1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Chakana savdoda foyda, daromad, harajat miqdori va darajasini aniqlash
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
11.2. Chakana savdoda foyda, daromad, harajat miqdori va darajasini aniqlashBozor iqtisodiyoti sharoitida har bir chakana savdo korxonasi o‘z faoliyatining foydali yakuniga erishishga intiladi, chunki biznesdan maqsad aynan shundan iborat. Foydaga ega bo‘lish nafaqat savdo korxonasi va uning jamoasiga, balki butun jamiyatga manfaatlidir. Foydali yakunga ega bo‘lgan korxona hozirgi kunda foydasining bir qismini soliq va majburiy to‘lovlar ko‘rinishida byudjetga o‘tkazadi, ya’ni davlatga moliyaviy daromad keltiradi. Korxona o‘zining iqtisodiy rivojlanish va ijtimoiy himoya masalalarini erishgan foydasi hisobiga hal etadi. Binobarin korxonaning foydali ishlashi davlat hamda korxona jamoasi uchun zarurdir. Shuni bilish kerakki, foydaning o‘sishi bilan har doim ham rentabellik o‘savermasligi mumkin. Masalan, o‘tgan yilda korxona jami tovar oboroti 200 mln. so‘m, foydasi 20 mln so‘m va rentabelligi 10 foizga teng edi, joriy yilda foyda 12 foizga oshib, 22,4 mln. so‘mni tashkil etdi, tovar oborot esa 19 foizga o‘sib, 238 mln. so‘mga yetdi, natijada rentabellik oborotga nisbatan 9,41 foizni tashkil etdi va o‘tgan yildagidan 0,59 foizga pasaydi. Shuning uchun korxona oldidagi muhim vazifalardan biri rentabellikni o‘stirishga erishishdir. Korxona retabelligi ko‘plab omillar ta’sirida o‘zgaradi. Bog‘liqlik korrelyatsion aloqasi eng kuchli omillarga korxona yalpi daromadn va muomala harajatlari kiradi. Daromadlarning foyda bilan aloqasi to‘g‘ri aloqadir, harajatlar bilan aloqasi esa teskaridir. To‘g‘ri aloqada bo‘lgan daromadlar qanchalik oshsa (harajatlar o‘zgarmagan holda), foyda shunchalik oshadi va aksincha. Shu kabn daromadlar o‘zgarmas qolgan taqdirda harajatlar qanchalik pasaysa, foyda shunchalik oshadi va aksincha. Bu o‘z navbatida foydani, rentabellikni o‘stirishning ichki imkoniyatlarini topishni aynan shu ikki ko‘rsatkichdan izlash lozimligini ko‘rsatadi. Korxona yalpi daromadini oshiruvchi eng muhim element mollar narhi ustiga qo‘yiladigan ustamadir. Mol sotilishi bilan bu savdo ustamasi korxona daromadini tashkil ztadi. Demak, mol sotilmasa daromad kelib tushmaydi. Molning aholi talabiga mos kelishi, yuqori daromadli bo‘lishi juda muhimdir. Mollar aylanishini tezlashtirish ko‘proq mol sotilishini va bu o‘z navbatida daromadning oshishini ta’minlaydi. Ayniqsa ustamaning aholi talabi va taklif o‘rtasidagi nisbatiga, bozor konionkturasiga muvofiq boshqarilishi o‘z vaqtida katta daromadlar keltirishm mumkin. Korxona rentabelligiga muomala harajatlari, ayniqsa ayrim harajat moddalaridagi o‘zgarishlari ta’siri sezilarlidir. Hozirgi vaqtda tejamkorlik, iqtisod qoidasiga rioya qilish zaruratini har bir korxona har bir daqiqada sezib turadi. Korxona rentabelligiga ta’sir qiluvchi ko‘plab boshqa omillarning ta’sir kuchi muomala harajatlari orqali o‘tadi. Jumladan, mehnat unumdorligini oshirish, mavjud moddiy, pul resurslaridan oqilona foydalanish va boshqalar. Mehnat unumdorligini oshirish natijasida ham ish kuchi bilan ko‘proq tovar oborotiga erishiladi, ya’ni har bir so‘m ish haqiga to‘g‘ri keladigan tovar oboroti oshadi, haq to‘lash harajatlari tejalishi orqali foyda o‘stiriladi. Mol aylanishini tezlashtirish harajatlarni tejashga katta ulush qo‘shadi. Mol aylanishining tezlashishi natijasida oz aylanma mablag‘lari bilan ko‘proq tovar oboroti oshadi, ya’ni bank krediti yoki u, aylanma mablag‘ini pul jalb etmasdan, bu boradagi harajatlarni tejab, ko‘proq mol sotiladi. Bu bilan birga mol aylanishining tezlashishi mollarning eskirishi, buzilishi, yo‘qotilishi, moda talabidan ortda qolishi hollaridan asraydi, pul o‘z vaqtida oborotga qaytadi. Mavjud moddiy boyliklardan – asosiy vositalardan, jihozlardan unumli foydalanish ularga ketgan va ketadigan harajatlarning qaytimini o‘stiradi. Asosiy fondlardan qanchalik unumli foydalanilsa, shunchalik har bir vositaning keltiradigan tovar oboroti oshadi, amortizatsiya normasi, ta’mirlash harajatlari samarali bo‘ladi. Madaniy savdo xizmatini ko‘rsatish darajasi haridorlarni o‘ziga jalb etish masalalarida, tovar oborotini o‘stirishda muhim ahamiyatga egadir. Servis xizmatini ko‘tarishga intilish korxona harajatlarini oshiradi, ammo unga nisbatan tovar oborotining o‘sishi tezroq va keltiradigan daromadi yuqoriroq bo‘ladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling