1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet51/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Bazis shartlar. Yetkazishning bazis shartlari tovarni yetkazib beruvchidan haridorgacha tashish harajatlari usul turlarini belgilaydi. Bu harajatlar quyidagi to‘lov turlarini:

  • tovarlarni yuklab jo‘natishga tayyorlash;

  • tovarlarni tegishli transport turiga yuklash;

  • tovarlarni jo‘natish joyidan asosiy tashuvchi vositalar (port, temiryo‘l stansiyasi)ga tashib keltirish;

  • tovarlarni xalqaro transportda tashish;

  • tovarlarni sug‘g‘urta qildirish;

  • tovarlarni belgilangan punktda tushirish;

  • bojxona bojlari va boshqa to‘lovlar turlarini qamrab oladi.

Ko‘rinib turibdiki, harajatlar ro‘yxati kattagina. Shunga ko‘ra transport sarflari qiymati ham kam emas. Ba’zida u tovar bahosining 50 foizini tashkil etadi. Ishovidan tushovi qimmat deb shuni aytgan bo‘lsalar kerak. Aytilganlardan qanday xulosalar chiqarish mumkin?
Birinchisi – transport harajatlari kontrakt tuzishda savdo mavzusi bo‘lishi kerak;
Ikkinchisi – kontrakt tuzilayotgan firma mamlakatidagi harajatlar tarkibini va tijorat praktikasidagi savdo odatlarini bilish kerak.
Kontraktning keyingi bo‘limi bahodir. u tuzilayotgan bitimda markaziy o‘rinni egallaydi. Chunki sheriklar bahoga kelishmasalar bitimning o‘zi ham bo‘lmaydi.
«Baho» bo‘limiga: bahoni o‘lchash birligi, baho valyutasi, uni qayd etish usuli va darajasi kiritiladi.
O‘lchov birligi – miqdorining yoki og‘irlik (brutto, netto) bo‘lib, unga tara va qadoq qiymati kiritiladi yoki kiritilmaydi.
Baho valyutasi eksport yoki import qiluvchi yoki uchinchi mamlakat valyutasi bo‘yicha belgilanadi.
Bahoni qayd etish usuli. Baho kontraktni tuzish vaqtiga u amalda bo‘ladigan butun muddatga yoki ijro etish muddatiga belgilanishi mumkin. Shunga ko‘ra: o‘zgarmas baho (kontraktda «baho qat’iy, o‘zgartirilishi mumkin emas» deb yoziladi), ko‘chadigan baho – kontrakt ijrosi vaqtidagi kon’yunkturaga ko‘ra o‘zgaradi, o‘zgaruvchan baho – tayyorlash uzoq bo‘lgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi va kontrakt ijrosi vaqtida belgilanadigan baholar baholar fraqlanadi.
Kontragentlar xuddi shunday tovarlarning o‘rtacha baholaridan hisoblanadigan baholar ma’lumotnomalari, yirik firmalar taklif etadigan baholarga amal qiladilar. Ammo shuni nazarda tutish kerakki, e’lon qilinayotgan baholar jiddiy o‘zgarishlarga duch kelishi mumkin, chunki xalqaro savdoda xilma-xil skidkalar (20 turga yaqin) dan foydalaniladi. Ulardan eng ko‘p tarqalganlari narxnomalar yoki ma’lumotnoma baholaridan umumiy 20-30 foiz, ba’zan 40 foiz skidka, oborot uchun kelishuvga ko‘ra belgilanadigan oborot skidkasi va u oborotning 15-20 foizini tashkil etishi mumkin, vositachilarga beriladigan dilerlik skidkasi, haridor uchun yashirin skidka, bepul xizmatlar ko‘rsatish, tovarlar namunalarini berish orqali amalga oshiriladi va shu kabilar.
To‘lovlar to‘g‘risidagi bo‘limda: to‘lov valyutasi, to‘lov muddati, to‘lov usuli va hisob-kitob shakli, shuningdek valyuta tavakkalini kamaytirishga aloqador qaydlar ko‘rsatiladi. Valyuta to‘g‘risida yuqorida aytildi, muddatlarni kontragentlar belgilaydilar. To‘lovning asosiy usullari: naqd to‘lash, oldindan to‘lash va kredit to‘lash.
Tovarlarni qabul qilish – topshirish tartibi. Kontraktning bu qismida sotuvchining tovarni yuklab jo‘natishga tayyorligi, shuningdek yuklab jo‘natish sanasi to‘g‘risidagi haridorga xabar berish majburiyati nazarda tutiladi. Tovarni topshirish va qabul qilish bir aktdir. Kontraktda uning quyidagi qismlari belgilanadi: tara turi, tovarni topshirish – qabul qilish joyi va muddati, uni topshirish qabul qilish kim tomonidan amalga oshirilishi qayd etiladi.
Ko‘pgina tovarlar muvofiq keluvchi qadoqni talab qiladi. Kontraktda srtqi upakovka – tara (yashik, qop va shu kabilar) va tovardan ajratilmaydigan ichki upakovka ko‘rsatiladi.
Tekshiruv – qabul o‘rnini tomonlar kelishib belgilaydilar. Bu sotuvchi ombori yoki haridor ombori bo‘lishi mumkin.
Topshirish muddatlari to‘g‘risida. Tovarlarning miqdoriy qabulini haridor ularni olgan zahoti amalga oshirilishi kerak. Tovarlarni sifatiga ko‘ra tekshirish uchun ma’lum muddat beriladi.
Tovarlarni miqdori va sifatiga ko‘ra qabul qilishda ikki usul: tanlab va yalpisiga tekshirib qabul qilish usulidan foydalaniladi. Yalpisiga qabulda tovarning butun to‘pi tekshiriladi.
Tovarning topshiruv qabulini kim tomonidan amalga oshirilishi kontraktda albatta tilga olinadi.
Qabul – topshiruvni tomonlar (sotuvchi va oluvchilar) yoki tayinlangan manfaatdor bo‘lmagan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
Kafolat va jarimalar (e’tirozlar) to‘g‘risidagi shartlar. Kafolatlar to‘g‘risidagi shartlar, odatda mashina va uskunalarni harid qilish kontraktlarida qayd etiladi. Yetkazib berish shartlariga oid jarima va e’tirozlar barcha kontraktlar mavzusi bo‘lishi kerak.
Kontrakt matnida e’tirozlarni taqdim etish tartibi, e’tirozlar berilishi mumkin bo‘lgan muddat, ularni hal etishga doir tomonlarning huquq va majburiyatlari, ularni hal etish usullari belgilanadi.
E’tirozlar yozma tartibda berilishi va unda tovar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, e’tiroz uchun asoslashlar, haridorning uni hal etishga doir aniq talablari bayon etilishi kerak.
E’tirozlar isbotlovchi hujjatlar (ekspertiza aktlari, spesifikatsiyalar sifat to‘g‘risidagi sertifikatlar va shu kabilar) ilova qilingan buyurtma xat bilan yuboriladi. E’tiroz bildirilgan sana tarzida xatni jo‘natishdagi joyidagi pochta shtampidagi sana qabul qilinadi. E’tirozning taqdim etilishi tovarlarning qabulini to‘xtatish uchun asos bo‘la olmaydi. Sotuvchiga haridor da’volarining to‘g‘riligini joyida tekshirish huquqi beriladi.
E’tirozni olgan sotuvchi uni ko‘rib chiqishi va o‘z qarorini kontraktda belgilangan muddatda xabar qilishi shart. Agarda bunday qilinmasa, da’vo qilingan hisoblanadi.
Da’volar hakamlik sudi, uni qaytarish, almashtirish yoki nuqsonlarini bartaraf etish orqali hal etilishi mumkin. Tabiiyki, bularning harajatlari sotuvchi hisobiga bo‘ladi.
Arbitraj. Kontraktda o‘zaro kelishuv asosida hal etish mumkin emas deb taxmin qilinadigan bahslarni hal etish tartibi ko‘rsatiladi. Odatda bunday hakamlik sud-arbitrajga murojaat etish nazarda tutiladi. Ishlarni arbitrajga topshirish tartibi va muddatlari hamda tomonlar harakatining qoidalari kontraktda ko‘rsatiladi, jumladan, haridorning to‘lovlarni to‘xtatishga haqli emasligi, navbatdagi tovar to‘pini qabul qilishni rad etmasligi, sotuvchi esa arbitraj chiqargan hukmni ijro etishga majburligi kontraktda qayd etiladi.
Bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuchlar ta’siri tufayli sodir bo‘ladigan holatlar to‘g‘risida. Bu o‘rinda gap tabiiy ofat, avariya yoki boshqa hodisalar to‘g‘risida boradi. Ularni fors-major holatlari deyiladi. Kontraktda qanday holatlar fors-majorga kiritilishi aniqlanadi, bunda ularning sonini oshirishga harakat qilinadi, chunki bunday holatlarning sodir bo‘lishi shartnoma ijrosini kechiktirish yoki uni to‘xtatish imkonini beradi. Fors-major holatlar ta’sirining davomiyligi ma’lum muddatlar bilan cheklanadi.
Bu holat qaysi tomondan sodir bo‘lgan bo‘lsa, o‘z sherigini bu haqda darhol xabardor qilish, shuningdek ularning to‘xtatilganligini xabar berib, bu dalilga guvohlik beruvchi tashkilotni ko‘rsatishi lozim. Odatda bunday ma’lumotlarni savdo palatalari beradilar.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling