1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Treyd-marketing samaradorlik ko‘rsatkichlari
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
13.2. Treyd-marketing samaradorlik ko‘rsatkichlariTijorat korxonasi xo‘jalik-moliya natijalarining muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlari sifatida daromad, harajat va foyda ko‘rsatkichlari xizmat qiladi. Bu iqtisodiy ko‘rsatkichlarning holati va ayniqsa foydaning istiqboliga qarab korxona samaradorligiga baho beriladi. Daromadning ko‘payishi korxonaning aholi talabiga mos keladigan mollarning do‘konlarga yetkazib kelinishi, ular narhining haridor talabiga mosligi, qulay va samarali sotish, xizmat usullaridan foydalanish kabi omillarga bog‘liq. Demak, korxona daromadi va uning o‘sishi tashkiliy-iqtisodiy jarayonlar samaradorligiga bog‘liqdir. Bu ko‘rsatkich korxonaning tijorat, texnologik jarayonlari bilan bog‘liq xodimlari mehnati natijasida tarkib topadi. Harajatlarning holati juda keng miqyosdagi faoliyatlarning chiqimlariga bog‘liq. Bu mol manbaini topishdan boshlab, to molni haridorga sotish, uyiga yetkazib, zarur hollarda o‘rnatib berilishgacha bo‘lgan harajatlarni o‘z ichiga oladi. Korxona harajatlarining holati iqtisodiy mustahkamlik, to‘lov qobiliyatiga tasir etuvchi asosiy omillardan biridir. Harajatlar qanchalik tejamlilik, oqilona sarflash asosida shakllansa, pirovard natijaning shunchalik ijobiy bo‘lishini kutish mumkin. Foydaga erishish korxonaning faoliyat natijasida o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biri bo‘lgani uchun bu maqsad yo‘lida yuridik bazaga tayangan holda samarali ish olib borishga intiladi. Foyda xo‘jalikni samarali yuritish natijasi hisoblanib, unga ko‘plab omillar o‘z tasirini o‘tkazadi. Eng avvalo korxona daromadining hamda harajatining ta’sirida foyda ko‘rsatkichi shakllanadi va bu ikki omilning holati foyda holatini belgilaydi. Korxonaning normal darajadagi foydasi uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojini ta’minlovchi, davlat, boshqa organlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajaruvchi, to‘lovga qodir, ishonchli hamkor sifatida harakterlovchi ko‘rsatkichdir. Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning 5 asosiy tamoyillaridan biri sanalgan jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash prinsipi korxonalar uchun xo‘jilik yuritishning mustahkam yuridik bazasini shakllantirmoqda. Amadagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar bozor sharoitida korxonaning mustaqil faoliyat yuritishiga yetarli zamin tayyorlamoqda. Bular ichida alohida o‘rinni iqtisodiy usullar vositasida boshqarish egallaydi. Boshqarishning iqtisodiy usullaridan biri iqtisodiy rag‘batlantirish hisoblanadi. Mehnat jamoasi va ushbu jamoaning har bir a’zosi manfaatdorligini ta’minlanishi korxona rivojini kafolatlovchi kuchli omillardandir. Korxona olingan umumiy foydadan manffaatdor bo‘lsa, har bir xodim ham undan manfaatdordir. Chunki shu foyda korxona jamoasining har bir a’zosiga moddiy manfaat keltiradi. Demak, har bir xodim foydani oshirishga intiladi. Hissadorlik jamiyatlari, xususiy korxonalarda bu bog‘lanish yanada kuchlidir. Mulk shaklidan qat’iy nazar barcha korxonalar manfaatlar mosligini ta’minlashi kerak. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitining asosiy talablaridandir. Korxonaning raqobat kurashida saqlanib qolishi va rivojlanishi boshqa iqtisodiy vositalar qatorida muhim o‘rin egallagan mollar ustamasiga bog‘liq. Ustamaning miqdori, darajasi bozor kon’yunkturasi ta’siridan kelib chiqadi. Ustamadan iqtisodiy manfaatdorlik ayniqsa mol rentabelligining yuqori yoki pastligi sharoitida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Agar mol rentabelligi yuqori bo‘lsa, molni sotish hajmi, bozordagi ulushi oshadi va aksincha. Rejalashtirish ham iqtisodiy tasir etish usullaridan biridir. Shu kabi narh-navo vositasida iqtisodiy boshqarish amalga oshiriladi. Moddiy jarima, moliya, kreditlar ham iqtisodiy boshqarish usullari bo‘lib, ularniig ijobiy ta’sirini kuchaytirish bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar rivoji uchun zamni yaratadi. Iqtisodiy ta’sir etish usullaridan biri normallashtirishdan iboratdir. Normativ usuli iqtisodiy usullardan rejalashtirish, kreditlash, moliyalashtirish va iqtisodiy rag‘batlantirishga baza bo‘lib hisoblanadi. Turli normativlar, tariflar, normalar, koeffitsiyentlar, rassenkalar va boshqalar normativ usulining aniq ifodasidir. Tejamkorlik bilan ishlash ham iqtisodiy tasir natijasida hayotga tadbiq etiladi. Raqobat kurashi muomala harajatlarining eng optimal me’yorda bo‘lishini talab etadi, chunki optimal harajatlar foyda va rentabellikni oshirishga xizmat qiladi. Yuqorida keltirilgan iqtisodiy ta’sir etuvchi usullar qiymat harakteriga ega. Shu bilan birga qiymat harakteridan tashqari iqtisodiy tasir usullari ham mavjud. Bularga korxona hisobidan jamoaning ijtimoiy-maishiy, kommunal, madaniy ehtiyojlarini qondirish (tibbiy xizmat, ovqatlanish va dam olishni tashkil etish, turar-joy, bolalar muassasalari bilan ta’minlash va boshqalar) kiradi. Iqtisodiy boshqarish usullari samaradorligini ma’naviy, huquqiy va ma’muriy boshqarish usullarining hamkorligi oshiradi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling