushunchalarning poydevori oila sharoitida qaror topishi tabiiydir”10 Amaliyotda kuzatganimizdek bolada otaonasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh -urug‘lariga bо‘lgan hissiyotlari shakllanadi. Bolaning otasiga bо‘lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qо‘yishda asos bо‘ladi. Chunki ota-onalarni hozirgi zamon ruhiy, ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy-tarbiyani yо‘lga qо‘yib bо‘lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy targ‘ibotda eng yaxshi oilalar namunasida ta’sir kо‘rsatish eng maqbul yо‘ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi ham mana shundadir. Birinchidan: bola tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligining о‘zi murakkab jarayon bо‘lib, bunda muammolardan tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindosh- urug‘lar turli mehnat jamoalarining vakillari bо‘lib, ishlab chiqarish va yoru dо‘stlarining ma’naviy hayotlaridagi omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, san’atga, oilaviy majburiyatlarga bо‘lgan munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida tarbiya topayotganbolalar boshqa ota-onalarning kо‘chada, jamoat joylaridagi – hayot faoliyatlariga qarab о‘z otaonalariga baho beradilar. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling