1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Takrorlash uchun savollar


Download 0.93 Mb.
bet48/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

Takrorlash uchun savollar:

  1. Lizingning iqtisodiy mazmunidan uning ijara munosabatlari bilan bo‘lgan o‘zaro farq va o‘xshash tomonlari mavjudmi?

  2. Lizing investitsiyalarni moliyalashtirish shakllari yoki usullari deganda nimani tushunasiz?

  3. Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik va lizing o‘rtasida qanday bog‘liqliklar va kamchiliklar mavjud?

  4. Kichik tadbirkorlik va lizingning o‘zaro aloqasidan kimlar va qanday darajada manfaatdor bo‘ladi?

  5. Lizingning strategik ustunliklari deganda nimani tushunasiz?

  6. Lizingning har bir ishtirokchi uchun salbiy jihatlari (noqulayliklari) mavjudmi?

  7. Lizing munosabatlarining rivojlanishi qanday ijobiy natijalarga olib keladi va nimalarga ta’sir ko‘rsatadi?

  8. Lizing munosabatlarining rivojlanishi uchun davlat tomnidan qanday faoliyat olib borilishi kerak?

  9. Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik va lizing o‘rtasida qanday bog‘liqliklar va kamchiliklar mavjud?

Kichik tadbirkorlik va lizingning o‘zaro aloqasidan kimlar va qanday darajada manfaatdor bo‘ladi?

10-MAVZU: CHAKANA SAVDODA XO‘JALIK ALOQALARI


Reja:
10.1.Chakana savdoda xo‘jalik aloqalarining ahamiyati va mazmuni
10.2. Xo‘jalik aloqalarini tashkil etishda shartnomalar va ularning turlari
10.3. Oldi-sotdi shartnomalarini tuzishdan oldin bo‘ladigan muzokaralar
10.4. Oldi-sotdi shartnomasining mazmuni va shakllari
10.5. Ayirboshlash shartnomasi tushunchasi, huquqiy belgilari va predmeti


10.1. Chakana savdoda xo‘jalik aloqalarining ahamiyati va mazmuni


Har bir korxona chakana savdo natijasining samaradorligi xo‘jalik aloqalarini tashkil etilishi bilan bog‘liqdir. Erkin bozor munosabatlari sharoitida har bir korxona faoliyat sohasi, ko‘lami, mulk shaklidan qat’iy nazar mustaqil ravishda xo‘jalik aloqalarini o‘rnatadi. Xo‘jalik aloqalari deb chakana savdoni amalga oshirish maqsadida ikki yoki undan ortiq korxonalarning xom-ashyo, texnika-texnologiya, asbob-uskuna, jihozlar, tayyor tovarlar harid qilishdagi shuningdek, intellektual mulki, savdo belgisidan foydalanishdagi o‘zaro huquqiy, iqtisodiy munosabatlarining majmuidir. Ishlab chiqaruvchi korxonalar xom-ashyo, texnika-texnologiya, asbob-uskuna, mashinalar harid qilishi uchun ta’minotchi korxonalar, lizing beruvchi tashkilotlar bilan dastavval xo‘jalik aloqalari o‘rnatishlari lozim. Shuningdek, tayyor tovarlarini sotishlari uchun esa savdo korxonalari hamda vositachi korxonalar bilan xo‘jalik aloqalariga kirishadi. O‘z navbatida savdo korxonalari ham o‘zaro ulgurji va chakana savdo korxonalari o‘rtasida, ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan tovar harid qilishda xo‘jalik munosabatlarini shakllantiradi.
Xo‘jalik aloqalari tovar-moddiy oqimlarni yetkazib berish jarayonida yetkazib beruvchi va haridor o‘rtasida iqtisodiy, tashkiliy, tijorat, ma’muriy-huquqiy, moliyaviy va boshqa aloqalarning hujjat ko‘rinishida rasmiylashtirilishidir.
Xo‘jalik aloqalari tizimi savdo tashkilotlari va vositachilarning buyurtmasi va talabnomalariga ko‘ra tovar ishlab chiqarishni rejalashtirish, shartnomalar tuzish, shartnomalar shartlarini bajarilishini nazorat qilish, iqtisodiy cheklovlarni qabul qilish, ulgurji yarmarka va tovar birjalari ishlarida qatnashish, o‘zaro optimal moliyaviy aloqalarni o‘rnatish, ma’muriy-huquqiy me’yorlarni qabul qilish va boshqalarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Tovarlarni yetkazib berish bo‘yicha korxona va tashkilotlarning iqtisodiy xo‘jalik aloqalarini boshqarish tizimi davlat tomonidan tartibga solinib turiladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi har bir xo‘jalik sub’ektlari sheriklar bilan shartnomalar tuzish, o‘zaro hamkorlik o‘rnatishda mustaqildirlar. Hozirgi vaqtda o‘zaro tijorat aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi bilan tartibga solinib turiladi.
O‘zbekiston mustaqilligidan keyin erkin bozor munosabatlarining shakllanishi bilan shu paytgacha hukumron bo‘lgan xo‘jalik aloqalari tizimi butunlay o‘zgardi. Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar mustaqil o‘zlari uchun munosib deb topgan korxonalar, hatto xorijiy sheriklar bilan xo‘jalik aloqalari o‘rnata boshladi. Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va iqtisodiyotda tub tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, O‘zbekistonda barpo etilayotgan erkin iqtisodiy zonalarda chet el investorlari bilan aloqalarni o‘rnatishda, tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda konteragentlar bilan xo‘jalik aloqalarini tashkil etish muhim ahamiyatga egadir.
Korxonalar tayyor mahsulot yoki xom ashyo harid qilish uchun avvalo o‘zaro munosabatlarni aniqlab olishlari kerak, bunday harakat qilish Konstitutsiyaning huquqiy me’yorlaridan kelib chiqadi. Umumiy tartibga muvofiq kelishilgan o‘zaro munosabat shartnomada o‘z aksini topadi.
Korxonalar bozor kon’yunkturasini, talab va taklifni, narxlar o‘zgarishi to‘g‘risidagi axborotlarni o‘rganib, ishlab chiqarish ta’minotini, raqobatni hisobga olgan holda bevosita yoki vositachi orqali tovar sotib olish va sotishni mustaqil amalga oshiradi.
Xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishda o‘zaro majburiyatlar olishda korxona erkin hisoblanib, avvalo iste’molchilar manfaatlarini himoya qilishlari shartdir. Bunday tartib bozor iqtisodiyotining qonunlaridan kelib chiqadi. Bu qonunlarga o‘zaro tovar harid qilish, iqtisodiy munosabat o‘rnatishning umumiy tomonlari aks ettirilgan bo‘lib, ma’lum bir sharoitda Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilayotgan qarorlar hisobga olinadi. Masalan, tovar tanqisligi paytida ba’zi bir tovarlarni oldi-sotdi qilishda ma’lum cheklashlar o‘rnatiladi.
Erkin savdo qilish taqiqlab yoki cheklab qo‘yilgan mahsulotlar ro‘yxati qonunda yoki qarorlarda ko‘rsatiladi. Hozirgi sharoitda mavjud bo‘lgan davlat buyurtmasi, bu Vazirlar Mahkamasi va boshqaruv organlari tomonidan korxonalarga belgilangan tovarlarni ko‘rsatilgan miqdorda ishlab chiqarish va o‘rnatilgan narxlarda sotish to‘g‘risida berilgan ko‘rsatmasi bo‘lib, buyurtmani bajarish shart hisoblanadi. Bunday sharoitda korxona muammolarini davlat o‘z zimmasiga oladi: zararini qoplaydi, ham yetkazib beradi, texnika bilan ta’minlaydi va hokazo.
O‘zbekistonda bosqichma-bosqich iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi natijasida davlat buyurtmasiga kiritilgan tovarlar ro‘yxati asta-sekin kamayadi. Shuni aytish kerakki, davlat buyurtmasi boshqa sohalarda: mudofaa, ekologiya kabi sohalarda kelgusida ham davom etishi mumkin, chunki rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha davlat jihozlar, texnika ishlab chiqarish uchun buyurtma beradi.
Erkin bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishdagi asosiy xususiyati, - bu aloqada qatnashuvchi tomonlarning erkin va mustaqil harakat qilishidir. Mamlakatimizda erkin bozor munosabatlarining shakllanishigacha bo‘lgan davrda korxonalarning xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishida davlat organlari asosiy rol o‘ynar, bir qancha qaror, nizom, bo‘yruqlar asosida olib borilardi. Hozirgi kunda esa asosiy rolni tomonlar, ya’ni korxonalar o‘ynaydi.
O‘zbekiston savdosiga xo‘jalik aloqalari iqtisodiyot holatiga mos bo‘lib quyidagi shakllarda olib boriladi:

  • markazlashtirilgan;

  • erkin tanlash.

Markazlashtirilgan asosdagi xo‘jalik aloqalari davlat buyurtmasi ro‘yxatidagi tovarlar va davlat tomonidan o‘rnatilgan tovarlar ro‘yxati bo‘yicha olib boriladi. Tovar miqdori mas’ul organlar tomonidan aniqlanadi va tomonlar bu taqsimga rioya qilishlari shart. Bunday aloqa o‘rnatish tijoratchidan kuchli mahoratni talab qilmaydi, chunki shartnomaning eng asosiy masalasi tovar miqdori va narx oldindan yuqori boshqaruv organlari tomonidan aniqlab berilgan. Tanqislik yechilishi bilan bunday markazlashtirilgan asosdagi xo‘jalik aloqalarini o‘rnatish ko‘pgina nooziq-ovqat, ayrim oziq-ovqat tovarlari bo‘yicha tashkil qilingan. Tomonlar bozor talabi asosida tovar miqdorini va narxini shartnomada aniqlab oladilar. Savdo korxonalari bunday sharoitda erkin harakat qiladilar, raqobatga keng yo‘l ochiladi. Bir xildagi tovar sotuvchi korxonalar ko‘payadi, tovar narxi bozor narxiga yaqinlashadi.
Savdo korxonalari tovar manbalarini mustaqil tanlaydilar mustaqilligini oshiradi va tavakalchilikka imkon beradi. Tijoratchilarni taklif va talabni puxta o‘rganishga, narx va sifat siyosati olib borishlariga majbur qiladi.
Tovarlarni iste’molchilarga yetkazishda qatnashuvchi korxonalarning soniga qarab xo‘jalik aloqalari oddiy va murakkab, bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarish korxonalari bilan chakana savdo korxonalari o‘zaro aloqa o‘rnatsalar, oddiy xo‘jalik aloqalari deyiladi, ya’ni ishlab chiqarish korxonasi – chakana savdo korxonasi shakl ko‘rinishida bo‘ladi. Bunday aloqalar bir qancha afzalliklarga ega bo‘lib, tovar narxini pasaytirishga, harajatlarni kamaytirishga, tovar harakatining tezlatishga olib keladi va tuman, viloyat ichida ko‘p qo‘llanilishi mumkin. Masalan, viloyatda joylashgan non, sut, qandolat, kiyim-kechak, poyafzal ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan shu hududdagi chakana savdo korxonalari tovar sotib olishlari va o‘zaro bitim tuzishlari mumkin.
Agar chakana savdo korxonalari juda mayda bo‘lib, tovar sotib olish qobiliyati past miqdorda bo‘lsa, u holda ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun bunday korxonalar bilan munosabat o‘rnatish uncha qulay bo‘lmaydi, ular yirik, ko‘p miqdorda tovar sotib oluvchi korxonalar bilan aloqa o‘rnatishni afzal ko‘radilar.
Murakkab turkumdagi xo‘jalik aloqalarida tovarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazishda ikki va undan ortiq korxonalar qatnashadi. Bunday hollar tovarlarni bir viloyatdan ikkinchi viloyatga sotishda, yaqin va uzoq chet el mamlakatlari korxonalaridan tovar sotib olishda, yirik bo‘lmagan va mustaqil tovar sotib oladigan chakana savdo korxonalari (mulkiy shaklidan qat’iy nazar) faoliyatida qo‘llaniladi. Ishlab chiqaruvchi korxona savdo uylari ulgurji savdo korxonasi chakana savdo korxonasi, yoki ishlab chiqarish – ulgurji savdo – chakana savdo shakl ko‘rinishida amalga oshishi mumkin. Bunday xo‘jalik aloqalarini o‘rnatishda har bir tijorat vaziyatini alohida tahlil qilish, afzalliklarini va kamchiliklarini aniqlash va ma’lum yechimga kelish kerak. Ayrim yirik chakana savdo korxonalari hech qanday to‘siqsiz ishlab chiqarish korxonasining joylashgan joyidan qat’iy nazar oddiy xo‘jalik aloqasida bo‘lishi mumkin.
Ayrim hollarda kichik korxonalar uchun murakkab xo‘jalik aloqalari afzal bo‘ladi, chunki ular ko‘pgina tashvishlardan kam harajat evaziga obod bo‘ladi, buni chet el savdosida ham ko‘rish mumkin.
Ko‘pgina hollarda tovarlarni ishlab chiqarishdan iste’molchiga yetkazish vositachi korxonalar ishtirokida amalga oshadi. Vositachi korxonalar – bu ulgurji savdo bazalari, savdo uylari, birjalar ayrim sharoitlarda uchinchi korxonalar qiyofasida har xil turdagi korxonalar savdo ishlarini, tovarni iste’molchiga yetkazib berishda qatnashishlari mumkin. Masalan meva-sabzavotlarni qayta ishlovchi korxona o‘z mahsuloti o‘rniga yog‘och olib, uni chakana savdo korxonalariga sotishi mumkin. Bu xildagi oldi-sotdi jarayonida barterli bitimlar ko‘p qullaniladi. Ko‘pgina zavod va fabrikalar mahsulot almashib, keyinchalik mahalliy savdo korxonalariga sotish bilan shug‘ullanmoqdalar. Xo‘jalik aloqalarining bu xilda amalga oshishi vaqtinchalik bo‘lib keyinchalik umuman barham topishi mumkin.
Barter bitimi tuzishda tovar narxini to‘g‘ri baholash eng asosiy masalalardan biridir, odatda jahon bozori narxida baholash maqsadga muvofiq hisoblanadi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa shu regionda tarkib topgan narx qo‘llanilishi mumkin.
Amaliyotda xo‘jalik aloqalarini samarasini oshirish maqsadida uzoqqa mo‘ljallangan yoki uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari bir martalik, bir yilga va besh yilga va undan ortiq muddatli bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalari rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan, uning afzalliklari quyidagilardan iboratdir:

  • sotuvchilar, ishlab chiqaruvchilar o‘z mahsulotlarini sotishga ishonch hosil qiladilar;

  • iste’molchilar o‘z navbatida ishonchli tovar manbasiga ega bo‘ladilar;

  • tovar yetkazish muhlatlari qisqaradi, ya’ni vositachi korxonalarning omborlarda saqlash zaruriyati bo‘lmaydi;

  • ishlab chiqaruvchi va iste’molchi bir-birlariga o‘zaro yordam, marketing xizmati ko‘rsatish, axborotlar berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;

  • tovar harakati bilan bog‘liq bo‘lgan umumiy harajatlar kam bo‘ladi.

Shuning bilan birga uzoq muddatli to‘g‘ridan-to‘g‘ri xo‘jalik aloqalarining ayrim kamchiliklari ham mavjud:

  • boshqa ishlab chiqaruvchilarning bozorga kirishiga xalaqit beradi;

  • narxlarning o‘zgarishiga yoki tarkib topishiga salbiy ta’sir o‘tkazadi, ya’ni narxlar kam o‘zgaradi.

10.2. Xo‘jalik aloqalarining turlari. Savdoda xo‘jalik aloqalari tushunchasi, mohiyati


Chakana savdoni munosabatlar, muzokaralar, kelishuvlar va shartnomalar tuzishsiz tasavvur qilish qiyin. Shartnoma o‘zaro foyda olish maqsadida tomonlarning o‘zaro roziligi natijasidir.
O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustda qabul qilingan “Xo‘jalik subektlari faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida»gi qonunda xo‘jalik shartnomasi deb, bir tomon belgilangan muddatda tovarlarni berishi, tadbirkorlik faoliyati sohasida ishlarni bajarishi yoki xizmatlar ko‘rsatishi, ikkinchi tomon esa, bu tovarlarni, ishlarni, xizmatlarni qabul qilishi va ularning haqini to‘lashi to‘g‘risidagi bitim xo‘jalik shartnomasi deyiladi. Shunday qilib, shartnoma – bu ikki yoki ko‘p tomonli bitim hisoblanadi. Chunki, qonunchilikka muvofiq har qanday fuqarolik-xuquqiy bitim fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik xuquqlari va majburiyatlarini belgilaydi, o‘zgartiradi yoki to‘xtatadi.
Shunga muvofiq, xo‘jalik shartnomalarining subektlari yoki tomonlari bo‘lib, yuridik shaxslar, shuningdek, yuridik shaxs bo‘lmay tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar hisoblanishi mumkin. Bitimlar ham og‘zaki, ham yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin. Oddiy yozma shaklda, ya’ni bitim mohiyati va uni amalga oshirish shartlari aks ettirilgan, shuningdek, bitimni amalga oshirayotgan shaxslar yoki ularning vakolatli shaxslari imzolagan hujjatni tuzish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:

  • bitimlar yuridik shaxslar o‘rtasida o‘zaro va fuqarolar bilan tuziladi;

  • bitimlar fuqarolar o‘rtasida minimal ish haqining 10 barobari va undan ortiq bo‘lgan miqdorda tuziladi.

Chakana savdoda shartnomalarning quyidagi turlari keng miqyosda qo‘llaniladi:

  • oldi-sotdi shartnomasi;

  • chakana oldi-sotdi shartnomasi;

  • etkazib berish shartnomasi;

  • omborda saqlash shartnomalari;

  • ijara shartnomasi;

  • ayirboshlash shartnomasi;

  • mehnat shartnomasi va boshqalar.

Bundan tashqari tadbirkorlik, biznes yuritish va chakana savdoda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi shartnomalar ham mavjud:

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling