1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
-jadval Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida hal qilinadigan boshqaruv qarorlarining tasniflanishi
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
12.1-jadval
Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida hal qilinadigan boshqaruv qarorlarining tasniflanishi
Tovarlarning hayotiylik davri mobaynida marketing va logistik qarorlar qabul qilishning 1.3.1-jadvalda keltirilgan tasnifi kelgusida tovar harakatini samarali tashkil qilish imkonini beradi. Yuqoridagilarga asoslangan holda tovar harakatini tashkil qilishda taqsimot tizimini rejalashtirish, tovar harakati bilan bog‘liq barcha jarayonlarni to‘laligicha qamrab olish imkonini beruvchi hamda kon’yunktura o‘zgarishlariga moslashuvchan taqsimot modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda ishlab chiqilayotgan model tovar harakatining barcha bosqichlarini qamrab olishiga, taqsimot jarayoni bilan bog‘liq har bir operatsiyalarning aniq ifodalanishiga hamda tovar harakatini samarali rejalashtirish imkonini berishi lozim. Tovar harakati konsepsiyasini ishlab chiqish quyidagi uchta bosqichdan iborat bo‘ladi: Birinchi bosqich: – korxonaning sotish strategiyasidan kelib chiqqan holda tovar harakati strategiyasini belgilab olish; – tovar harakati strategiyasini ishlab chiqish; – korxonada logistika strategiyasini shakllantirish. Bunda korxonaning tovar harakati strategiyasini, resurslarning cheklanganlik, xo‘jalik yuritishning o‘ziga xos jihatlari, marketing tadqiqotlari yo‘nalishi (iste’molchilar ehtiyojlarini o‘rganish, raqobatchilarni tahlil qilish, bozorning bo‘sh turgan nishalarini o‘zlashtirish va shu kabilar)ni hisobga olgan holda ishlab chiqishladi; – tovar-moddiy resurlar harakatini samarali tashkil etish; Ikkinchi bosqich operativ rejalashtirish bosqichi bo‘lib: – haridni rejalashtirish. bunda ta’minotchilarni tanlash, hamkorlik shartlarini kelishish, shartnomaviy munosabatlarning huquqiy asoslarini takomilashtirish ko‘zda tutiladi; – ombor xo‘jaligi faoliyatini rejalashtirish va yaxshilash (saqlash, qayta ishlash, sovutish, ombor xodimlari mehnatini tashkil etish va haq to‘lash); – tovarlarni iste’molchilarga yetkazib berish va ularning talab istaklaridan kelib chiqqan holda qo‘shimcha logistik xizmatlarni taklif qilish va ko‘rsatish. Uchinchi bosqich: nazorat – xo‘jaliklararo munosabatlar va ta’minotchilar bilan aloqalarni saarali tashkil qilish, tovar harakati bilan bog‘liq sarflarni kamaytirish; – ombor xo‘jaligi faoliyatiini tashkil qilish va zahiralarni optimal boshqarish; – iste’molchilar ehtiyojlarini yuqori darajada qondirish maqsadida mumkin bo‘lgan eng kam sarflar asosida tovar harakatini tashkil qilish. Tovar-moddiy resurslar harakatini samarali tashkil qilish taqsimot kanallarining eng maqbul soni va sig‘imini belgilash va unga tuzatishlar kiritish imkonini beradi (12.2-rasm). Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling