1-mavzu: treyd-marketingning asosiy yo‘nalishlari va vazifalari


Savdo korxonasi faoliyatini rejalashtirish


Download 0.93 Mb.
bet70/73
Sana14.01.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1093468
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73
Bog'liq
трейд-маркетинг мажмуа 22

14.2. Savdo korxonasi faoliyatini rejalashtirish


Tijorat korxonalarining taktik rejasi strategik rejasining bir qismi bo‘lib, unda qo‘yilgan maqsadlarga erishishning vosita va usullari aniqlanadi. Taktik rejalarda umumiy sotish rejasi, har bir mol guruhi bo‘yicha ta’minot va sotish rejasi, daromadlar rejasi, harajatlar rejasi, foyda rejasi, savdo uchun zarur jihozlar, asbob-uskunalar bilan ta’minlash rejasi, bozorning hozirgi holatiga baho berish, korxona imkoniyatlari va xavf-xatarlari ifodalanadi.
Taktik rejalarda o‘tgan yildagi ko‘rsatkichlardan, jumladan korxonaning tovar-oboroti ko‘rsatkichidan o‘sish, ustunlikka ega bo‘lish mo‘ljallansa, bu o‘sishga imkon beruvchi vositalar (xususan sotishni rag‘batlantirish, reklama va boshqalar) ham keltiriladi. Bozordagi sotiladigan mollar haridori, asosiy segment, iste’molchilarning zarurati, raqobatchilar va mol taqsimoti yo‘llari ko‘rsatib beriladi.
Ayniqsa korxonani faoliyat davomida kutayotgan xavf-xatarini bilish, imkoniyatlarini aniqlash muhimdir. Korxona rahbariyati bularni doim diqqat markazida saqlashi va xavf-xatarning salbiy ta’siri oldini olish choralarini izlashi kerak.
Molni sotish imkoniyatlarida avvalo korxonaning bozordagi moli ulushi, raqobatchilar o‘rtasidagi mavqei hisobga olinadi. Agar korxona molining sotilish hajmi oshayotgan bo‘lsa, bu yoki umumiy iqtisodiy holatning yaxshilanishi hisobiga (bunda barcha firmalar oboroti oshadi) yoki raqobatchilariga nisbatan korxona faoliyatining takomillashgani hisobiga bo‘lishi mumkin. Rahbariyat korxonaning bozordagi ulushi o‘zgarishini muntazam ravishda nazorat qilib borishi kerak. Agar bu ulush oshib borsa, korxonaning raqobat qobiliyati kuchayganini bildiradi va aksincha.
Korxona rahbariyati, menejeri mijozlar munosabatiga, ularning o‘zgaruvchan ehtiyojiga ehtiyotkorlik bilan qarashi, ularnn yo‘qotmaslikka yo‘naltirilgan tadbirlar ishlab chiqishi va hayotga tadbiq etish yo‘llarini belgilashi kerak. Bu boradagi axborotlar mijozlarning shikoyati yoki takliflari orqali, mijozlarning og‘zaki fikrlari yoki mahsus to‘latiladigan so‘rovnomalar yordamida to‘planadi.
Bozor talabi asosida joriy ko‘rsatkichlar mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlaridan keskin farq qila boshlasa, mo‘ljallangan rejaga tuzatishlar kiritiladi.



Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling