1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


-rasm. Korxonaning logistik muhiti tuzilishi


Download 0.93 Mb.
bet60/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

1.3.1-rasm. Korxonaning logistik muhiti tuzilishi
Biz tomonimizdan taklif etilayotgan marketing logistikasi tuzilmasi harid, taqsimot va distributsiya jarayonlari nuqtai nazaridan shartli ravishda 3 ta qismga ajratildi.
Harid bloki tovar harakatini tashkil qilish bilan bog‘liq quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
– bozor konyunkturasini tadqiq asosida tovarolarni kelgusida tijorat maqsadlarida harid qilish;
– harid qilingan tovarlarni sotish uchun tayyorlash;
– tovar zahiralarini samarali boshqarish maqsadidad omborlarga joylashtirish;
– shartnomaviy munosabatlar asosida tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish;
– tijorat vositachilariga savdo xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish.
Taqsimot bloki tovarlarni taqsimot kanallari bo‘ylab taqsimlashni o‘z ichiga olgan holda quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
– tovarlarni korporativ savdo tuzilmalari o‘rtasida samarali taqsimlashni amalga oshirish;
– sotuvchilarni, savdo vositachilarini rag‘batlantirishning samarali tizimlarii qo‘llash;
– tovarlar oqimini tashkil qilishning bozor mexanizmlarini takomillashtirish;
– tovar oqimini tashkil qilishning ma’muriy mexanizmlari (trasfertlar, shartnomaviy hajm, miqdorni belgilash, buyurtmalarning optimal hajmini aniqlash)ni takomillashtirish.
Uchinchi blok distributsiya bloki bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ichki va tashqi bozorlarda faoliyat ko‘rsatuvchi moliyaviy va savdo servisi tuzilmalarini ham o‘z ichiga oladi.
Marketing logistikasining ushbu tuzilmasi strategik jihatdan muhim hisoblanib, muayyan korxona misolida qarab chiqilganda uning bozordagi mavqei, tovar harakatini boshqarish vosita va usullarini, samarali sotish kanallari soni va sig‘imini aniq ifodalash imkonini beradi. Shuningdek korxonalar mazkur tuzilma asosida tovar tarqatish kanalarinning samaradorligini baholashi, ularga samarali ta’sir ko‘rsatishi va ulgurji savdo faoliyatining logistik marketing strategiyasini ishlab chiqishda foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Marketing logistikasi tuzilmasinining birinchi blokida ulgurji savdo korxonasi bir tomondan oraliq vositachi, ikkinchi tomondan yakuniy iste’molchi vazifasini ham bajaradi. Yakuniy iste’molchi sifatida korxona marketing logistikasini boshqarish imkoniyati faoliyatning samaradorligini baholash bilan chetlanishi mumkin. Buning uchun korxona sotishning ilg‘or usullaridan foydalanish, bozor konyunkturasini tadqiq qilishi yoki ta’minotichlarni tanlashi mumkin. Shuningdek korxona harid blokida taqsimot jarayoniga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatishi, bu jarayonda buyurtmalarning optimal hajmini belgilash orqali ham foydani oshirishi mumkin bo‘ladi.
Ikkinchi blok, ya’ni taqsimot blokida korxona muayyan mahsulot yoki tovar turi bo‘yicha irik ta’minotchi vazifasini bajaradi va o‘z mahsulotlarining ulgurji savdosini tashkil qiladi. Ushbu blokda taqsimot kanallarining aksariyati korxona tomonidan nazorat qilinadi. Natijada korxonaning logistik imkoniyatlari kengayibsotishni boshqarishda zamonaviy marketing usul va vositalarini keng qo‘llashi mumkin bo‘ladi.
Agarda korxonaning mavqei distributsiya blokiga taalluqli bo‘lsa, muayyan tovar distributsiyasini amalga oshirgan holda buyurtmalarning optimal hajmini aniqlash, ombor tizimini tashkil qilish, ta’minot tizimini tashkil qilish bilan bog‘liq vazifalarni amalga oshiradi. Ushbu blokda korxona tovar harakatini tashkil qilish bilan bog‘liq shartnomaviy munosabatlarga asosiy urg‘u beradi.
Shunday qilib korxonaning logistik muhitdagi holati tovar harakatini tashkil qilishdagi ishtirokini kengaytiradi, shuningdek qo‘yilgan marketing maqsadlarini amalga oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga tovar harakatini tashkil qilish strategiyasi tovarlar oqimini samarali boshqarish, optimal hajm va qiymat uyg‘unligiga erishishga yordam beradi.
Tovar harakatini tashkil qilishning zamonaviy usullari, savdo tendensiyalari tovar harakati tizimida hayotiylik davrining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Tovarning hayotiylik davri bosqichlariga bog‘liq holda marketing va logistik qarorlarning ham o‘zgarib borishi muhim ahamiyatga ega. Buni quyidagi 12.1-jadval orqali ko‘rishimiz mumkin.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling