1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet55/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

SD = s / h * 100%
Bu yera SD – samaradorlik darajasi;
s – samara miqdori;
h – harajatlar miqdori.
Savdo sohasi bo‘yicha samaradorlik ma’lum doiradagi ko‘rsatkichlar yordamida aniqlansa, chakana, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlari bo‘yicha o‘ziga xos doiradagi ko‘rsatkichlar vositasida aniqlanadi. Ammo mavjud moddiy, pul resurslaridan unumli va oqilona foydalanish boshqarishning barcha darajasiga tegishli vazifadir.
Ishlab chiqarilgan mahsulotni o‘z vaqtida haridorga yetkazib sotish, ishlab chiqarishning uzluksizligini ta’minlash, mollarning aylanish tezligini oshirish, haridorga madaniy xizmat ko‘rsatib, iste’mol harajatlarini pasaytirish, o‘sib borayotgan to‘lovga qodir talabning hajmi va tarkibini eng oz ijtimoiy zaruriy harajatlar yordamida qondirsh savdo sohasining mamlakat iqtisodiyoti samaradorligi mezoni bo‘lib hisoblanadi.
Chakana savdo korxonasi darajasida samaradorlikni ifodalashda xo‘jalik, faoliyati ko‘rsatkichlari – daromad va muomala harajatlarining darajasi, mol zahiralari va aylanma kapitalning aylanish tezligi va shu kabi qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Mo‘ljallangan rejalarning bajarilib, raqobat kurashida chiniqib borishi, aholiga servis xizmatini ko‘rsatish, zarur mollarning doimiy mavjudligiga erishish, daromadlilik, foydalilikni o‘stirishi, tejamliliknn kuchaytirishi savdo korxonasi faoliyatiga baho beruvchi bosh mezon hisoblanadi.
Tovar oborot aholi talabi qondirilishini va ta’minotni yaxshilashni ifodalovchi muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Chakana savdoda tovar oboroti qanchalik tez o‘sib borsa, bu aholi harid quvvatining oborotta shunchalik ko‘proq jalb etilayotganini, uning talabi qondirilayotganini, mamlakat pul muomalasiga ijobiy ta’sir etayotganini ifodalaydi. Bular savdoning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi o‘sganidan dalolat beradi.
Savdoda mol aylanishini tezlashtirish ham tarmoq samaradorligiga kuchli ta’sir etuvchi omildir. Mollarning savdoda saqlanish muddati qanchalik kamaysa, ularni qayta ishlab chiqarish jarayoniga ketadigan vaqt shunchalik oz talab etiladi. Mol aylanishini tezlashtirish uning saqlanish harajatini, buzilishini, nobudgarchiligini kamaytiradi, davr, moda talabidan orqada qolishdan saqlaydi, kamroq aylanma mablag‘ evaziga ko‘proq tovar oborotiga erishishga va bankka kredit uchun to‘lanadigan mablag‘ning kamayishiga olib keladi.
Savdo moddiy-texnika bazasining ahvoli va undan foydalanish ham savdo samaradorligi uchun juda muhimdir. Savdo maydonining har bir kvadrat metridan unumli foydalanish nafaqat tovar oborotini tezlashtirishga, balki haridor vaqtini qisqartirishga ham imkon yaratadi. Mavjud bazadan unumli foydalanish yangi qurilishga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi. Ayniqsa, savdoning ilg‘or va haridorga qulay usullaridan keng foydalanish benixoya muhimdir. Umumiy ovqatlanish tarmog‘ida xo‘randalar uchun joylarni ko‘paytirish, ularning har biriga to‘g‘ri keladigan tovar oborotini hamda mavjud texnologik jihozlar, mexanizmlarning foydali ish koeffitsiyentini oshirish tarmoq samaradorligini yuksaltiradi.
Savdoning mehnat resurslaridan oqilona foydalanishi tarmoq samaradorligiga o‘z tasirini o‘tkazadi. Mehnatga haq to‘lashni xodimlar faoliyatining pirovard natijalari bilan uzviy bog‘lash, mehnat unumdorlitini oshirshga xizmat qiluvchi tadbirlarni hayotga tadbiq etish, tashabbus va yaratuvchanlikni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlash, ilg‘orlarni rag‘batlantirish, inson omili rolini kuchaytirish savdo tarmog‘i samaradorligini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarish imkonini beradi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling