1-mavzu. Traktor va avtomobillarning tasnifi va asosiy qismlari. Ichki yonuv dvigatellari. Dvigatel mexanizm va tizimlari


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/12
Sana01.10.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1690407
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
1-мавзу,Traktor va avtomobillarning rivojlanish tarixi. Traktor va avtomobillarning tasnifi, asosiy qismlari

yonuv dvigatellari qo‘llaniladi.
Transmissiya- dvigatelning tirsakli valida hosil bo‘lgan burovchi momentni 
traktorning yurish qismiga o‘tkazib beradi. U quyidagi mexanizmlardan: ilashish 
muftasi, uzatmalar qutisi, bosh uzatma, differensial, yarim o‘qlar va oxirgi 
uzatgichdan iborat.
Yurish qismi – oxirgi uzatmadagi aylanma harakatni traktorning chiziqli
harakatiga aylantirib beradi. Buning tarkibi - g‘ildirakli traktorda asos, etakchi va 
etaklanuvchi g‘ildiraklar; zanjirli traktorlarda esa rama, etaklovchi yulduzcha, zanjir, 
osma, tayanch va yo‘naltiruvchi g‘ildirakchalardan iborat.
Boshqarish mexanizmi – traktorning yurish qismiga ta’sir etib, traktorning 
harakat yo‘nalishini o‘zgartirish, to‘xtatish va harakatsiz ushlab turish uchun xizmat 
qiladi. Bunga g‘ildirakli traktorlarda rul chambaragi, o‘ng va chap tormozlar, zanjirli 
traktorlarda planetar yoki friksion mexanizm, o‘ng va chap tormozlar kiradi.
Traktorning ishchi jihozlariga gidravlik osma tizim, tirkash qurilmasi, 
quvvat olish vali kiradi. 
Yordamchi jihozlarga o‘rindiq, yoritish, ogohlantirish, isitish, havoni 
almashtirish va boshqa jihozlar kiradi.
G‘ildirakli traktorlar zanjirli traktorlarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega:
yengil boshqariladi, harakatchan, transport holatidagi tezligi yuqori (50 
km/soatgacha), universal (barcha ishlarda qo‘llash mumkin), yurish mexanizmi sodda 
va hokazo. Ammo bu traktorlarni kamchiligi namligi yuqori bo‘lgan va haydalgan 
tuproqlarda ishlatish samaradorligi past, chunki uning g‘ildiraklarini tuproq bilan 
ilashish yuzasi kichik bo‘lganligi sababli shataksirashi (buksovanie) natijasida tortish 
sifati keskin kamayadi. Shu bilan birga tuproqni zichlashi zanjirli traktorga nisbatan 
yuqori.
Zanjirli traktorlarda yurish qismini zanjir ko‘rinishida yasalganligi tufayli 
uning yer bilan ilashish yuzasi katta bo‘lishi hisobiga tuproqni kam zichlaydi, uning 
tortish sifati yuqori bo‘lib, ulardan haydalgan maydonlarda tuproqqa ishlov berishda 
foydalanish yuqori samara beradi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling