1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari
Savdo aksiyalari samaradorligini prognoz qilish
Download 0.93 Mb.
|
трейд-маркетинг мажмуа 22
13.3. Savdo aksiyalari samaradorligini prognoz qilishTijorat korxonasi faoliyatining bir me’yorda o‘sib borishini ta’minlash uchun qo‘yilgan maqsadlarga erishish yo‘lida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, yutuq va kamchiliklarni aniqlash lozim. Iqtisodiy tahlilning vazifasi korxona faoliyati ko‘rsatkichlari tizimini o‘rganish, ular orasidagi o‘zaro aloqa, o‘zaro bog‘liqlikni topish va iqtisodiy voqelikka, jarayonlarga baho bera olishdir. Iqtisodiy tahlilga ko‘rsatkichlarning kompleks tizimi jabo etiladi. Bunda bir-birini to‘ldiruvchi buxgalteriya, statistik, operativ ma’lumotlardan foydalaniladi. Iqtisodiy tahlil muddatiga ko‘ra, bir yo‘la o‘tkaziladigan hamda malum muddatlarda bir tekis bajarilib turadigan bo‘lishi mumkin. Bir yo‘la o‘tkaziladigan tahlil malum maqsadda (korxonani texnik qayta qurollantirish, kapital qurilishi, rahbariyatni yangilash va boshqalar) o‘tkazilib, bir martalik ahamiyatga ega bo‘lgan tahlil hisoblanadi. Malum muddatlarda bir tekis bajarilib turadigan tahlil operativ tahlil, o‘tgan davr tahlili va istiqbolli tahlidan iboratdir. Operativ tahlil joriy tahlilni ifodalab, korxona xo‘jalik-moliya faoliyati jarayonining o‘zida amalga oshiriladi. Masalan, har kunlik chakana tovar oboroti, har kunlik yoki hafta davomida mol kelib tushish tahlili, har oyda daromadlar, harajatlar, foyda tahlil qilinadi. Bu tahlil operativ boshqarish va tartibga solish jarayonining tarkibiy qismidir. Korxonaning turli darajadagi rahbarlari tez o‘zgaruvchan bozor holatini operativ tahlil qila olishi, fikr-mulohazalar, xulosa, qaror qabul qila olishi kerak. Operativ tahlil uchun ma’lumotlar joriy hisob-kitoblardan, hisobotlardan, nazorat-o‘lchov asboblari ko‘rsatkichlaridan olinadi hamda rahbar kadrlar va bajaruvchilarning amaliy tajribasidan, intuitsiyasidan, mantiqiy fikrlashidan foydalanib amalga oshiriladi. O‘tgan davr tahlili korxona va uning bo‘linmalari xo‘jalik-moliya natijalarining o‘tgan hisobot davri tahlilidan iborat. Bunda joriy tahlildan choraklar tahlili hamda yakuniy tahlildan yillik natijalar tahlili o‘rin egallaydi. Choraklar bo‘yicha axborotlar oylik, undan qisqaroq muddatli axborotlardan kengroq va ko‘proq ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlarga egadir. Yakuniy tahlilda xo‘jalik-moliya ko‘rsatkichlarining natijalari har tomonlama kompleks o‘rganiladi. Korxonaning barcha bo‘linmalari ko‘rsatkichlari, sotayotgan mollari, yalpi daromadi, muomala harajati, moliyaviy mustahkamligi, kadrlar bilan ishlashi, moddiy rag‘batlantirilishi, moddiy-texnika bazasining o‘stirilishi, bozor kon’yunkturasidagi o‘zgarishlarning yillik natijasi yakuniy holatda tahlil etiladi. Ayniqsa ijobiy va salbiy tasir etuvchi omillarni o‘rganish muhimdir. Salbiy ta’sir etgan va kelgusida ham kutilishi mumkin bo‘lgan tasirni imkoni boricha bartaraf etish yoki salbiy ta’siri kuchini kamaytirshga intilish choralarini ko‘rmoq lozimdir. Yakuniy tahlil korxonaning o‘z oldiga qo‘ygan barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha rejalarni bajarilganini va ulardan farqini chiqarishga imkon yaratadi. Bunda korxonaning o‘z manfaatlari bilan birgalikda davlat va xodimlari manfaatlari ta’minlanishi kerak. Ayrim korxonalar, firmalar, kompaniyalarda istiqbolli tahlil ham amalga oshiriladi. Istiqbolli tahlilda asosiy qonuniyatlar, tendensiyalar aniqlanib, istiqboldagi iqtisodiy rivojlanishi bashorat qilinadi. Bunday tahlil strategik rejalar tuzishga qo‘l keladi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar korxonalari, firmalari o‘z faoliyati natijalari tahlilini o‘zi o‘tkazish bilan birga mahsus tekshiruv, tahlil etish muassasalariga shu ishni bajarish masalasida murojaat etadilar. Hech kimga bo‘ysunmaydigan mustaqil auditor firmalari shartlashuv alohida pulli ravishda xo‘jalik-moliya natijalarini tahlil qilib beradi. Bu xizmat zkspertlari korxona iqtisodchilari, buxgalterlari nazaridan chetda qolgan barcha ta’sir etuvchi omillarni jalb etib, chuqur iqtisodiy tahlil qiladi, ichki imkoniyatlar va rezervlarni aniqlab beradi. Iqtsodiy tahlildan maqsad korxonaning faoliyatini har tomonlama o‘rganib, rivojlanishning ichki imkoniyatlari va rezervlarini topishdir. Navbatdagi samarali ish bu imkoniyatlarni hayotga tadbiq etish yo‘llar va chora-tadbirlarini ishlab chiqib, korxonaning xo‘jalik-moliya faoliyati natijalarining har tomonlama yaxshilanishga erishishdir. Iqtisodiy tahlil korxonaga real foyda keltirilganida o‘zini oqlagan hisoblanadi. Ichki foydalanilmagan imkoniyatlar xo‘jalikning barcha faoliyat tarmoqlarida, bo‘g‘inlarida, korxonaga rahbarlikda, rahbarlikning funksional bo‘limlarida mavjud bo‘lishi mumkin. Ichki imkoniyatlarni chakana tovar oborotini oshirishda ham, mol keltirish manbalari bilan ishlashda ham, mehnat masalalarida ham, moddiy-texnika bazasidan foydalanishda ham, xullas faoliyatning turli tomonlaridan izlash mumkin va lozimdir. Bunda korxona imkoni boricha kamroq harajatlar bilan ko‘proq ijobiy natijalarga erishishni nazarda tutmog‘i lozim. Iqtisodiy tahlil ichki imkoniyatlarni topish, avvalo korxonaning mo‘ljallangan o‘z dasturlariga tanqid nuqtai nazaridan baho berishdan boshlanadi. Bunda raqobatchi korxonalar bilan taqqoslagan holda erishishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarning yangi darajasi kuzatilishi mumkin. Ayniqsa raqobatchilardan o‘zishga mo‘ljallangan intilish korxonaning texnologik jarayonlarini, aholiga xizmat qilish usullari va servis xizmatini takomillashtirishga olib keladi. Haridor va mijozlarni yo‘qotmaslikka intilish bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar korxonalari uchun xosdir. Korxona haridorlari o‘rganilib, ular talabining o‘zgarishlarini o‘z vaqtida inobatga olish va qondirish, yangi mijozlar topish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi. Raqobatchi korxonalardan sifatliroq mollarni haridorlarga taklif etib, reklama qilish, sotishdan keyingi xizmatlarni yo‘lga qo‘yib, haridorlar sonini, sifatini oshirish korxonani yangi-yutuqlarga erishish yo‘llaridan biridir. Iqtisodiy tahlil natijalari ayniqsa korxonani boshqarish jarayonida to‘g‘ri rahbarlik qarorlarini chiqarishga va korxonani barqaror rivojini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin. Aynan o‘z vaqtida chiqarilgan to‘g‘ri rahbarlik qarori korxona xo‘jalik-moliya faoliyati yutuqlarining garovidir. Savdo aksiyalarning samaradorligini aniqlash bilan bog‘liq samarali usullar ishlab chiqilmagan bo‘lsada, ayrim yirik firma va kompaniyalarda qo‘llanilayotgan usuldan foydalanish mumkin. Samaradorlikni aniqlashning aksariyat usullari 100% ishonchli ma’lumotlarni shakllanira olmaydi. Shuningdek, savdo aksiyalar muvaffaqiyatli o‘tgan bo‘lsa va ushbu aksiyalarga sarflangan harajatlarni qoplagan taqdirda ham uni samarali deb baholash xato bo‘ladi. Bu yerda sarflangan harajatlarning qoplanishi emas, balki savdo aksiyada qancha kishi ishtirok etganligi muhim. Bunda asosiy e’tibor takroriy amalga oshirilgan haridlarga qaratilishi, ushbu takroriy haridlar samarasida shakllangan umumiy sotuv hajmini aniqlashga qaratilishi lozim. Quyida yirik firma va kompaniyalar marketologlari tomonidan qo‘llanilib kelinayotgan “incremental volume” (incremental volume – davomiylik samarasi) usuli haqida ma’lumot beriladi. Incremental volume usuli qo‘yidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Download 0.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling