87. Tamizli so`zi qaysi qatordagi so`zlar bilan sinonimlikka kirishadi?
A) fahmli, idrokli
B) xursand, shod
S) chaqqon, chaprost
D) chiroyli, go`zal
88. Tarixiy voqealarni, hodisalarni real tasvirlashda ishlatiladigan til hodisasi....
A) faol so`zlar
B) umumxalq so`zlari
S) arxaik so`zlar
D) sinonimlar
89. Quyidagi sinonimik qatordan qaysi biri o`z qatlamga tegishli? Ko`k-osmon-samo
A) Ko`k-osmon-samo
B) samo
S) ko`k-samo
D) ko`k
90. Sheva so`zlar qaysi uslubda nisbatan ko`p qo`llanadi?
A) so`zlashuv uslubda
B) so`zlashuv, badiiy uslubda
S) rasmiy uslubda
D) badiiy uslubda
91. Sheva so`z qo`llangan qatorni toping.
A) Qarachi, tomiga shoti yetarmikan?
B) Bunday keyin qozon-tovoqqa o`zing qarash
S) Yosh xotinlar qolinlarga gul solar edi
D) A,B,S
92. Salbiy bo`yoqdor so`z berilgan qatorni ko`rsating?
A) tasqara
B) xunuk
S) ishyoqmas
D)aft
93. Xafa so`zining antonimi bilan sinonimlikka kirishadigan iborasini toping.
A) yog` tushsa yalagudek
B) tishi o`tmaydi
S) bahri ochildi
D) kapalagi uchdi
94. Kampaniya-kompaniya juftligi qanday hodisa
A) paronimlik
B) variant so`z
S) dublet so`z
D) orfoepiya bilan bog`liq hodisa
95. Fuzuliyni oldim qo`limga. (H.O) Ma’no ko`chishining qaysi turi mavjud?
A) kinoya
B) sinekdoxa
S) metafora
D) metonimiya
96. Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko`rmadi (O). Ma’no ko`chishning qaysi turi mavjud?
A) metanomiya
B) sinekdoxa
S) metafora
D) ma’no ko`chish yo`q
97. Singramoq so`zining sinonimik qatorini toping.
A) yig`lamoq, siqtamoq
B) kulmoq, jilmaymoq
S) ketmoq, jo`namoq
D) kelmoq, tashrif buyurmoq
Do'stlaringiz bilan baham: |