1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Tovar aylanishi, asosiy fondlardan foydalanish
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
11.3. Tovar aylanishi, asosiy fondlardan foydalanishChakana savdo korxonasi chakana tovar oborotining iqtisodiy jihatdan asoslangan rejasiga erishish uchun o‘tgan davr tovar oborotini, undagi o‘zgarishlarni har tomonlama chuqur tahlil etish zarur, chunki iqtisodiy tahlil rejalashtirishning tarkibiy qismi hisoblanadi. Rejaning bajarilishini tahlil qilish uning to‘g‘ri tuzilganiga, iqtisodiy asoslanganligiga baho berishda muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, tovar oborotini o‘stirishning, aholiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilashning ichki imkoniyatlarini topishga ko‘maklashadi. Tahlil qilish davomida tovar oborot hajmi, tarkibi, mol bilan ta’minlanish holati sinchiklab o‘rganiladi, uning rivojlanish yo‘nalishlari topiladi. Chakana tovar oborotiga kelib tushgan mollarning hajmi va tarkibi, ularning iste’molchn talabiga mos kelishi, aholi harid fondi va boshqa ko‘plab omillar ta’sir etadi. Tahlil qilishda buxgalteriya va statistik ma’lumotlardan foydalaniladi. Chakana tovar oborotining yillik umumiy hajmi tahlil qilinadi. Bunda rejaning bajarilishi, uning o‘tgan yildagidan farqi aniqlanadi. Tovar oboroti dinamikasini tahlil qilishda bir necha yillar hisobga olinadi. Tovar oboroti dinamikasining o‘zi ma’lum o‘zgarish (o‘sish yoki pasayish) yo‘nalishini keltirib chiqaradi. Kelgusi davr tovar oborotining o‘sish sur’atini belgilashda bir necha yillar mobaynidagi tovar oborotining o‘rtacha yillik o‘sish sur’atini aniqlash muhim ahamiyatga ega. Chakana tovar oborotiga yil davomida ta’sir etgan muhim ko‘rsatkichlar qatorida tovar oboroti balansining boshqa elementlari ham bor. Chakana tovar oboroti balansi quyidagi ko‘rinishga ega: M3b + KT = TO + TK + MZo Bu yerda, M36 – davr boshidagi mol zahirasi; KT – davr davomida kelib tushadigan mollar; TO - tovar oboroti; K – mollarning tabiiy kamayishi, nobudgarchiliklar, o‘z-o‘ziga xizmat qilish do‘konlaridagi yo‘qotish; MZo – davr ohiridagi mol zahirasi. Ushbu balans yordamida qaysi elementlar ta’sirida chakana tovar oboroti o‘zgarishini aniqlaymiz: Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling